O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə174/201
tarix23.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#87752
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   201
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t925

BRONZA-bronza. Juda past narx. Sifatsiz tovar.

  1. Supermarketlarda kassa apparatlarini xaridorlar ko‘p tovar sotib oladigan bo‘limlarda, masalan oziq-ovqat mahsulotlari sotiladigan bo‘limlariga yaqin joylarda o‘rnatishadi, chunki xaridorlar kassaga o‘z navbatlari yetib kelgunga qadar yana ayrim tovarlarni qaytib kelib sotib oladilar.

  2. Supermarketlarda sinalgan tadqiqotlar: yurak urishi ritmidan past, yoqimli musiqa qo‘yilgan joylarda xaridor qayta-qayta aylanib, ayniqsa ayollar musiqa tugagunga qadar bir necha marotaba qaytib kelib, tovarlarni sotib oladilar.

  3. Supermarket va gipermarketlarning kirish joylariga yaqin joyda yoqimli hidli (masalan, turk kabob, yumshoq jo‘ja, shirin makkajo‘xori) issiq holda tayyorlanib, iste’molchilarni dimog‘iga xushbo‘y hid taratib savdo majmuasidan e’tiborsiz o‘tishga yo‘l qo‘ymaydi.

  4. Marketologlar Yaponiya baliq do‘konlarida iste’molchilarni xohish-istakarini shunday yaxshi o‘rgandiki, ular(iste’molchilar)ni tirik baliqlarni iste’mol qilishni xush ko‘rishini aniqladilar. Shuning uchun sotuvchilar havzaga tirik, kichik akulani solib qo‘yadilar. Akula 1-2 baliqni yeganidan so‘ng qolgan baliqlar jon talvasasida qimirlab harakatda bo‘ladi va iste’molchilar bu tirik(yangi) baliqni xarid qiladi.

10-o‘rin. Yangi mahsulot–kartoshkaga bo‘lgan salbiy munosabatlar Fransiyada oddiy va amaliy usulda “sindirilgan”: Vazir Tyugo kartoshka ekilgan dala atrofiga qo‘riqchilar qo‘yishni buyurgan. “Qo‘riqla- nayaptimi, demak, qimmatbaho narsa”, deb o‘ylagan xalq.
9-o‘rin. 1797–yilda Napoleon Bonapart o‘zining milliy valutasini a’lo darajada reklama qilgan. Unda “5frank qiymatidagi tangalardan birini “topgan odamga million frankli bank cheki beriladi”, deyilgan edi. Fransuz banki ko‘rsatilgan summani to‘lashga hozirgi kunda ham kafolat beradi.
8-o‘rin. Aviakompaniyalar semiz odamlarga bir varakayiga ikkita o‘ringa bilet sotishga bekorga uringanlari yo‘q. Gap shundaki, yo‘lovchilarning ortib borayotgan vaznlarini qoplash uchun avialiniyalar har kuni qo‘shimcha 275-300 million dollarlik yonilg‘i ishlatadilar.
7-o‘rin. Amerikan Airlines aviakompaniyasi 1987–yilda birinchi klass salonida uchuvchi yo‘lovchilarga beriladigan salatlarga solinadigan zaytun miqdorini kamaytirib, 40000 dollar tejadi.
6-o‘rin. Disney o‘z muvaffaqiyatlari uchun o‘sha paytlarda rangli plyonka ishlab chiqarish bo‘yicha hamma huquqlar egasi va uni ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan yagona shaxs oldida qarzdor. Chunki, uzoq yillar davomida rangli plyonka ishlab chiqargan bu odam bilan tuzilgan shartnoma sharofati bilan, u uzoq yillar davomida yagona rangli multfilm ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə