O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


O’quv jarayonida nazorat va hisobga olish funktsiyalari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə37/91
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#133395
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   91
MFO\'M MAJMUA 1 POTOK

2.O’quv jarayonida nazorat va hisobga olish funktsiyalari.
Natijalarni o’zlashtirish – bu olingan natijalarni seminar o’zlashtirishga tayyorlash jarayonidan iboratdir, ya’ni iste’mol uchun tayyorlash. Bunda ta’lim beruvchi ishtiroki muhim rol o’ynaydi, chunki kerak bo’lganda ayrim zaruriy tuzatishlar kiritish har kimning ham qo’lidan kelavermaydi.
Umuman olganda ta’lim – tarbiya jarayonida bilim, ko’nikma va malakalar shakllanganligini nazorat qilish muhim o’rin egallaydi. Xususan, nazorat quyidagi funktsiyalarga ega:
1) Nazoratning diagnostik funktsiyasi. Nazorat natijasi orqali bilim, ko’nikma va malakalarning shakllanganlik darajasi aniqlanadi.
2) Nazoratning ta’lim oluvchilardagi bilim olishga bo’lgan ishtiyoqini o’stirish funktsiyasi.
3) Nazorat jarayonida ta’lim oluvchilarning shaxsiy jihatlari shakllantiriladi va eng asosiysi rivojlantiriladi.
4) Ta’lim funktsiyasi.
5) Nazoratning tarbiyaviy funktsiyasi.
6) Nazoratning baholash funktsiyasi.
7) Nazoratning ta’lim oluvchilardagi bilimga qiziqishni o’yg’otish, jonli fikrlashga o’rgatuvchilik funktsiyasi.
Ma’lumki, nazorat asosan uch turga bo’linadi. Ular: joriy nazorat, oraliq nazorat va yakuniy nazoratlardir. Bulardan tashqari so’nggi nazorat turi ham bor.
Nazorat turi testlar, yozma ishlar va og’zaki savol – javoblar orqali amalga oshiriladi. Pedagog olimlar I.Tursunov va U.Nishonalievlarning ma’lumotlariga qaraganda testlar orqali quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
• ta’lim oluvchilar nazariy va seminar bilimlarining darajasini ob’ektiv sharoitda aniqlash imkonini beradi;
• bir vaqtning o’zida bir guruh yoki ko’p sonli ta’lim oluvchilar bilimini nazorat qilish mumkin;
• hamma ta’lim oluvchilarda bir xil qiyinchilikdagi savollar berilib, hammasiga bir xil sharoit yaratiladi;
• test natijalarini ta’lim beruvchi tomonidan tezkorlik bilan (operativ) tekshirish mumkin;
• turli guruhdagi ta’lim oluvchilar bilimini solishtirish, qo’llanilayotgan metodning samaradorligini aniqlash mumkin;
• ta’lim jarayonida uchraydigan kamchiliklarda aniqlash mumkin.
Ta’lim natijalarini baholashda reyting tizimining test usuli keyingi paytlarda iste’molda keng foydalanilmoqda.
Test – biror bir faoliyatni bajarish uchun ma’lum darajadagi bilimni egallashga qaratilgan topshiriqdir. Test to’g’ri bajarilganligini o’lchash va baholash maqsadida har bir testga ekspert metodi yordamida etolon ishlab chiqiladi.
Umuman olganda test so’zi inglizchadan olingan bo’lib, u sinov, tekshirish, tadqiqot ma’nolarini bildirib “Sinalayotgan shaxsning psixo xususiyatlarini, shuningdek, intellektual rivoji, qobiliyati va malakasini tekshirishda qo’llaniladigan standart mashqlar” demakdir. Pedagogik va uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish natijasida didaktik testlar quyidagi ikki guruhga ajratiladi:
• nazariy bilimlarni nazorat qiluvchi, malaka va qobiliyatlarni tekshiruvchi o’zlashtirish testlari;
• real o’quv imkoniyatlari bo’yicha (Yu.Babanskiy) diagnostika testlari hamda umumiy va maxsus (masalan, mikro yoki makro iqtisodiyot fani va boshqa fanlar bo’yicha) o’qitish testlari.
Testlar tipologiyasi asosida topshiriqlarni tanlash, ularning strukturaviy o’zaro aloqadorligi va ta’riflari quyidagi omillarga bog’liqdir.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə