O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva



Yüklə 6,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə232/238
tarix21.05.2023
ölçüsü6,94 Mb.
#111852
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   238
9230 (2)

 
Empirik validlik
– sinaluvchining reaktsiyasi va xatti-harakatini kuzatish orqali, uning haqqoniy 
xulqidagi diagnostik ko‗rsatkichlarning bir-biriga mosligi bilan tekshiriladi. Agar sinaluvchining 
xarakterini qo‗llanilgan metodika yordamida baholasak, ushbu odamning hayotdagi xarakter 
ko‗rinishining qo‗llanilgan metodikadan olingan ko‗rsatkichlar bilan bir xilligini aniqlasak, u 
holda metodikani empirik va amaliy validli deb hisoblasak bo‗ladi.
Empirik validlik mezonlari bo‗yicha metodika odamlarning amaliy faoliyat natijalari hamda 
haqqoniy hayotiy huquqlarining ko‗rsatkichlarini taqqoslash bilan tekshiriladi.
Ichki validlik
– metodikadagi topshiriqlar, subtestlar, mulohazalarning umumiy maqsadga 
mosligini anglatadi. Metodikadagi subtestlar, topshiriqlar va undagi savollar qisman butunlay 
biz o‗rganayotgan xususiyatni o‗lchay olmasa, u holda ushbu metodika ichki validli emas ichki 
validlik etarli darajada emas, deb hisoblanadi. 
Tashqi validlik
– ham xuddi empirik validlikka o‗xshash, undan farqli tomoni shundaki
sinaluvchining xulqiga taalluqli asosiy tashqi ko‗rinishlarning ko‗rsatkichlari bilan metodikadagi 
ko‗rsatkichlarning o‗zaro bog‗liqligiga e‘tibor qaratiladi. 
 Metodikaning ishonchliligi
– metodika yordamida barqaror, qat‘iy ko‗rsatkichlarni olish 
imkoniyatlari bilan tavsiflanadi.
 Metodikaning aniqligi
– psixodiagnostik tadqiqot paytida biror-bir xususiyatni baholashda 
ozgina o‗zgartirishga ham javob qaytarish qobiliyatida namoyon bo‗ladi. Metodikaning 
aniqligini texnik o‗lchov asbob-uskunalarning aniqligi bilan izohlash mumkin. Masalan: 
santimetrga bo‗lingan metrdan ko‗ra, millimetrga bo‗lingan chizg‗ich bilan aniqroq o‗lchash 
mumkin.
Diqqat – 
ongning muayyan ob‘yektga yo‘naltirilishi va to‘planishi. 
Assosiasiya 
– ongimizdagi avvalgi turmush tajribalari bilan belgilanadigan tasavvurlar 
bog‘lanishi. 

Yüklə 6,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə