O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


Adaptatsiya ( ko’nikish)-



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə74/91
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#133395
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   91
MFO\'M MAJMUA 1 POTOK

Adaptatsiya ( ko’nikish)-

Shaxs yoki guruhning ijtimoiy muhit bilan o’zaro ta’sir etish, moslashish jarayoni.




Akmeologiya -

Kattalarning o’z-o’zini mustaqil rivojlanishi, mustaqil bilim egallashi, kasbni takomillashtirish haqidagi fan.




Akseleratsiya

Ijtimoiy – iqtisodiy o’zgarishlar ta’sirida bolaning intellektual va jismoniy rivojlanishining tezlanishi.




An’analar -

Jamiyat hayoti turli sohalarining, moddiy va ma’naviy faoliyat shakllarining, kishilar o’rtasidagi aloqalar va munosabatlarning avloddan-avlodga o’tishi, ajdodlar hayoti, belgilari va xususiyatlarining takrorlanish tarzi.




Audirovanie –

Nutqni og’zaki qabul qilish va tushunish, so’zlashuv, yozuv, o’qish bilan bir qatorda nutq faoliyatining bir turi.




Axloqiy tarbiya –

Talabalarda umuminsoniy, axloqiy tamoyillariga sodiq bo’lish, jamiyat axloqiy talablari va me’yorlarini hisobga olgan holda o’z hatti-harakatlarini tanlay olish mahorati, axloqiy tafakkur tizimini shakllantirish.




Afsona –

Fors so’zidan olingan bo’lib, fantastika, sehr-jodu hamda hayotiy uydirmalar asos bo’lgan nasriy hikoyalar.




Aqliy tarbiya -

Talabalarning ongi va tafakkurini bilimlar, ongli ko’nikmalar hamda malakalar bilan boyitish. Aqliy kuchlar: sezgilar, ruhiy jarayonlar, iqtidorlar, biluvchanlik maqsadlari, dunyoqarash va faoliyat ozodligini shakllantirish.




Aqllilik



Biror ishni bajarishda shoshma – shosharlik qilishdan saqlovchi quvvat.

Bilim

Talabalar tomonidan mustaqil hayotda, faoliyatda, jumladan ishlab chiqarishda ijtimoiy munosabatda zarur bo’lgan fan asoslarining qonunlari, omillari va tushunchalarini o’zlashtirish natijalari.


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə