O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva



Yüklə 6,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/238
tarix21.05.2023
ölçüsü6,94 Mb.
#111852
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   238
9230 (2)

 «Eshitish xotirasini baholash» 
Bu xotira turini aniqlash uchun bolaga 1 sekund oralig‗ida 4 ta so‗zlar to‗plami ketma-ket o‗qib 
beriladi. 
I. Oy, daraxt, sakramoq, sariq, qo‗g‗irchoq, sumka; 
II. Gilam, stakan, suzmoq, og‗ir, kitob, olma; 
III. Divan, hazillashmoq, palto, telefon, sanchqi, dovYurak; 
IV.Maktab, odam, uxlamoq, qizil, daftar, gul.
Shu so‗zlar to‗plamini eshitib bo‗lgandan so‗ng, sinaluvchiga taxminan sekund o‗tgach, keyingi 
36 ta so‗zlar to‗plami shoshilmay, har bir so‗z 1 sekunddan oraliq bilan o‗qib eshittiriladi. 
Stakan, maktab, sanchqi, tugma, gilam, oy, stul, odam, divan, sigir, televizor, daraxt, qush, 
uxlamoq, dovYurak, hazillashmoq, qizil, oqqush, surat, o‗g‗ri, suzmoq, to‗p, sariq, sakramoq, 
daftar, palto, kitob, gul, telefon, olma, qo‗g‗irchoq, sumka, ot, etmoq, fil, uy. 
Bu 36 ta so‗z to‗plami tasodifiy ketma-ketlikda barcha qatordagi so‗zlardan iborat.Har bir 
to‗plamdagi so‗zlarni farqlash uchun ular turli chiziqlar bilan belgilanadi. 
1-to‗plamdagi so‗zlar tagiga 1 ta to‗g‗ri chiziq chizilgan; 2-so‗zlar to‗plamiga 2 ta to‗g‗ri chiziq 
chizilgan; 3-so‗zlar to‗plamiga bitta uzun chiziq va oxirgi 4-so‗zlar to‗plamiga ikki qator uzun 
chiziq chizilgan.


Bola eshitgan 36 ta so‗z ichida qisqa to‗plamdagi so‗zlar bor yo‗qligini topib, bor bo‗lsa «ha», 
bo‗lmasa «yo‗q» deb javob berish kerak. Katta to‗plamdagi so‗zlardan kichik to‗plamni topishi 
uchun bolaga 5 sekund vaqt beriladi. Agar farqlay olmasa, tadqiqotchi keyingi so‗zga o‗tib ketadi.
Baholash natijalari
Tezkor eshitish xotirasi ko‗rsatkichi katta to‗plamdan 6 ta so‗zni topishi uchun ketgan o‗rtacha 
vaqtga qarab aniqlanadi. O‗rtacha vaqtni topish uchun bola topshiriqni bajarishga sarflagan 
umumiy vaqt 4 ga bo‗linadi. 
O‗rtacha vaqtni xatolar soniga bo‗lib, 1 qo‗shilsa, operativ eshitish xotirasi hajmi aniqlanadi. 
Noto‗g‗ri topilgan topa olinmagan so‗zlar xato hisoblanadi. 

Yüklə 6,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə