O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


Pedagogik fanlarni o’qitish metodlari mohiyati



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə26/91
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#133395
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   91
MFO\'M MAJMUA 1 POTOK

3.Pedagogik fanlarni o’qitish metodlari mohiyati.
Ta’lim metodi o’qituvchi bilan o’quvchilarning o’qish vazifalarini bajarishga qaratilgan nazariy va seminar bilish faoliyati yo’lidir.
O’qituvchi insoniyat tajribasida to’plangan bilimlar bilan hali bu bilimlarga ega bo’lmagan bolaning ongi o’rtasida vositachilik rolini o’naydi.
Bola ijtimoiy-tarixiy tajribadagi barcha bilim boyliklarini ta’lim olmasdan, o’qituvchisiz, mustaqil holda o’zi tizimli tarzda o’zlashtira olmaydi. O’qituvchining eng kata xizmati o’quv materialini o’zlashtirishning muayyan yo’l, usul va priyomlarini belgilashda namoyon bo’ladi.
Ta’lim metodi o’quv materialini bayon qilishga va uni bolalar yaxshi bilib olishga qaratilgan faoliyatning yo’li, usulidir. Ta’lim jarayoni va natijalari o’qituvchining o’quvchilar bilish faoliyati harakatini belgilovchi ish usulariga bog’liqdir. Shu sababli doimo pedagogikada ta’lim metodlariga o’qituvchining ish usullari va o’quvchilarning bilish faoliyati usullari deb qaraladiki, bu usullarning har ikkalasi ham o’quv vazifalarini bajarishga qaratilgandir.
Ta’lim metodlari o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining xususiyatini belgilaydi, ta’limning maqsadi va mazmuniga bog’liq bo’ladi.
Ta’lim metodlari tevarak-atrofdagi dunyoni bilishning umumiy qonuniyatlarini tushunishga bog’liqdir, ya’ni ular falsafiy fikrlarni, ta’lim jarayonining mohiyati va tamoyillari to’g’ri anglash natijasidir.
Ta’lim metodlari o’quv materiali mazmunida ifodalangan ilmiy fikr mantig’iga bog’liqdir. O’quv materialining mazmuni tobora chuqurlashib, murakkablashib va ilmiy tus olib boromoqda, shuning uchun ta’lim metodlari ilmiy bilishning mantiqi va metodlariga tobora ko’proq bog’liq bo’lib qolmoqda.
Ta’lim metodi psixologik asosga ega. Bolaning o’quv materialini o’zlashtirishdagi yosh imkoniyatlari va uning yetuklik darajasi o’qitish va o’qish usullariga juda katta ta’sir ko’rsatadi. O’quvchilarning fikrlash faoliyatini va shaxsiy xususiyatlarini yaxshi bilish o’qitishning samaraliroq usullarini topish imkonini beradi.
Ta’lim metodlari o’sayotgan organizmning anatomik-fiziologik, biologik xususiyatlariga ham bog’liqdir. O’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil qilishda ularning yoshiga xos biologik o’sishni hisobga olish kerakki, ta’limning ko’pgina jihatlari ish qobiliyati, charchash, ijodiy kayfiyat, jismoniy sog’liq, maktabdagi gigiena sharoitlari aynan shu o’sishga bog’liqdir.
Ta’lim metodlari nazariy jihatdan yaxshi asoslangan bo’lishi, pedagogik nazariyadan kelib chiqishi kerak, ammo, ta’lim metodlari amalda qo’llanilmasa, foydasiz bir narsaga aylanadi.
Seminar yo’llanganligi ta’lim metodlarining eng muhim tomonlaridan biridir. Bu metodlarda pedagogik nazariya amaliyot bilan bevosita bog’langan. Nazariya qancha chuqur va ilmiy bo’lsa, ta’lim metodlari o’shancha samarali bo’ladi. Pedagogik qarashlarda nazariya qancha kam ifodalangan bo’lsa, ta’lim metodlari bu nazariyaga shuncha kam bog’liq bo’ladi.
Pedagogika fani maktablar va o’qituvchilarning ilg’or ish tajribalarini umumlashtiradi, an’anaviy ta’limning ilmiy asoslarini ko’rsatib beradi, o’qitishning zamonaviy, samarali metodlarini ijodiy ravishda izlab topishga yordam beradi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə