41
Lizosomalar
Lizosomalar membranali hujayra ichi tuzilmalari sifatida 1955 yilda belgiya-
lik bioximik De Dyuv tomonidan topilgan bo'lib, ularni o'rgangani uchun olim No-
bel mukofotiga sazovor bo'lgan. Kallamush jigaridan olingan fraksiyalarni o'rganish
mobaynida olim ularning ba'zilari turli moddalarni parchalash xususiyatiga ega
bo'lgan gidrolitik fermentlarga ega ekanligini payqaydi. Bu fermentlar maxsus
sitoplazmatik tanachalar
lizosomala
r ekanligi va ularning fermentlari faqatgina
lizosoma membranasi shikastlanganda, shok holatlari yuzaga kelganda, yoki lizo-
somalarning o'zi boshqa bir vakuola bilan qo'shilganda faollashadi.
Lizosomalarning membranasi polisaxaridlardan tuzilgan. Lizosomalarda 40
ga yaqin gidrolitik fermentlar bo'lib, turli moddalarni parchalash xususiyatiga
ega.Yangi hosil bo'lgan lizosomalar birlamchi lizosomalar deyiladi, ularning fer-
mentlari passiv bo'ladi.
Lizosomalar turli organ hujayralarida jumladan buyrak hujayralarida topil-
gan. Bu yerda lizosomalar organizmga kirgan begona oqsillarni konsentratsiyalash
vazifasini bajaradi. Ya'ni, ular hujayraga pinositoz va fagositoz yo'l bilan kirgan be-
gona moddalarni detoksikatsiyalash va parchalash xususiyatiga ega.
Morfologik jihatdan lizosomalarning 4 tipi farqlanadi: birlamchi lizosomalar,
ikkilamchi lizosomalar, autofagosomalar, telolizosomalar ( qoldiq tanachalar)
(10rasm).
Birlamchi lizosomalar - mayda 100nm kattalikdagi vakuolalar bo'lib, ichi
fosfataza fermentiga to'lgan bo'ladi. Bu ferment donador endopalazmatik to'rda sin-
tezlanib, diktiosomalarning proksimal qismiga o'tadi va u yerdagi mayda vakuolalar
tarkibiga kiradi va birlamchi lizosomalarlarni hosil qiladi.
Keyinchalik birlamchi lizosomalarlar fagositoz yoki pinositoz vakuolasi bilan
qo'shilib ikkilamchi lizosomalarni yoki hujayra ichi hazm qilish vakuolasini hosil
qiladi. Bunda birlamchi lizosomalar ichidagi fermentlar faollashib vakuola ichidagi
mahsulotni parchalay boshlaydi. Vakuolalarning kattaligiga qarab ikkilamchi lizo-
somalar turli hajmda bo'ladi.
Lizosomalar bir-biri bilan qo’shilish xususiyatiga ega va ularga tushgan bio-
gen moddalar monomerlargacha parchalanib gialoplazmaga chiqariladi va u yerdan
hujayraning turli joylariga tashiladi.
Lizosomalar faoliyatini amalga oshiruvchi mexanizm mavjudligi haqida fan-
da quyidagi faraz mavjud: lizosomalarning hujayra ichida faol harakatini
ta'minlovchi retseptorlar vazifasini membranasining tashqi yuzasidagi izofermentlar
bajaradi. Lizosomalarning hujayra ichidagi harakatida mikronaychalar ishtirok etadi
deb taxmin qilinadi, chunki maxsus ingibitorlar ta'sirida mikronaychalar par-
chalansa, lizosomalarning harakati to'xtaydi.
Autofagolizosoma ichidagi mahsulotlar parchalangandan keyin u yana
ikkilamchi lizosomaga aylanadi va yana bir necha marta boshqa fagosomalar bilan
qo'shiladi. Lekin parchalanish jarayonlari ba'zi lizosomalarlarda oxirigacha
bormaydi, bunda hazm bo'lmagan qoldiqlar lizosomalarning ichida qolib qoldiq
42
tanachalari- telolizosomalarga (qoldiq tanacha) aylanadi. Qoldiq tanachalarda fer-
mentlar kam bo'lib ularda moddalar qayta tuziladi, zichlashadi. Ko'pincha qoldiq
tanachalarda turli lipidlar yig’ilib ko'p qavatlilikni hosil qiladi.
Lizosomalar deyarli barcha eukariot hujayralarda uchraydi , lekin uning
uchrash chastotasi hamma hujayralar uchun turlichadir. Hayvon hujayralarida lizo-
somalarlar ko'proq readsorbsiya (qayta so'rilish) va oqsil mahsulotlarini parchalash
jarayonlari boradigan hujayralarda: makrofaglar, leykositlar, jigar va buyrakda
uchraydi.
Leykositlarda (immun hujayralar) passiv holatda hujayra sitoplazmasida
birlamchi lizosomalar suzib yuradi. Leykosit hujayrasi biror bakteriyani fagositoz
yo'l bilan yutishi zaxotiyoq birlamchi lizosomalarlar tezda ichidagi fermentlarini
fagositar vakuolaga to'kadilar va ikkilamchi lizosomalarni hosil qiladilar. Demak,
lizosomalar adaptiv immunitet hosil qilishda ishtirok etadi.
Undan tashqari, lizosomalar hujayra ichi mahsulotlarini o'zgartirishda ishtirok
etadi. Qalqonsimon bez hujayralaridagi endopalazmatik to'rda tiroglobulin oqsili
sintezlanadi. Tiroglobulin Golji apparati yordamida qalqonsimon bez follikulalariga
chiqariladi. Bu yerda gormonal qo'zg’atishga uchrab qaytib pinositoz yo'l bilan bez
hujayrasiga tushadi. Pinositoz vakuolasi birlamchi lizosomalar bilan qo'shilib uning
fermentlari tiroglobulinni qisman gidrolizlaydi va tiroksinga aylantiradi. Shundan
so'ng gormon qonga chiqadi.
Autolizosomalar (autofagosoma) morfologik jihatdan ikkilamchi lizosoma-
lardir. Tarkibida sitoplazmaning ayrim fragmentlari, ba'zan esa hujayraning ayrim
tuzilmalari: mitoxondriya, plastida, endopalazmatik to'r, ribosomalar uchraydi. Au-
tolizosomalarning hosil bo'lish mexanizmi oxirgacha o'rganilmagan, lekin taxmin
qilinishicha birlamchi lizosomalar hujayra tuzilmalari oldiga kelib, ularni o'rab bir-
biri bilan qo'shiladilar va tuzilmani pinositoz yo'l bilan qamrab oladilar. Bu jarayon
avtofagiya
deyiladi. Uning funktsional axamiyati shundan iboratki, hujayra o'ziga
kerak bo'lmagan: ishdan chiqqan tuzilmalarni parchalab ularning o'rniga yangilarni
hosil qiladi. Bu holda lizosomalar hujayra ichi sanitarlari vazifasini bajaradi. Ularn-
ing soni hujayra shikastlanganda oshadi.
|