O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


Maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni tashkil etish va o‘tkazish metodikasi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə38/91
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#133395
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   91
MFO\'M MAJMUA 1 POTOK

Maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni tashkil etish va o‘tkazish metodikasi. Pedagogikada ta’lim oluvchilarning ta’lim olganligini tashxislash va nazorat qilish tamoyillarining tizimi ishlab chiqilgan. Ulardan eng muhimlari xolislik (ob’ektivlik), tizimlilik (sistemalilik), ko’rgazmalilik (oshkoralik) sanaladi. Xolislik (ob’ektivlik) tashxis testlari (topshiriqlari, savollari), tashxis jarayoni mazmunining ilmiy asoslanganligi, pedagogning barcha ta’lim oluvchilarga do’stona munosabati hamda bilim, malakalarni baholashning aniq ko’rinishda belgilangan mezonlaridan iborat. Amalda tashxisning xolisligi qo’yilgan baholar nazorat metodlari vositalaridan, tashxis o’tkazgan ta’lim beruvchidan qat’iy nazar hamma vaqt mos kelishini anglatadi.
Tizimlilik (sistemalilik) tamoyilining talabi shundan iboratki, tashxislash nazoratini ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida – bilimlarni boshlang’ich idrok etishdan to amalda qo’llashgacha bo’lgan bosqichlarida olib borish kerak. Tizimlilik barcha ta’lim oluvchilar o’quv muassasasida bo’lgan birinchi kundan boshlab oxirigacha muntazam tashxisga jalb etilishini anglatadi. Ta’lim oluvchining bilimi va egallashi lozim bo’lgan barcha jihatlarni ishonchli tekshirish uchun ta’lim nazoratini tez – tez o’tkazish kerak. Tizimlilik tamoyili tashxis o’tkazishga butun yondashuvni talab etadiki, bunda nazorat, tekshirish, baholashning turli shakllari, metodlari, vositalari uzviy o’zaro bog’liqlikda va birlikda qo’llaniladi, bir maqsadga xizmat qiladi. Bu kabi yondashuv tashxisning ayrim metodlari va vositalarini mutloqlashtirishga yo’l qo’ymaydi.
Ko’rgazmalilik tamoyili avvalo barcha ta’lim oluvchilarni aynan bir xil mezonlar bo’yicha ochiq sinovdan o’tkazishni anglatadi. Tashxis jarayonida belgilanadigan har bir ta’lim oluvchi reytingi ko’rgazmali, qiyosiy harakterga ega. Oshkoralik tamoyili, shuningdek, baholarni e’lon qilish va motivatsiyalashni talab etadi. Baho mo’ljal (orientir) bo’lib, ta’lim oluvchilar unga muvofiq o’zlariga qo’yiladigan talablar va pedagogning xolisligi haqida fikr yuritadi.
Ma’lumki, bugun ta’lim tizimida reyting nazoratidan keng foydalanilmoqda. Reyting deganda baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash (tizimlashtirish, sinflash), bironta hodisani oldindan belgilangan shkala bo’yicha baholash tushiniladi. Reyting nazorati ta’lim oluvchining ma’lum bir fandan reytingini aniqlaydi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə