sonlarni chalkashtirib Yuboradilar. 10-12 yoshli bolalar uchun sensomotor
reaktsiyalar tezligi
oshishi, harakatlarning avtomatlashuvi xarakterlidir.
5-jadval.
Shult jadvalidan foydalanishda tadqiqot qarori
№ jadval
Topshiriqni bajarish xususiyatlari
Vaqt (soniya)
Har bir topshiriqni bajarish xususiyatlari hamda 5 ta jadval bo‗yicha
olingan natijalarni tahlil
qilib, tadqiqotchi nerv jarayonlari o‗zgarishini, jismoniy va ruhiy zerikish hodisasini aniqlaydi.
Masalan, agar har bir keyingi topshiriqni bajarish vaqti oshib borsa, tez charchash, ixtiyoriy
diqqat darajasining susayganligidan dalolat beradi. Bu metodikadan foydalanish bolalarning
diqqati xususiyatlarini tajribada o‗rganish imkonini beradi.
Krepelin bo„yicha sanash va hisoblash
Bu metodikadan murakkab
sezgi harakat reaktsiyalarini, ish qobiliyatini, ixtiyoriy diqqat
barqarorligini, psixik jarayonlar kechishining tezligini aniqlash uchun foydalanish mumkin.
Ushbu metodikani qo‗llash uchun sinaluvchi bir necha o‗nliklar
ichida eng sodda arifmetik
operatsiyalar – qo‗shish va ayirishni bilishi kerak. Krepelin metodikasida sinaluvchiga qo‗shilishi
va ayrilishi kerak bo‗lgan sonlar jufti yozilgan maxsus qog‗oz taklif etiladi.
Krepelin bo‗yicha hisoblashda, (masalan: 30 da 3 gacha, 100 dan 7 gacha) tadqiqot qarorida
to‗xtab qolishning uzoqligi va xatolar xarakteri qayd etib boriladi.
Masalan:
30-3....27....24....21....19*....18....15....12....9....6....3....0
Xato hisoblashlar ham hisobga olinib (*) bilan belgilab qo‗yiladi,
sinaluvchiga xatolarni
to‗g‗rilash taklif qilinadi. Vaqt nuqta bilan qayd etiladi. Qoidaga ko‗ra «nuqta» shartli ravishda 1
soniyaga to‗g‗ri keladi.
Shuni qayd etish lozimki, bu metodika aqliy ish qobiliyati jadalligini o‗rganishga ham
mo‗ljallangan. Bajarilgan qo‗shish va ayirishlar soni ko‗pligi aqliy malakaning
avtomatlashganidan, diqqatni uzoq vaqt bir narsaga to‗play olish qobiliyati mavjudligidan dalolat
beradi. Bajarilgan
topshiriqlar sonining kamligi, ko‗p to‗xtab qolish faol diqqatning barqaror
emasligidan, psixik tez charchashga moyillikdan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: