O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə29/91
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#133395
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   91
MFO\'M MAJMUA 1 POTOK

Tayanch tushunchalar: ta’lim turlari va shakllari tavsifi,ta’limni tashkil etishning ma’ruza-seminar tizimi.


1. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish shakllari. O‘qitishning rasmiy, norasmiy va virtual shakli. Ilmiy bilimlarni, ayniqsa istiqlol mafkurasini o’quvchi, talabalar qalbi va ongiga singdirish jarayoni ta’lim-tarbiyaning zamon talablariga javob beruvchi turli shakllari orqali amalga oshiriladi. Ta’lim shakllari mashg’ulotlarni o’tkashzish vaqtiga qarab, hamda o’quvchi talabaning tarkibi va ular faoliyatining xarakter – mohiyatiga qarab belgilanadi.
Ta’limni tashkil etish shakllari deganda, aniq muddatda va tartibda o’qituvchining o’quvchilar bilan olib boradigan mashg’ulot turlarini tushunamiz. Hozirgi kunda, umumta’lim maktablarida ta’limni sinf-dars shaklida olib borish keng tarqalgan. Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, ta’limni tashkil etish shakllari ijtimoiy tuzum manfaatlariga mos holda paydo bo’lgan va rivojlangan. Dastlabki davrlarda ta’lim berish ishlari odamlarning mehnat faoliyati, turmush tarzi bilan uzviy bog’langan hamda bilim berish, o’rgatish ishlari yakka tartibda olib borilgan.
Davr o’tishi bilan ko’pchilikka bilim berish ehtiyoji paydo bo’ladi. Ta’lim tizimi mazmuni, bilimlarning murakkablashuvi, bolalarni guruh – guruh bo’lib, to’plab o’qitishni taqozo qilgan hamda ta’lim bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar, o’qituvchi tayyorlash zaruriyatini keltirib chiqargan.
Shu davrga kelib o’qitishning maxsus tashkiliy shakllari paydo bo’la boshlaydi. Buning natijasida sinf – dars tizimi paydo bo’la boshlaydi. Xalq orasida hayotiy tajribaga, bilim va tarbiyaga ega bo’lgan kishilar murabbiy, o’qituvchi bo’lib faoliyat ko’rsatdi.
Xalqimiz tarixiga nazar tashlar ekanmiz, maktab va madrasalarda yoshlarga bilim berish bilan shug’ullanganligi «Avesto» va boshqa tarixiy manbalarda ma’lum. Ammo qadim davrlarda ta’limni qat’iy chegaralangan vaqtda, bir xil yoshdagi bolalar bilan olib borish, ta’lim mazmunini bosqichma – bosqich berish masalalariga aniqlik kiritilmagan edi.
Ta’limning tashkilif masalalari Al-Forobiyning «Fan va aql zakovat» asarida o’quv fanlarini guruhlarga bo’lib o’qitish, ularning tarbiyaviy mohiyatini ochish masalalariga e’tibor berilgan. Pedagogika tarixida, ta’lim tashkil etishning asosiy shakli dars hisoblangan. Sinf-dars tizimini didaktik talablar asosida yaratishda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning (1592-1670) xizmatlari katta, uni sinf-dars tizimining asoschisi sifatida butun dunyo tan olgan.
Ya.A.Komenskiy «Buyuk didaktika» asarida, o’quv mashg’ulotlarini guruh shaklida tashkil qilish, o’quv yili va o’quv kunini bir vaqtda boshlash, mashg’ulotlar orasida tanaf-fuslar berilishini, guruhlardagi bolalarning yoshi va soni bir xil bo’lishiga alohida e’tibor berdi. Dars davomida o’quvchilar diqqatini to’plash, materialni batafsil tushuntirish, o’quvchiga savollar berish, o’zlashtirish jarayonini nazorat qilish zarurligini ta’kidlaydi.
Ta’lim muassasalari oldida turgan vazifalarning ijobiy hal etilishi mashg’ulot (ta’lim jarayoni) mazmuni, ta’lim shakli metodlari hamda vositalari o’quvchilarni ma’naviy jihatdan tarbiyalash, ularda chukur bilim va dunyoqarashni hosil qilish ishiga xizmat qiladi.
Ta’lim shakli o’qituvchi va o’quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma’lum rejimda tashkil etiladigan faoliyatlarining tashqi ifodasidir.
Qadim zamonlardanoq jamiyatning yetuk kishilari o’qitish ishini tashkil qilishning ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlariga javob beradigan shakllarini topishga urunganlar. Hozirgi vaqtda respublika ta’lim muassasalarida o’qitishning quyidagi shakllaridan foydalanilmoqda.
Dars o’quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli hisoblanadi. Sinf-dars tizimi quyidagi mazmunga egadir:
1. Har qaysi sinf yoshi va bilim darajasiga ko’ra bir xil bo’lgan o’quvchilarning doimiy guruhiga ega bo’ladi;
2. Dars jarayoni asosan 45 daqiqa javom etib, qat’iy jadval asosida olib boriladi;
3. Dars o’qituvchi va o’quvchilarning faoliyat birligida asoslangan bo’lib, bevosita o’qituvchi raxbarligida jamoa, guruhi va yakka tartibda olib boriladi;
4. Dars mashg’uloti o’tilayotgan va o’zlashtirilayotgan materialning mazmuniga qarab turli xil metodlar yordamida olib boriladi hamda umumiy ta’lim tizimining bir qismi sifatida, albatta, tugallangan bilim beradi va navatdagi bilimlarni o’zlashtirish uchun zamin yaratishga xizmat qiladi.
Darsda o’qituvchi bilan o’quvchining o’zaro munosabat jarayoni shaxsiy aloqaga asoslanadi. O’qituvchi darsda barcha o’quvchilar faoliyatini nazorat qiladi, shuningdek, o’quvchilarning o’zaro aloqalari va nazoratini qo’llab-quvvatlab turadi. O’qituvchining dars jarayonidagi faoliyati o’quvchilar tomonidan fan asoslarining o’zlashtirilishi ularda zarur ko’nikma va malakalarni hosil bo’lishi uchun zamin yaratadi.
Bugungi kunda darslarni tashkil etishga nisbatan quyidagi didaktik talablar qo’yilmoqda:
1. Darsning maqsadi va vazifalarining aniqligi hamda pedagogik jihatdan to’g’riligi;
2. Darsning ta’limiy, tarbiyaviy va shaxsni rivojlantiruvchanlik vazifalarining birligi va uzviyligi;
3. O’qitishning yaxlit dars va uning ma’lum qismlari vazifalari hamda mazmuniga muvofiq keladigan, o’quvchilarning bilish faolliklari va mustaqil faoliyatlarini ta’minlashga xizmat qiluvchi maqbul metodlarni tanlash;
4. Mashg’ulotlarning turli shakllari: jamoa, guruhli va yakka tartibdagi shakllarini maqbul ravishda qo’shib olib borish;
5. O’qituvchining rahbarlik vazifasi bilan o’quvchilar faol bilish faoliyatini birga olib borish;
6. Darslarning o’zaro uzviy va dialektik xususiyatga ega bo’lishiga erishish;
7. O’quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish;
8. Darsda o’quvchilarni o’qitish va tarbiyalash uchun qulay shart-sharoit yaratish;
9. Darslarni demokratik tamoyillar asosida tashkil etish;
10. Darsda o’quvchilar erkinligini ta’minlashga erishish.
Bir soatlik darsga mo’ljallangan dastur o’quv materiali mazmunini bayon qilish, didaktik maqsad va talablarga muvofiq tashkil etilgan mashg’ulot turi dars turi deb yuritiladi. Boshqacha qilib aytganda, o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malaka bilan qurollantirishda mashg’ulotning asosiy qismini ishg’ol qilgan ta’lim shakli u yoki bu dars turini tashkil etadi.
2. Dars turlari va ularning tuzilishi. Darsda bilimlarning o’zlashtirilishi, malaka va ko’nikmalarning hosil qilinishi murakkab, qarama-qarshi jarayondir. O’quv materialini o’rganishning turli vazifalari, yo’llari, usul va formalari vujudga keladi, buning natijasida darsning juda ko’p turlari, uning har xil variantlari paydo bo’ladi.
Ayni vaqtda ta’lim tizimida eng ko’p qo’llaniladigan dars turlari quyidagilardir:
1. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.
2. O’tilgan materialni mustahkamlash darsi.
3. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish darsi.
4. Takroriy-umulashtiruvchi dars.
5. Aralash dars.
Ta’lim jarayonida eng ko’p qullaniladigan dars yangi bilimlarni bayon qilish darsidir.
Bu darsning tuzilishi quyidagicha:
1. Darsni tashkil qilish.
2. Yangi bilimlarni bayon qilish.
3. Yangi bilimlarni mustahkamlash.
4. Yangi bilimlar ustida mashq o’tkazini.
5. Yangi bilimlarga bog’liq uy mashg’ulotlari berish.
6. Darsni yakunlash.
Dars turlarining o’zgarishi bilan darsning tuzilishida ham o’zgarishlar bo’ladi. Masalan, dars turlari uyg’unlashgan darslarida darsning hamma elementlari mavjuddir:
1. Darsni tashkil qilish.
2. Uy topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish va baholash.
3. Yangi mavzuni bayon qilish.
4. Yangi mavxuni mustahkamlash.
5. Uy topshiriqlari berish.
6. Darsni yakunlash.
Ta’lim tizimida, takrorlash va bilimlarni mustahkamlash darslari ham ko’p qo’llaniladi.
O’qituvchi dasturning ma’lum bir qismi, yirik mavzular o’tib bo’lingandan so’ng bunday darslar uyushtiriladi.
Bu dars bilimlarni oraliq nazorat orqali baholashda ham xizmat qiladi.
O’rta maxsus va oliy ta’lim tizimidagi o’ziga xos ta’lim shakllari. Uzluksiz ta’limning hamma bosqichlarida ta’limning o’ziga xos tashkiliy shakllari mavjud.
Jumladan: ikki bosqichli oliy ta’lim tizimida o’ziga xos ta’lim shakllari mavjud. Bularga: ma’ruzalar, seminar va seminar mashg’ulotlar, kafedra o’qituvchilarining ochiq ma’ruzalarida qatnashish, ma’ruza matnini tayyorlash va muhokama qilish, o’quv kurslari bo’yicha dasturlar tayyorlash ishlari kabilar oliy ta’limning ko’p qirrali yo’nalishlari va shakllaridir. oliy ta’lim tizimida ma’ruza o’quv jarayonining ham usuli, ham shakli hisoblanib, u talabalarga fan asoslarini og’zaki, uzviy va muntazam singdirishga xizmat qiladi. Ma’ruza tufayli talaba shu fanning mohiyatini tushunib boradi hamda ularni erkin fikrlashga, fan ustida o’ylashga majbur etadi. Shu sababli ma’ruza ilmiy tafakkurni rivojlantirishning o’ziga xos maktabiga aylanadi. Ma’ruzani shunday o’qish lozimki, uning ta’sirida talabalarda shu fanga uning vazifa va kelajagiga nisbatan turli qarashlar, ilmiy e’tiqod, g’oya va milliy mafkura asoslari shakllansin. Buning uchun o’qituvchi har bir ma’ruzaning mazmunini fandagi yangiliklar bilan boyitishi va tanlay bilishi lozim. Ma’ruza ijobiy hamkorlikka tayanib tashkil qilingandagina samarali natija beradi. Buning uchun ma’ruza jarayonida ham ta’limiy, ham tarbiyaviy vazifalarni samarali amalga oshirish yo’llaridan biri – o’qituvchi bilan talabalar o’rtasida do’stona, faol munosabatlarni tiklab olinishdan iborat.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə