O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


- “Ommaviy madaniyat” ning milliy g’oyaga zidligi, uning oldini olish shart-sharoitlari, omillari



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə50/60
tarix27.04.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#107293
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   60
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

21- “Ommaviy madaniyat” ning milliy g’oyaga zidligi, uning oldini olish shart-sharoitlari, omillari
Reja:
1. “Ommaviy madaniyat” tushunchasining ma’no-mazmuni. Uning milliy g’oya maqsadlari va negizlariga zidligi.
2. “Ommaviy madaniyat” g’oyalarini tarqatishga urinishlar. Ularning texnik imkoniyatlari.
3. “Ommaviy madaniyat” ning milliy ma’naviyat negizlariga, milliy g’oya, ma’naviy meros va demokratik printsiplariga zid ekanligi.
Aytilganlarga eng yorqin misol sifatida bugungi kunda butun dunyodagi fikrlovchi insonlarni borgan sari qattiqroq tashvishga solayotgan “ommaviy madaniyat” hodisasining kelib chiqishiga e’tibor qarataylik. Bu hodisa bugun butun dunyoga ko’proq Yevropa va Shimoliy Amerikaning rivojlangan mamlakatlaridan tarqalayotganini hisobga olib, ushbu mintaqalardagi hozirgi ma’naviy-axloqiy muhitning shakllanish tarixiga qisqa (eng umumiy bir tarzda) to’xtab o’tish kerak bo’ladi.
Ma’lumki, shu kungacha jahon ilmida “ma’naviyat” hodisasi yaxlit tushuncha sifatida izchil ilmiy tahlilga tortilmadi. Bu sohaga oid mavjud izlanishlar boshqacha tushunchalar va tizimlar doirasida kechdi. Xususan, Yevropada inson ma’naviyatiga oid bahslar falsafa va uning tarkibiy qismi hisoblangan axloqshunoslik ilmi doirasida rivojlandi. Inson axloqi aslida zohiriy, aniqrog’i, ikkilamchi hodisa bo’lib, shaxs ma’naviyatining insonlar aro munosabatlarda namoyon bo’lishidir. Uning botinida ma’naviy omillar yotgani tufayli faylasuflar asosan axloqning botiniy omillariga e’tibor qaratganlar. Agar bu sohadagi Yevropa an’anasini umumiy bir tarzda ko’zdan kechiradigan bo’lsak, axloqshunoslik ilmi ko’proq insonning iroda erkinligi, aql va bilim, baxt va lazzatlanishga intilish, manfaatdorlik kabi masalalarga e’tibor qaratganligini ko’ramiz. Aksariyat holatlarda mas’uliyat va burch masalalari ham inobatga olinadi. Axloqning imonga bog’liq jihatlari xristian axloqida alohida ta’kid etilsa-da, Yangi davrda bu masala ko’pincha aktuallashmaydi. Umuman, insonning dunyoviy maqsadlariga alohida e’tibor qaratilishi Yevropa axloq ilmining ustivor jihati deyish mumkin.
Milliy ma’naviyatimiz an’analarida shaxs ma’naviyatining asosiy jihatlari – iymon, ilm, mas’uliyat, mehrning o’zaro uyg’unligi masalasi ustivor yo’nalish ekanligi ma’lum. Muayyan tarixiy sabablarga ko’ra Yevropa axloq ilmida ayni shu o’zaro mutanosiblikka yetarli e’tibor qaratilmadi. Natijada, bugungi kunga kelib, ushbu mintaqada ma’naviy-axloqiy sohada juda og’ir muammolar kelib chiqmoqda. “Ommaviy madaniyat” hodisasi asosida birnecha omillarning chatishuvi yotadi. Ulardan birinchisi - imonsizlik, o’z insoniy burchi va mas’uliyatini tan olishni istamaslik, befarqlik va loqaydlik. Ikkinchisi - sanab o’tilgan qusurlarni oqlashga xizmat qiluvchi “dunyoni manfaat boshqaradi” (demak, bu dunyoda har kim o’z foydasi uchun qo’lidan kelgan harakatini qilsa, bo’laveradi, degan) dahriyona (aniqrog’i, xudbinona) tezis (“qoida”) asosida yashash. Bu ikki omil azaldan bo’lgan. Uchinchisi – oldingilaridan kelib chiqadigan axloqiy relyativizm, ya’ni dunyoda azaliy va abadiy qat’iy axloqiy meyorlar mavjud emas, ko’pchilik o’zini qanday tutayotgan bo’lsa, biz ham shunga qarab ketaveramiz, degan oysizlik, fikriy dangasalik tamoyili. Va nihoyat to’rtinchisi - bugungi axborot vositalarining cheksiz imkoniyatlari sharoitida yuqoridagi Prezident ta’rifiga muvofiq, befarqlik va oysizlik botqog’iga botgan kimsalarning dunyoni boshqarishga intilayotgan kichik bir guruh qo’lida qo’g’irchoqqa aylanib, o’zlarining eng tuban hayvoniy xohish va istaklarini ochiqdan-ochiq namoyon qilishni “umuminsoniy axloqiy meyorlar” darajasiga ko’tarishga urinishlaridir.
Shuningdek, asarda kommunistik mafkura va uning axloqiy normalaridan voz kechilganidan keyin vujudga kelgan g’oyaviy bo’shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot bo’lgan, ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini o’z ichiga olgan “ommaviy madaniyat” yopirilib kirib kelishi necha ming yillik an’ana va qadriyatlarimiz, turmush tarzimizning ma’naviy negizlariga jiddiy tahdid qilishi, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solishi mumkinligi ta’kidlanib, bunday xurujlarga qarshi kurashish g’oyat muhim ekani uqtiriladi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə