Karbon kislotalar mavzusida dars o’tishda modul ta'lim texnologiyasini qo’llash
Darsning ta'limiy maqsadi: Karboksil gruppa, karbon kislota, chumoli va sirka kislotalari, pal’mitin, stearin, olein kislotalari, sirka angidridi, atsil radikali, formiatlar, atsetatlar, akril kislota, metilmetakrilat, benzoy kislota va karbon kislotalarning amaliy ahamiyati haqida ma’lumot berish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarda olimlarga bo’lgan xurmat, tabiatga bo’lgan mehr tuyg’ularini, estetik tarbiyani rivojlantirish va birdamlik, hamkorlikni shakllantirish.
Darsning rivojlantruvchi maqsadi: Karboksil gruppa, karbon kislota, chumoli va sirka kislotalari, pal’mitin, stearin, olein kislotalari, sirka angidridi, atsil radikali, formiatlar, atsetatlar, akril kislota, metilmetakrilat, benzoy kislota va karbon kislotalarning amaliy ahamiyatiga oid topshiriqlarni mustaqil bajara olish ko'nikmalarini shakllantirish.
Darsning jixozi: davriy jadval, internet ma’lumotlari, karbon kislotalarga oid ko'rgazmalar, darslik.
Darsda foydalanilgan texnologiya: Modulli ta'lim texnologiyasi (o'quvchilarning kichik guruhlarida ishlash)
Asosiy tushunchalar: Karboksil gruppa, karbon kislota, chumoli va sirka kislotalari, pal’mitin, stearin, olein kislotalari, sirka angidridi, atsil radikali, formiatlar, atsetatlar, akril kislota, metilmetakrilat, benzoy kislota.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
O'tgan mavzuni test savol-topshiriqlari yordamida mustahkamlash va o'quvchilarni baholash:
Bitta gomologik qatorga kirmaydigan moddalarni aniqlang. 1).C2H6O; 2).C3H8O2; 3).C3H6O2; 4).C3H6O; 5).C4H8O2
a).3,5 b).4,5 v).2,5 g).2,3 d).1,2,4
Xalqaro nomenklatura bo`yicha quyidagi moddani nomi qanday bo`ladi?
CH3CH(C3H7)CH(CH3)CHO
a).2,3-dimetilgeptanal; b).2,3-dimetilgeksanal yoki 2,3,4-trimetilpentanal; v).2,3-dimetilgeksanal; g).2,3,4-trimetilpentanal; d)2,3-dimetilpentanal;
3). Quyidagi birikmalar orasidan aldegidlarga tegIshli bo`lmaganlarini tanlang: 1).C4H6O; 2).C3H6O; 3).C3H8O; 4).C5H10O; 5).C5H12O; 6).C4H8O
a).1,3,5 b).1,2,6 v).2,3,4 g).1,3,4 d).2,4,6
Kumush oksidning ammiakdagi eritmasi noma`lum aldegidning 10,8 g massasi bilan izaro ta`sirlashuvidan 27,13 gr. kumush ajralib chiqdi. Aldegidni aniqlang.
a).pentanal; b).etanal; v).propanal; g).metanal; d).butanal.
Aldegidlar laboratoriyada qaysi usulda olinmaydi? 1)birlamchi spirtlarni mis(II)-oksid bilan oksidlash; 2).kislotalarni katalizator ishtirokida vodorod bilan qaytarIsh; 3).etanolni vodorod peroksid bilan oksidlash; 4).Kucherov reaksiyasi bo`yicha.
a).2,3; b).1,4; v).2,4; g).1,2; d).1,3.
Dostları ilə paylaş: |