|
 O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligioksiosoma
lar yoki
ATF- soma3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.oksiosoma
lar yoki
ATF- soma
lardir.
Mitoxondriyalar matriksi gomogen tuzilishga ega bo'lib unda 2-3nm kattalik-
dagi ipsimon DNK molekulasi va 15-20nm kattalikdagi ribosomalar va turli ki-
ritmalar uchraydi.
Kristalarning soni va rivojlanish darajasi hujayraning funksional holatiga
bog’liq. O'simliklar mitoxondriyalarida kristalar soni kam bo'ladi, lekin o'sim-
liklarning sekretor hujayralarida ularning soni hayvonlarnikidek ko'p bo'ladi. Mi-
toxondriyalar adaptatsiya hosil qilish xususiyatiga ega. Masalan, kalamushlarni
gipodinamiya (kam harakatlanish) sharoitiga joylashtirganda, mitoxondriyalardagi
kristalar va ko'ndalang targ’il muskul tolasidagi mitoxondriyalar soni keskin kama-
ya borganligi kuzatiladi. Lekin, hayvonlar aktiv harakatga keltirilganda (suzdiril-
ganda), mitoxondriyalar o'z sonini va holatini tezda tiklaganlar.
Mitoxondriyalarning tashqi va ichki membranari tarkibi va fizik xususiyatlari
bilan farq qiladi. Osmotik bosimning ortishi yoki kamayishidan ichki membrana
burishib yig’ilib qoladi, lekin keyinchalik to'g’irlanishi mumkin. Tashqi membrana
cho'zila olmasligi tufayli uziladi. Tashqi membranada lipidlar bilipid qatlamni hosil
qilsa, ichki membranada faqat bir qism lipidlar bilipid hosil qilishda ishtirok etadi.
Tashqi membrana endoplazmatik to’r membranalari bilan o'xshash bo'ladi. Ichki
membrana va mitoxondriya matriksi oksidlanish va fosforlanish fermentlariga boy
bo'ladi.
|
|
|