O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva



Yüklə 6,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/238
tarix21.05.2023
ölçüsü6,94 Mb.
#111852
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   238
9230 (2)

SEGEN DOSKASI 
Bu metodika oligofrenopedagogika asoschilaridan biri E.Segen tomonidan ishlab chiqilgan bo‗lib, 
bolaning shakllarni farqlash qobiliyatini aniqlashga, motorika xususiyatlarini o‗rganishga 
qaratilgan (N.A.Shivarev, 1970). Qattiq qog‗oz kartonga 1-rasmdagi figuralar chiziladi.
1-rasm. Segen doskasi 
Keyin ular ehtiyotkorlik bilan qirqib olinadi. Har bir variant bir-biridan murakkabligi bilan ajralib 
turadi: 1 - doskada 10 ta har xil butun figuralar bor; 2 - doskada 2 ta figura bo‗lib, ularning har 
biri ikki qismdan iborat; 3 - doskada har biri ikki va uch qismdan iborat 4 ta figura; 4 - doskada 
ikki qismdan iborat 5 figura. 
Bolaga 10 soniya davomida doska ko‗rsatiladi. Keyin doskadagi figuralar stol ustiga tushadigan 
qilib ag‗dariladi. Eksperimentator ularni aralashtirib, har bir figurani o‗z joyiga qo‗yishni 
so‗raydi. Tajriba boshida eksperimentator 2-3 namunani ko‗rsatib berishi mumkin. Keyin 
bolaning o‗zi topshiriqni qanday bajarayotganini diqqat bilan kuzatadi. Bunda bola «sinash va 
xato qilish» kabi harakatlar qiladimi, figuralarni joyiga qo‗yishda bola qanchalik diqqat-e'tiborli, 
buni u qanchalik o‗rganadi, tadqiqotchi shu kabilarga e'tibor berib, kuzatishi kerak. Birinchi 
topshiriqni bajargandan so‗ng, keyingi qiyinroq topshiriqqa o‗tiladi. Sinaluvchining har bir 
topshiriqni bajarish vaqti, uning qilgan harakatlari maxsus qog‗ozga yozib boriladi (3-
jadval).Sinaluvchi topshiriqlarni o‗zi bajara olmasa, 1 daqiqadan so‗ng unga yordamlashish 
mumkin. 
3-jadval 
Figuralarni joylashtirish bo‗yicha topshiriqlarni 
bajarish qarori 
Doska № 
Sinaluvchi 
harakatlari 
Ko‗rsatilgan yordam 
turi 
Topshiriqni bajarish 
vaqti 
Bu metodika juda sodda bo‗lib, 3 yoshdan katta bolalarni tekshirishda foydalanish mumkin. 
Bolalar figuralarni o‗yin deb qabul qilib, bu topshiriqlarni qiziqib bajaradilar. 

Yüklə 6,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə