O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


-Yot va zararli g’oyalarning ko’rinishlari, ularning oldini olishda milliy g’oyaning o’rni va ahamiyati



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə49/60
tarix27.04.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#107293
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   60
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

20-Yot va zararli g’oyalarning ko’rinishlari, ularning oldini olishda milliy g’oyaning o’rni va ahamiyati
Reja:
1. Yot va zararli g’oyalar, g’oyaviy kurash tushunchalari, ularning mazmun va mohiyati.
2. O’zbekiston hayoti va taraqqiyotiga g’oyaviy tahdidlar, ularning ko’rinishlari va namoyon bo’lish xususiyatlari.
3. Tahdidlarning ichki va tashqi yo’nalishlari, ijtimoiy ildizlari.
Insonning qalbi va ongiga jo bo’lgan milliy ma’naviy-axloqiy negizlar uni butun umri davomida halol, pok, bilimli, xalq xizmatida bo’lishga, Vatan ravnaqi hamda taraqqiyotiga hissa qo’shishga, o’zining ongli va erkin mushohada qiluvchi shaxs sifatida kamol topishiga muttasil ravishda undaydi. Prezidentimiz I.A.Karimov doimo ta’kidlab kelganidek: “...Farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlarimiz asosida, o’z fikru tafakkuri va zamonaviy bilimga ega bo’lgan vatanparvar etib voyaga yetkazish – barchamizning otalik va onalik burchimizdir”. Vatanimiz kelajagi bo’lgan yoshlarga hozirgi zamon talablari darajasida bilim va tarbiya berish, ularni yuksak ma’naviyatli, ongi harqanday salbiy ta’sirlarga nisbatan bardoshli qilib voyaga yetkazish – bugungi kun ta’lim muassasalarining asosiy vazifasidir, chunki faqat ana shunday insonlargina kelajakda odil jamiyat poydevorini yarata oladilar.
Prezidentimiz I.A.Karimovning “...Aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakgina, oldimizga qoygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot kamol topadi” degan so’zlari ayni shu ma’noni anglatadi. Bu esa har birimizning farzandlarimiz, yosh avlodning ma’naviy-axloqiy kamoloti, g’oyaviy chiniqishiga, har hil buzg’unchi g’oya va mafkuralarga qarshi murosasiz kurashchi ruhida tarbiyalashga mas’uliyat bilan yondashishga undaydi. Aynan farzandlarning kamoloti – ertangi kunda barchamizning tinch hayotimizni ta’minlaydi. Buning uchun ularni milliy g’oya ruhida tarbiyalash, ularga hurlik, ozodlik, demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyat barpo etish, erkin fuqarolik jamiyat asoslari haqida tushuncha berish barchamizning burchimizdir.
Turli millatlar ma’naviyatining o’ziga xosligi kamalakdagi turli ranglar tovlanishiga monand bo’lib, ular bir-birini to’ldiradi, boyitadi, ammo inkor etmaydi, bir so’z bilan aytganda, ma’naviyat ellarni zidlashtirmaydi, balki birlashtiradi. Aslida umuminsoniy qadriyatlarni biror-bir alohida xalq yaratmaydi, bu qadriyatlarni har bir xalq, har bir elat o’z tarixiy tajribasi bilan asta-sekin shakllantirib boradi va o’zaro turlicha munosabatlar jarayonida elatlar, millatlar bir-birini tushunib, o’zaro ma’naviyatlaridagi umumiy jihatlarni tadrijiy anglab boradi.
Ming yillar davomida yer yuzidagi turli mintaqalarda yashagan xalqlarning o’zaro siyosiy, madaniy, ijtimoiy aloqalari hozirdagidek yaqin bo’lgan emas. Asrlar mobaynida yer yuzida turli madaniy mintaqalar shakllangan. Yevropa xalqlarining umummintaqa madaniyati, janubi-sharqiy Osiyo xalqlari mintaqa madaniyati, Hindiston yarimoroli va unga qo’shni hududlarda yaratilgan umumiy madaniyat va boshqa bir qator mintaqalar madaniyati - bularning har biri o’zgasidan farq qiluvchi qator diniy e’tiqod, falsafiy maktablar, san’at va adabiyot, urf-odat va an’analarning o’ziga xos uyg’un bir tizimlarini vujudga keltirgan-ki, ahli basharning bunday bebaho mulkini, ma’naviy xazinalarini befarqlik bilan bir-biriga qorishtirib yuborish mutlaqo ijobiy natijalar bermaydi.
Butun dunyo xalqlari bir-birini tushunib yashashga intilmog’i lozim. Dushmanlik, g’ayr ko’zi bilan qarash emas, mehr bashariyatni birlashtiradi. Bu ulug’ haqiqatni bizning ajdodlarimiz allaqachon anglab yetganlar. Ammo o’zgani tushunish uchun, o’zgaga mehr ko’zi bilan boqish uchun, avvalo, inson o’zligini anglab yetmog’i kerak. O’zligini anglamagan zot hech qachon o’zgani tushunmaydi, uni xolis qabul qilmaydi. Asli milliy ma’naviyatimizga bugungi ayricha e’tibor ham ushbu o’zligimizni anglab yetishga bo’lgan kuchli ehtiyoj natijasidir.
Axborot globallashuvi muammolar muammosi darajasiga ko’tarildi. Buning o’ziga xos ob’ektiv sabablari, omillari bor. Chunonchi:
- dunyoda eng insoniy jamiyat barpo etishning birdan-bir oqilona yo’li huquqiy-demokratik davlat qurish ekanligini tushunish har qachongidan kuchaydi;
- huquqiy-demokratik jamiyatning bosh belgisi va shartlaridan biri ommaviy axborot vositalarining erkinligi ekanligini inkor etish mumkin bo’lmay qoldi;
- taraqqiyot etgan yetakchi mamlakatlar matbuotini erkinlashtirish sohasida erishilgan ilg’or tajribalarni uzoq-yaqin davlatlarga tarqatish imkoniyatlari osonlashdi va ko’paydi;
- dunyo mamlakatlaridagi matbuot erkinligi ahvoli va darajasini xalqaro miqyoslarda kuzatish, bahosini beri shva shu asosda muayyan mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy ahvol haqida dunyo jamoatchiligi fikrini shakllantirish odat tusiga kirdi.



Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə