O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə45/91
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#133395
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91
MFO\'M MAJMUA 1 POTOK

Masofadan o’qitish – ta’lim oluvchining mustaqil bilim olish tamoyiliga tayanuvchi ta’lim jarayonining yangi tuzilmasi hisoblanadi. Ta’lim muhiti shu bilan xarakterlanadiki, bunda ta’lim oluvchilar, asosan, ko’pincha yoki butunlay fazo yoki vaqt jihatidan o’qituvchidan uzoqda va ayni vaqtda ular istagan paytlarda telekommunikatsiya vositalari yordamida muloqot qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Masofadan o’qitish uzluksiz ta’lim shakllaridan biri bo’lib, u insonning ta’lim va axborot olish huquqini ta’minlashga qaratiladi.
“Ta’lim” va “O’qitish” atamalaridan foydalanish bo’yicha bir qat’iy tavsiya yo’q. Ta’lim ham, jarayon ham natija sifatida ta’riflanadi. Keyingi vaqtlarda “masofadan o’qitish” atamasidan foydalanish odat tusini oladi. Bu masofadan o’qitishning jarayon ekanligini va uning o’qitish texnologiyasi bilan uzviy bog’liqligini ko’rsatadi.
Masofadan o’qitishning axborot – ta’lim muhitidan ma’lumotlarni uzatish vositalari, axborot resurslari, o’zaro muloqot bayonlari, foydalanuvchilarning ta’lim olishga bo’ligan ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan apparat – dasturiy, tashkiliy – uslubiy ta’minot va boshqalarning tizimiy – tashkiliy majmualarini hosil qilishda keng foydalaniladi.
Masofadan o’qitish texnologiyasi – bu 1969 yilda Angliyada bosh prim’er – ministr G.Vilьson tashabbusiga ko’ra shakllantirilgan deyiladi. Ammo, u ancha ilgari barqaror va muntazam pochta aloqalari shakllanishi davrida yuzaga kelgan. 1858 yildan boshlab London Universitetida barcha xohlovchilarga ularning qay tarzda (yozishmalar yoki mustaqil ravishda) bilim olishlaridan qat’iy nazar, barcha ixtisosliklar va barcha sohalardagi akademik daraja uchun imtihon topshirishga ijozat berilgan.
Masofadan o’qitish texnologiyasi 1938 yildan buyon sirtqi ta’lim bo’yicha Xalqaro Kengash, 1982 yildan boshlab esa masofaviy ta’lim bo’yicha Xalqaro Kengash eng eski xalqaro ta’lim tashkilotlaridan biri sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. Angliyada o’qituvchilarni tayyorlash dasturi 130 ta kursni o’z ichiga qamrab oladi, ularning ko’plari fanlararo bog’lanishni e’tiborga olib ishlab chiqilgan.
O’tgan asrning 90 – yillarida Angliyada 40 ga yaqin ana shunday turdagi ta’lim muassasalari faoliyat ko’rsatgan bo’lib, ularga har yili 65 ming kishi o’qish uchun ariza berishgan. Bu texnologiya ta’lim oluvchilarga qulay vaqtda o’qitishlari uchun katta imkoniyatlar yaratib berdi. Ta’lim oluvchilarga filiallar tarmog’i, telestudiya va kompyuter tarmog’i orqali maslahatlar beriladi.
Hozirgi vaqtda Yevropaning har bir mamlakatida masofadan o’qitishni joriy etgan ta’lim muassasalari anchagina ko’paygan. AQSh, Kanada, Angliya, Germaniya va Frantsiya kabi mamlakatlarning yetakchi oliy o’quv yurtlari o’zlarining telekompyuter tizimi yoki tarmog’iga ega. Bular ochiq universitetlarning Osiyo uyushmasi, masofadan o’qitishni rivojlantirish bo’yicha Lotin Amerikasi hamkorlik tarmog’i, universitetlarning Yevropa uyushmasi va boshqalarda keng rivojlanmoqda.
Masofadan o’qitish texnologiyalarini yaratishning jahon tajribasini o’rganish shuni ko’rsatadiki, ta’limning kompyuter tarmog’idan foydalanib amalga oshirilishi tamoyili jihatidan u rivojlanuvchi texnik tizim tarzida qaraladi.
O’zbekistonda bu borada XX asrning 80 – yillarida ishlar boshlangan edi. O’zFA “Kibernetika institutidagi “BESM – 6 rusumli EHMdan foydalanib Qoraqalpoq (Nukus), Jizzax shaharlaridagi oftalьmologiya shifoxonalariga o’rnatilgan “STA – 76” teletayp apparati yordamida bemorlarga uzoq masofadan turib (Toshkent shahridan) amaliy yordam (bemorlarga tibbiy tashxis, kasallik bashorati va davlashga tavsiyalar) ko’rsatila boshlandi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə