O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


Kognitiv, psixomotorik va affektiv o’quv maqsadlari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə23/91
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#133395
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   91
MFO\'M MAJMUA 1 POTOK

Kognitiv, psixomotorik va affektiv o’quv maqsadlari.
Aniq o’quv maqsadlari mohiyatiga ko’ra uch sohaga bo’linadi:
*kognitiv (nazariy bilimlarni o’zlashtirish bilan bog’liq) o’quv maqsadlari sohasi.
*psixomotorik (amaliy hatti-harakatni o’zlashtirish bilan bog’liq) o’quv maqsadlari sohasi.
*affektiv (hulq, o’zini tutish, atrof muhitga va tevarak atrofdagilarga munosabatning shakllanishi va qadriyatlarni o’zlashtirish bilan bog’liq) o’quv maqsadlari sohasi.
Kognitiv o’quv maqsadlari sohasi. Kognitiv o’quv maqsadlari sohasi-o’quv materiallari, ma’lumotlar, axborotlar, turli dalillar, tushunchalar, tamoyillar va usullarni bilish (ya’ni xotirada saqlash va eslash) ularni miyada qayta ishlash orqali tushunish, amalda qo’llash, tahlil va sintez qilish, baholashni o’z ichiga oladi. U bilimlarni yodda saqlash, ya’ni xotirani chiniqtirish, intelektual aqliy qobiliyatlarni rivojlantirishni ko’zda tutadi.


Psixomotorik o’quv maqsadlari sohasi. Bu o’quv maqsadlari sohasi amaliy ish jarayonlari orqali hosil qilinadigan ko’nikma va malakalarni egallashni ko’zda tutadi. Bunda psixika orqali boshqariladigan muskul harakatlari (motorik harakatlar) amalga oshadi. amaliy faoliyat olib borish, misol uchun, biror asbobni ishlata olish malakasiga ega bo’lish psixomotorik o’quv maqsadlari sohasiga taalluqlidir. Ushbu o’rganish sohasi inson miyasi tomonidan boshqariladigan harakatlarni ifodalaydi. Ular esa o’z navbatida motorik (muskul harakati bilan bog’liq) ko’nikmalarni talab etadi. Psixomotorik harakatlar oddiy, o’rta va kompleks harakatlarga ajratilishi mumkin.
O’quv rejasining moduli – uzluksiz ta’lim mazmunining asosiy invariant tarkibiy komponentlarini aks ettiruvchi o’quv rejasini taqdim etish shakli.
Ta’lim muassasalari uchun mo’ljallangan o’quv rejasi ishlab chiqiladi va tegishli vazirlik tomonidan tasdiqlanadi (Respublika Xalq ta’limi va oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari tomonidan).
O’quv rejasi ta’lim muassasasi ma’muriyatiga yuboriladi hamda mazkur reja asosida o’quv jadvali tuziladi.
O’quv jadvalida hafta davomida o’qitiladigan o’quv fanlarining nomi va ularga ajratilgan soatlar miqdori ko’rsatiladi.
O’quv fani – ta’lim muassasalarida o’rganish uchun fan, texnika, san’at, ishlab chiqarish faoliyatining muayyan sohasidan saralab olingan bilimlar, o’quv va ko’nikmalar tizimi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə