|
O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi
Tiriklikning hujayrasiz va hujayraviy shakllari3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.18
Tiriklikning hujayrasiz va hujayraviy shakllari.
Qaysi hujayra va or-
ganizmda metabolizm (moddalar almashinuvi), ko'payish, harakatlanish kabi ja-
rayonlar sodir bo'lib tursa u tirik hisoblanadi. Rang - barang organik olamda tiri-
klikning ikki xil: hujayrasiz va hujayraviy shakllari tafovut etiladi.
Hujayrasiz shaklga
viruslar
kiradi. Hujayraviy shaklga
prokariotlar, eukar-
iotlar
mansubdir. Virusning mavjudligi 1892 yilda ilk bor botanik olim D.I.
Ivanovskiy tomonidan, tamaki bargining kasalini o'rganish natijasida topilgan. Bu
mavjudotlar mayda bo'lib, bakterial filtrdan ham o'tib ketadi. Viruslar o'z tuzilishiga
ko'ra o'ta sodda bo'ladi. Ularda oqsil g’ilof (kapsid ) ga o'ralgan bir molekula
nuklein kislotasi mavjud. Ko'pgina viruslar ustidan oqsil va lipiddan iborat yana bir
parda - adperkapsid bilan o'ralgan. Viruslarning tuzilishi faqatgina elektron mikros-
kop orqali o'rganiladi.
Hujayralardan tashkil topgan tirik tabiat olamining barcha organizmlari ikki
yirik guruhga bo'linadi.
1. Prokariotlar (
pro
- avvalgi,
karion
- yadro) bakteriyalar, ko'k yashil suv
o'tlari, yadrosiz hujayralar. Ularning oziqlanishi geterotrof, ba'zilarida avtotrof yoki
fotoavtotrof jarayonlari bilan boradi, ko'payishi - jinssiz.
2. Eukariotlar - bir hujayralilar, zamburug’lar, o'simlik va hayvon hujayralari.
Bakteriyalar juda xilma - xil bo'lib, ular
murein
moddasidan iborat zich
qobiq bilan o'ralgan bo'ladi. Ko'pgina bakteriya hujayralari shilliq kapsula- qo'shim-
cha himoyaviy pardaga ega. Bakteriyalarda ribosomadan boshqa hujayra ichki or-
ganoidlari bo'lmaydi. Uning genetik materiali halqa hosil qilgan DNKdan –
Dostları ilə paylaş: |
|
|