O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə93/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

BAHOLASH XATOLIKLARI

Ta'lim jarayonida ba'zi holatlarda baholashga sub'ektiv yondoshishlarga duch kelamiz. Bunday yondoshishga baholashdagi xatoliklar deb ataladi. Ta'lim beruvchining shaxsiy qarashlari bilan bog`liq bir necha baholash xatolari mavjud:




hayrixoqlik xatosi

Agar ta'lim beruvchi biror talabaga nisbatan hayrixoqlik bilan qarasa, bu bahoning biroz yuqoriroq bo‘lishiga olib kelishi mumkin.




Yuqori talab qo‘yish xatosi

Agar ta'lim beruvchi o‘ziga nisbatan yuqori talablar qo‘ysa va xuddi shunday yuqori darajadagi talablarni talabalarga nisbatan qo‘llasa, bu bahoning biroz pastroq bo‘lishiga olib kelishi mumkin.




O‘rtacha baho berish xatosi

Bu xato talabalarning natijalari o‘rtacha baholanishini bildiradi.


Buning sabablari ta'lim beruvchining o‘ta yaxshi yoki o‘ta yomon baho berishdan qo‘rqishi bo‘lishi mumkin.




O‘z fikrini o‘zgartirmaslik xatosi

Ta'lim beruvchi o‘zining birinchi fikrini o‘zgartirishni xohlamasligi tufayli, o‘z nazoratining natijalarini o‘zgarishsiz qoldiradi. Bir marta sodir bo‘lgan voqea tufayli ta'lim beruvchida biror talaba to‘g`risida qolgan ijobiy yoki salbiy taassurot, keyinchalik bu talabaning shaxsiyatiga oid barcha boshqa xususiyatlariga e'tibor bermasligiga olib keladi.




Yoqtirmaslik xatosi

Biror talabani yoqtirmasligi yoki unga nisbatan salbiy fikrda bo‘lishi tufayli ta'lim beruvchi talabaga yomon baho qo‘yadi. Bu xato «Hayrixoqlik xatosi»ning aksidir.


Ta'lim beruvchining baholashdagi xatoliklarining oldini olish uchun quyidagilarga amal qilish kerak:





  • Baholash mezonlarini aniq ishlab chiqish va ularni to‘g`ri tanlash.




  • Baholashdan oldin talabalar bilan talablar va baholash mezonlarini muhokama qilish.




  • Nazorat varaqasini ishlab chiqish.




  • Baholovchining bir emas, balki ikkita bo‘lishi.




  • Baholash usullarini to‘g`ri tanlash.




  • Baho mezonlarga muvofiq qo‘yilgach, talabalarga ma'lum qilish.




  • Baholash topshiriqlarini va ularga javoblarni imkoni boricha yozma ravishda o‘tkazish va rasmiylashtirish.




  • Ta'lim beruvchi talaba bilan birgalikda olingan baholarning natijalarini va yo‘l qo‘yilgan xatolarni muhokama qilish hamda sababini aniqlash.




Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə