O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə48/91
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#133395
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   91
MFO\'M MAJMUA 1 POTOK

Pedagogik texnologiya – o’quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriya. Texnologiyalarning barcha tushunchalarini belgilash uchun, sinonim sifatida ta’lim texnologiyasi, o’qitish texnologiyasi kabilarni ishlash mumkin.
O’qitish texnologiyasi – birinchidan, pedagogik texnologiyani jarayonli harakat aspektini anglatadi. Bu ta’lim jarayonini o’zgaruvchan sharoitlarda, ajratilgan vaqt davomida istiqbollashtirilgan natijalariga kafolatli erishishga va konkret ta’lim-tarbiya jarayonlarini amalga oshirishni instrumental ta’minlovchi usul va vositalar (texnologik operatsiyalar)ning tartibli birligini o’zida mujassamlashtirgan ta’lim modulini ishlab chiqish va amalga oshirishning texnologik jarayoni; ikkinchidan, pedagogik texnologiyaning jarayonli – bayonli aspektini ifodalaydi. Bu maqsadni amalga oshirish va istiqbolda belgilangan natijalarga erishish bo’yicha pedagogik hamda o’quv faoliyatini loyihasini bajarishning bayonidir (texnologik xarita).
Ta’lim texnologiyasi – pedagogik texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash uchun ishlatiladi. Bu (fan predmeti) «texnika va inson resurslarini hamda ularning o’z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi hamkorligini hisobga olgan holda dars beri shva bilimlarni o’zlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, qo’llash va belgilashning tizimli usuli».
O’zbekistonlik pedagog olim B.G’. Ziyomuhammedov pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif bergan: «PT – bu jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib, oldindan belgilangan kishi ijtimoiy sifatlarini samarali shakllantiruvchi va aniq maqsadga yo’naltirilgan o’quv jarayonini tizim sifatida ko’rib, uni tashkil qiluvchi qismlari bo’lgan o’qituvchi (pedagog)ning o’qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga ma’lum bir sharoitda muayyan ketma-ketlikda ko’rsatgan ta’sirini nazoratda tutuvchi va ta’lim natijasini baholab beruvchi texnologiyalashgan ta’limiy tadbirdir».
Ijtimoiy texnologiyalar safiga kiruvchi «pedagogik texnologiya» tushunchasining mazmunini aniqlaymiz. Ko’pchilik pedagog olimlarning fikricha, ushbu keng ishlatiladigan so’zlar birikmasi inglizcha “an educa – tional texnology”, ya’ni «ta’lim texnologiyasi» ifodasini noaniq tarjima qilishdan kelib chiqqan.
Bizning fikrimizcha, ta’lim texnologiyasiga dastlab asos solgan AQSh olimlari pedagogik texnologiyani emas, balki aynan ta’lim texnologiyasini nazarda tutishgan. Buni tushunib yetish uchun pedagog atamasining lug’aviy ma’nosini esga olaylik, bu atama yunoncha «payne» - bola, «agogeyin» - yetaklamoq so’zlaridan tashkil topgan bo’lib, bola yetaklamoq ma’nosini anglatadi. Bunday «bola yetaklash texnologiyasi» degan atama kelib chiqadi, bu tushuncha ta’lim texnologiyasi maqsadi va mantig’i zid bo’lib, ta’lim texnologiyasini maqsadi va mantig’iga zid bo’lib, ta’lim texnologiyasining haqiqiy ma’nosini bermaydi. Amerikalik olimlar va yapon olimi Sakomoto «bola yetaklash» texnologiyasini emas, balki tahsil oluvchilar faolligini ta’minlaydigan, ta’lim jarayonining samaradorligini kafolatlaydigan texnologiyani yaratish g’oyasini ilgari surishgan. Shunga asoslangan holda biz mazkur atamani «ta’lim texnologiyasi» deb atalishi tarafdorimiz.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə