|
O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.Mashg’ulot jihozlari
: bakteriya hujayrasi, o'simlik va hayvon hujayrasi tas-
virlangan slaydlar va jadvallar.
Hujayra - tirik organizmning tuzilish asoslari, yashash jarayonlarini
ta'minlovchi hamda irsiy belgilarni o'zida mujassamlashtirgan tuzilmadir. Bino-
barin, o'simlik yoki hayvonlar bir butun organizm holida hujayralar va hujayralararo
tuzilmalar yig’indisidan tarkib topgan. Fiziologik holatiga ko'ra, hujayralar shakli
va tarkibi har xilligi bilan bir - biridan farq qiladi, ya'ni hujayralarning vazifasi
ularning shaklini belgilaydi. Tarixiy biologik rivojlanish nuqtai nazaridan qaraydi-
gan bo'lsak, hayot yer yuzasidagi jonsiz materiyaning jonli materiyaga aylanishdan,
aniqrog’i, hujayralar paydo bo'lishidan kelib chiqqan. Masalan, dastlab yumaloq
shakldagi oqsilli eng sodda tanachalar paydo bo'lgan. So'ng ular tanasida moddalar
almashinuvi jarayoni paydo bo'lgan. Yillar o'tishi bilan tarixiy biologik rivojlanish
davom etib, atrof -muhit o'zgarishi va yashash sharoitining yana ham murakka-
blashishi oqibatida asta- sekin murakkab tuzilgan yangi organizmlar paydo bo'la
boshlagan. Bu esa, albatta, ular tanasidagi oqsillar tuzilishiga ham tarkibiy
o’zgarishlar kiritgan, natijada ular turli vazifalarni bajarishga ham moslashib bor-
gan. Ma'lumki, hozirgi fan nuqtai nazaridan qaraganda, tirik organizmlarning
rivojlanishida nuklein kislotalar- DNK va RNKlar asosiy vazifani bajaradi. Ular
o'zida genetik ma'lumotlarni saqlab keladi va organizm uchun zarur bo'lgan oqsil
moddalarni sintezlaydi .
|
|
|