O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Maqsad: Talabalarda diqqat, xotira, xayol diagnostikasi haqida tushuncha hosil qilish.  Vazifa



Yüklə 6,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/238
tarix21.05.2023
ölçüsü6,94 Mb.
#111852
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   238
9230 (2)

Maqsad:
Talabalarda diqqat, xotira, xayol diagnostikasi haqida tushuncha hosil qilish. 
Vazifa: 
Talabalarda diqqat, xotira, xayol diagnostikasi haqida dunyoqarashini rivojlantirish orqali 
mutaxassis shaxsini shakllantirish. 

Tayanch tushunchalar:
Bilish
- psixik aks ettirish jarayoni, bilimlarni egallash va o`zlashtirishni ta`minlaydi, bilishga 
qiziqish – aqliy intellektual hislar mahsuli, bu odamning tevarak - atrofdagi olamni bilish ehtiyoji 
tariqasida namoyon bo`ladi.
Diqqat
 - 
ongimizning muayyan ob`ektga yo`naltirilishi va unda to`planishidan iborat psixik holat. 
D. ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi turlarga ajratiladi.
Diqqatning barqarorligi
– 
diqqatning ma`lum obektga uzoq vaqt davomida mutassil qaratilish 
imkoniyati. 
Diqqatning ko’lami
 - 
bir vaqtning o`zida diqqatning bir qancha ob`ektga qaratilishi imkoniyati.
Diqqatning taqsimlanishi
 – 
diqqatning bir vaqtda bir necha ob`ektga yoki faoliyatga taqsimlanish 
xususiyati.


Diqqatning ko’chishi
 – 
diqqatni ixtiyoriy ravishda bir ob`ektdan ikkinchi ob`ektga
ko`chirish.
Xayol
- mavjud tasavvurlar asosida yangi obrazlarni yaratishdan iborat psixik aks ettirish 
jarayonlaridan biri. U ixtiyorsiz va ixtiyoriy, ijodiy xayol turlariga ajratiladi.
Xotira

aks ettirilgan narsa va hodisalarni, tajribani esda qoldirish, esda saqlash va zarur 
bo`lganda esga tushirishdan iborat psixik jarayon. 
 
5.1.Diqqat psixodiagnostikasi
Shaxsni 
psixologik 
o‗rganishda 
eksperimental 
metodikalar 
majmui 
qo‗llaniladi 
(S.Ya.Rubinshteyn (1970); B.V.Zeygarnik (1976); V.M.Bleyxer (1976); E.T.Sokolova (1980); 
L.F.Burlachuk, S.M.Morozov (1989). Lekin bolalar taraqqiyotini psixologik diagnostika qilish 
metodlariga bag‗ishlangan amaliy tavsiyalar juda kam. (I.A.Sikorskiy, 1901; E.Klapared 1911; 
K.N.Kornilov, 1921; I.V.Kruk, 1983; A.S.Spivakovskaya, 1988). Pedagogika universitetlari va 
institutlari talabalari uchun pedagogik faoliyat amaliyotida qo‗llash mumkin bo‗lgan aniq 
psixologik metodlarni beradigan o‗quv qo‗llanmalar yo‗q. Psixologiya bo‗yicha mavjud o‗quv 
qo‗llanmalar esa talabalarni bolalarni psixologik o‗rgani metod va metodikalar bilan juda oz 
darajada tanishtiradi. (V.S.Muxina, 1985; M.V.Gamezo, I.A.Domashenko, 1986). 
Ilk bolalik davrining psixodiagnostikasi turli yosh davrlarida bola rivojlanishini baholash 
imkonini beradigan uning psixik taraqqiyot me'yorlariga mos yoki mos emasligini aniqlash
mavjud me'yordan chetga chiqishlarini aniqlash, uni tuzatishning individual choralarini 
rejalashtirish va oldini olish bo‗yicha vositalar va metodlar majmuidan iborat.
Turli yosh davridagi bolalar guruhini tekshirishda psixodiagnostika metodikalari o‗z 
xususiyatlariga ega. Masalan, chaqaloqlik davridagi bolalarni tekshirishda sensomotor 
harakatlarni o‗rganishga mo‗ljallangan metodlar qo‗llaniladi: boshini ushlab turishi, predmetlarni 
ushlashi, o‗tirishi, qayrilib qarashi, predmetning orqasidan ko‗z bilan qarashi va boshqalar. 
(A.Anastazi, 1982). 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‗lgan bolalarni tekshirishda sodda harakatlarni
og‗zaki qo‗llanmalarni bajarishga qaratilgan topshiriqlar beriladi. Qalam va qog‗oz, plastilin va 
boshqa o‗quv vositalari qo‗llaniladigan topshiriqlar bola katta bo‗lgan sayin qiyinlashtirib 
boriladi.
Bolalarni psixologik tekshiruvda chet el va sobiq ittifoq psixologlari foydalangan an'anaviy 
metodikalarni ko‗rib chiqamiz. 
Sensomotor ta'sirlanish va diqqatni o‗rganish uchun metodikalar 
Insonning sensomotor sohasi asosiy nerv jarayonlari harakatchanligi tipini, ixtiyoriy diqqat 
darajasini, ishga qobiliyatlilik sur'atini xarakterlaydi. Ma'lumki, bola hayotining dastlabki yillarida 
jismoniy va ruhiy sifatlarining rivojlanishida sensomotor faollik bosh miya faoliyatida shartli 
reflektor aloqalarning mustahkamlanishiga imkon beradi (Ya.P.Frumkin, S.M.Livshits, 1979). 
Ular shu bilan birga temperament, iroda, hissiyot xususiyatlarining hamda bilish psixik 
jarayonlarining rivojlanishiga yordam beradi (E.A.Golubeva, 1980; E.B.AYurova, 1986). 
Masalan, 1-2 yoshli bolalar sensomotor sohasini tekshirishda an'anaviy metodlardan foydalanib, u 
yoki bu harakat malakalarining qanday shakllanganligiga, ularning ma'lum yosh davridagi 
o‗rtacha ko‗rsatkichi qanchalik mosligiga e'tibor beriladi. Ko‗pincha bu tadqiqotlar bolalar motor 
harakat rivojlanishidagi kechikishlarni aniqlashga qaratilgan bo‗ladi. Harakat rivojlanishida 
kechikish mavjudligi keyinchalik bolaning barcha psixik taraqqiyotida kechikish sodir 
bo‗lishining ob'ektiv zamini sifatida qaralishi kerak. Shu bilan birga, erta Yurgan bola o‗z 
tengdoshlarini barcha tomondan qoldirib ketadi, deb faraz qilish ham xatodir. Bola hayotining 
dastlabki ikki yilidagi umumiy jismoniy taraqqiyot bolaning keyingi aqliy taraqqiyotini 
belgilamaydi (P.H.Mussen, 1987). 
Bolaning sensomotor sohada rivojlanish darajasi haqida uning atrofidagi turli predmetlar, 
jumladan, o‗yinchoqlar bilan harakat qilish xususiyatlari darak berib turadi. O‗yinchoqdan 
diagnostik qurol sifatida foydalanish uning tevarak-atrofidagi hodisalarni bilishga intilishi va 
faollik darajasi hamda predmetlardan foydalanishda amaliy ko‗nikmalarning mavjudligini 
aniqlash imkonini beradi. Kattaroq bolalarni tekshirishda konkret psixologik metodikalardan 
foydalanish mumkin. Chunki xuddi shu davrdan boshlab, so‗zli topshiriqlarni bajarish bo‗yicha 


yo‗l-yo‗riqlarni tushuna boshlaydi, unda zarur shaxsiy sifatlar shakllangan, bilishga qiziqish 
rivojlangan, u kattalar bilan birga eksperimental psixologik tadqiqotlarda nisbatan uzoqroq 
ishtirok etish holatida bo‗ladi.

Yüklə 6,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə