O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva



Yüklə 6,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/238
tarix21.05.2023
ölçüsü6,94 Mb.
#111852
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   238
9230 (2)

 


Tayanch tushunchalar:
1. Validlik
atamasi Evropa tillaridan olingan bo‗lib u quyidagi ma'noni anglatadi: «to‗laqonli», 
«yaroqli», «mos». Psixodiagnostik metodikaning validlik sifatidagi tavsifi uning aynan 
o‗rganilayotgan psixologik xususiyatga mo‗ljallanganligi va ushbu psixologik xususiyatni 
baholashga mosligi hamda yaroqliligini ko‗rsatib beradi.
 2. Nazariy validlik
 
– qo‗llanilgan metodika yordamida olingan ko‗rsatkichlarni, boshqa metodik 
vositalardan olingan ko‗rsatkichlar bilan ya'ni ko‗rsatkichlar orasida nazariy asoslangan bog‗liqlik 
borligini va tadqiqot qilinayotgan sifat ko‗rsatkichlari mosligi bilan aniqlanadi.
3. Empirik validlik
– sinaluvchining reaktsiyasi va xatti-harakatini kuzatish orqali, uning 
haqqoniy xulqidagi diagnostik ko‗rsatkichlarning bir-biriga mosligi bilan tekshiriladi.
4. Ichki validlik
– metodikadagi topshiriqlar, subtestlar, mulohazalarning umumiy maqsadga 
mosligini anglatadi.
5. Tashqi validlik
ham xuddi empirik validlikka o‗xshash, undan farqli tomoni shundaki
sinaluvchining xulqiga taalluqli asosiy tashqi ko‗rinishlarning ko‗rsatkichlari bilan metodikadagi 
ko‗rsatkichlarning o‗zaro bog‗liqligiga e'tibor qaratiladi. 
6. Metodikaning ishonchliligi
– metodika yordamida barqaror, qat'iy ko‗rsatkichlarni olish 
imkoniyatlari bilan tavsiflanadi.
7. Reprezentativlik
(frants. representatif- namunali) tanlanma to‘plam bosh to‘plam 
xususiyatlarini aks ettiradi degan ma`noni anglatadi.
 
4.1.
Validlik – psixodiagnostik metodikalarning asosiy xususiyatlaridan biri sifatida 
validlikning asosiy turlari va ularni aniqlash usullari. 
Pedagogik-psixologik eksperiment, tadqiqotning ishonchli vositasi bo‗lishi hamda 
natijalarning haqqoniyligiga ishonch hosil qilish uchun va ushbu natijalar asosida to‗g‗ri xulosa 
chiqarish uchun tadqiqotda qo‗llanilgan psixodiagnostik metodika ilmiy asoslangan bo‗lishi 
kerak, bunda metodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim: validlik, ishonchlilik, bir sifatlilik 
va aniqlik. Endi har bir talabni alohida ko‗rib chiqamiz.
«Validlik»
atamasi Evropa tillaridan olingan bo‗lib u quyidagi ma'noni anglatadi: «to‗laqonli», 
«yaroqli», «mos». 

Yüklə 6,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə