O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Psixodiagnostik metodikaning validlik



Yüklə 6,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/238
tarix21.05.2023
ölçüsü6,94 Mb.
#111852
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   238
9230 (2)

Psixodiagnostik metodikaning validlik 
sifatidagi tavsifi uning aynan 
o‗rganilayotgan psixologik xususiyatga mo‗ljallanganligi va ushbu psixologik xususiyatni 
baholashga mosligi hamda yaroqliligini ko‗rsatib beradi.
Metodikaning validlik tavsifi
ushbu metodika orqali haqiqatdan ham psixologik sifatni o‗lchash 
mumkin, degan xulosadan tashqari uni qo‗llash mumkin bo‗lgan sohani va uning sharoitlari 
haqidagi ma'lumotlarni ham o‗ziga qamrab oladi.
Psixodiagnostik metodikaning validligi haqida mulohaza qilar ekanmiz, validlikning bir necha turi 
borligini va ularning har birini alohida ko‗rib chiqish hamda baholash zarurligini qayd etamiz. 
Validlik – nazariy, amaliy, empirik, ichki va tashqi bo‗lishi mumkin.
Nazariy validlik 
– qo‗llanilgan metodika yordamida olingan ko‗rsatkichlarni, boshqa metodik 
vositalardan olingan ko‗rsatkichlar bilan ya'ni ko‗rsatkichlar orasida nazariy asoslangan bog‗liqlik 
borligini va tadqiqot qilinayotgan sifat ko‗rsatkichlari mosligi bilan aniqlanadi.
Nazariy validlik bitta nazariyaga tayangan holda, aynan bir xususiyatga tegishli har xil 
metodikalardan foydalanish natijasida olingan ko‗rsatkichlarni korrelyatsiyasi bilan tekshiriladi. 
Empirik validlik – sinaluvchining reaktsiyasi va xatti-harakatini kuzatish orqali, uning haqqoniy 
xulqidagi diagnostik ko‗rsatkichlarning bir-biriga mosligi bilan tekshiriladi. Agar sinaluvchining 
xarakterini qo‗llanilgan metodika yordamida baholasak, ushbu odamning hayotdagi xarakter 
ko‗rinishining qo‗llanilgan metodikadan olingan ko‗rsatkichlar bilan bir xilligini aniqlasak, u 
holda metodikani empirik va amaliy validli deb hisoblasak bo‗ladi.
Empirik validlik mezonlari bo‗yicha metodika odamlarning amaliy faoliyat natijalari hamda 
haqqoniy hayotiy huquqlarining ko‗rsatkichlarini taqqoslash bilan tekshiriladi.
Ichki validlik – metodikadagi topshiriqlar, subtestlar, mulohazalarning umumiy maqsadga 
mosligini anglatadi. Metodikadagi subtestlar, topshiriqlar va undagi savollar qisman butunlay biz 
o‗rganayotgan xususiyatni o‗lchay olmasa, u holda ushbu metodika ichki validli emas yoki ichki 
validlik etarli darajada emas, deb hisoblanadi. 


Tashqi validlik ham xuddi empirik validlikka o‗xshash, undan farqli tomoni shundaki, 
sinaluvchining xulqiga taalluqli asosiy tashqi ko‗rinishlarning ko‗rsatkichlari bilan metodikadagi 
ko‗rsatkichlarning o‗zaro bog‗liqligiga e'tibor qaratiladi. 
Metodikani tuzish jarayonida darhol uning validligini baholash juda murakkabdir. Odatda 
metodikaning validligini tekshirish va aniqlashda metodika uzoq muddat qo‗llanilgandan so‗ng u 
haqida xulosa chiqarish mumkin, chunki Yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan validlikning to‗rt turi ham 
tekshirilishi zarurdir. 
Validlikning turlaridan tashqari uning mezonlarini bilish ahamiyatga molikdir: 
A) Xulqiy ko‗rsatkichlar – sinaluvchining har xil hayotiy voqeliklardagi reaktsiya va xatti-
harakatlari; 
B) Sinaluvchining faoliyatidagi Yutuqlari: o‗quv, ish, ijodiy va hokazolar; 
V) Har xil nazorat sinov va topshiriqlarning bajarilganligi haqida ma'lumotlar; 
G) Boshqa metodikalar yordamida olingan ma'lumotlar – validlik tekshirilayotgan metodikaning 
boshqa metodika bilan bog‗liqligining etarli darajadaligi. 

Yüklə 6,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə