O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


Kompyuterli o’qitish tizimi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə44/91
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#133395
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   91
MFO\'M MAJMUA 1 POTOK

Kompyuterli o’qitish tizimi – bu quyidagi vazifalarni bajarishga imkon beruvchi o’quv – metodik va dasturiy – texnik vositalar majmuasi bo’lib hisoblanadi:

  • bilimning aniq predmet sohasini o’rganish;

  • o’quv kurslarida ishlanmalarni qo’llash;

  • o’quv jarayonini boshqarish va shu kabilar.

Bugungi kunda o’quv jarayonini tashkil etishda qo’llanilayotgan kompyuterli o’qitish tizimini quyidagidek sinflarga ajratish mumkin:
A) Ma’ruzani immitatsiyalovchi va o’rganuvchi materialni bayon etishda aniq rejaga ega bo’lgan ma’ruzachi tipidagi tizimlar;
B) Seminar, labaratoriya mashg’ulotlarini immitatsiyalovchi assistent tipidagi tizimlar;
V) O’rganilayotgan va yondash fanlar bo’yicha foydalanishga mo’ljallangan ma’lumotlar bazasini tashkil qiluvchi maslahatchi tipidagi tizimlar;
G) Bilimlarning boshlang’ich darajasini va o’quvchining psixologik holatlarini tekshirishga imkon beruvchi repititor tipidagi tizimlar”
Masofadan ta’lim – o’qitishning o’ziga xos, mukammallashgan shakli bo’lib, u o’zida yangi axborot texnologiyalari va mulьtimediya tizimiga asoslangan ta’limning kundazgi, kunduzgi – sirtqi, sirtqi va kechki elementlarini mujassam etadi.
Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari va elektor nashrlar an’anaviy o’qitish shakllarining kamchiliklarini bartaraf etishga imkon beradi va bunda ularning barcha afzalliklarini o’zida saqlab qoladi.
Bunda o’qituvchining vazifasi – ta’lim oluvchilarning o’rganilayotgan fanga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish, ularda mustaqil ta’lim olish malakasini shakllantirish va aqliy salohiyati ortishini ta’minlash, ularni nostandart masalalarni hal etish va noqulay vaziyatlardan chiqib ketishni o’rgatishdan iborat. U masalalarni yechish davomida ta’lim oluvchiga ko’maklashish, uning yo’l qo’ygan, samarali o’qitishni tanlash kabi vazifalarni bajarishda qo’llaniladi.
Masofadan ta’lim insonning ijtimoiy tajribalarini qamrab olgan madaniyat, uning shaxs sifatida shakllanishi va rivojlanishi natijalariga sifat jihatidan katta ta’sir ko’rsatadi va xulq – atvori me’yorlarini belgilaydi.
Demak, masofadan ta’lim shaxs madaniyati tafakkur sohasini qamrab oladi, ya’ni, ong va turmushning barcha sohalarida insonning ijodiy faoliyatini belgilaydi, uning mavjud imkoniyatini har tomonlama rivojlantiradi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə