O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


Maxsus fanlardan kurs ishlari mazmuni, uni tayyorlash va rasmiylashtirishga qo‘yiladigan didaktik talablar



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə33/91
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#133395
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   91
MFO\'M MAJMUA 1 POTOK

Maxsus fanlardan kurs ishlari mazmuni, uni tayyorlash va rasmiylashtirishga qo‘yiladigan didaktik talablar. Bilim olish, maxsus malakalarga ega bo’lish talabalarning dunyoqarashini shakllantirishda auditoriyada o’tkazilgan darslardan tashqari talabalar tomonidan bajariladigan mustaqil ishlar katta rol o’ynaydi. Ayniqsa, hozirgi axborot asrida borgan sari, bir tomondan axborot miqdori, yangiliklar ortib borsa, ikkinchi tomondan axborot olish manbalari rang-baranglashib bormoqda.
Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish turlicha bo’lib, ularni bir qismi o’quv rejasida ko’zda tutiladi va ularni talabalar bajarishi shart. Ikkinchi qismi ixtiyoriy, yaoni talabalar o’z xohishi bilan tanlaydi. Birinchi guruhga adabiyotlarni konspekt qilish, kurs ishi yozish va shunga o’xshaganlar, boshqa guruhga referat, ilmiy doklad yozish, ilmiy to’garaklarda qatnashish kabilar kiradi.
Talabalar mustaqil ishlari samarali bo’lishi uchun ikki narsaga diqqat qaratish lozim:
– mustaqil ish aqliy mehnatning alohida turi ekanligini;
– mustaqil ishni bajarish, ular bilimini, dunyoqarashini, tafakkur tushunchalarini kengaytirishini anglashlari darkor.
Mustaqil ta’limda talaba axborotning asosiy qismini mustaqil o’zlashtiradi va tashkil qiladi. Shuning uchun uni rejalashtirishda vaqtini unumli tashkil qilishda yordam berish zarur.
Talaba mustaqil ishini tashkil etishni nimadan boshlash kerak? Qanday maqsad qo’yiladi? Ish qancha davom qiladi? Uni bajarishda qanday usullardan foydalaniladi? Muvaffaqiyatga erishish uchun talaba sabr-tokat bilan o’z ustida ishlashi kerak. Bunda quyidagilarga eotibor qaratiladi:
1. Mustaqil ishni tashkil etishning asosiy tamoyillaridan biri uning muntazamligidir. O’z ustida muntazam ishlash ko’nikmasini hosil qilish uchun uni puxta rejalashtirish kerak. har bir talaba individual tarzda vaqtini fanlar bo’yicha taqsimlagan holda rejalashtiradi. Undan kelib chiqib har bir talaba o’z vaqtini hafta kunlari bo’yicha taqsimlaydi. Aolochi talabalar o’z vaqtlarini aniq rejalashtiradilar va uni bajarishga harakat qiladilar.
2. Mustaqil ishlarni bajarish muddatini aniq belgilash. Tajriba shuni ko’rsatadiki, 17-25 yosh darajasida mehnatni unumli tashkil qilinsa, bir sutkada 9 soat unumli ishlash mumkin ekan. Xaddan tashqari uzoq o’tiradigan bo’lsa, mehnat unumi pasayadi, odam charchaydi. Shuning uchun mustaqil ishni rejalashtirganda auditoriyada o’tadigan vaqtni hisobga olish kerak. Agar auditoriyada dars soatlari 6 soat bo’lsa, mustaqil ishlash 3 soat, auditoriyada darslar 6 soatdan kam bo’lsa, mustaqil ishga ko’proq vaqt ajratiladi. Shunday qilib, haftalik mustaqil ishni bajarish vaqti 22-24 soat atrofida bo’ladi. ayrat, eotibor bilan ishlaganda mehnat unumli bo’ladi.
3. Mustaqil ishni tashkil etishda ish vaqtini tartibini belgilash katta ahamiyatga ega. Mustaqil ishni bajarish uchun vaqtini semestr davomida kunlar bo’yicha taqsimlash muhim. Goh umuman dars tayyorlamay, goh shiddat bilan ishlash ko’ngildagidek natijalarni kafolatlamaydi. Odatda kun tartibini talabaning dars jadvali belgilaydi. Lekin ko’p narsa talabaning o’ziga ham boliq.
Referat yoki doklad yozish kerak bo’lsa, uni orqaga surmay, tezda bajarish kerak. O’qituvchi talabaga adabiyotlarni tavsiya qilishi mumkin. Referat, kurs ishi, malakaviy-bitiruv ishini birdaniga yozib bo’lmaydi. Matnni tayyorlash uchun avval adabiyotlarni ko’rib chiqish, reja tuzish va yozib boshlash kerak. Buning natijasida talaba o’z fikri, oyasini ifodalashni o’rganadi. Matnni tayyorlashni quyidagi bosqichlarga bo’lish mumkin:
– tayyorgarlik ko’rish;
– dastlabki chizilar;
– xomaki variantini yozish;
– kamchiliklarni to’rilash, taxrir qilish;
– matnni oxirgi variantini tayyorlash.
Fanni mustaqil o’rganishda kurs ishining ahamiyati katta. Talaba adabiyotlar bilan tanishadi, mahlumotlar to’playdi, o’rganilgan masala bo’yicha o’z fikrlarini bayon qiladi, xulosa chiqaradi, turli tadqiqot metodlaridan to’ri foydalanish malakalarini namoyon qiladi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə