O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Rivojlanish darajasi haqida xulosa



Yüklə 6,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/238
tarix21.05.2023
ölçüsü6,94 Mb.
#111852
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   238
9230 (2)

Rivojlanish darajasi haqida xulosa 


8-10ball – bola maktab ta'limiga tayyor, uning esda qoldirishi Yuqori va o‗rtacha dinamiklikka 
ega.
4-7 ball – o‗qishga etarli darajada tayyor emas.
0-3 ball – umuman maktab ta'limiga tayyor emas. 
Meyli testi yordamida ko„rish va eshitish xotirasini o„rganish 
R.Meili testi 1961 yilda ishlab chiqilgan bo‗lib, 7–14 yoshli bolalar va kattalarning ko‗rish va 
eshitish xotirasini o‗rganishda foydalaniladi. Tadqiqot ikki bosqichdan iborat (6-jadval). 
Birinchi bosqichda rasmda tasvirlangan predmetlarni xotirada olib qolish va ko‗rish xotirasi 
o‗rganiladi. Ikkinchi bosqichda tadqiqotchi o‗qib bergan so‗zlarni – predmetlarning nomlarini 
eshitib, esda olib qolish qobiliyati o‗rganiladi. Bu tadqiqotlar bir kunda o‗tkazilmaydi, bu esa 
xotiraning o‗rganilayotgan xususiyatlarini yaxshilab tahlil qilishga imkon beradi.
Tajriba o‗tkazish uchun turli predmetlar tasvirlangan 60 ta so‗zlar to‗plami – 2 - qatorda kerak 
bo‗ladi. Ko‗rish xotirasi o‗rganilayotganda quyidagi qo‗rsatma beriladi: «Hozir men sizga turli 
predmetlar tasvirlangan rasmlarni ko‗rsataman, siz ularning nomini istalgan tartibda aytasiz». 
Rasmlarning har biri 2 soniya ko‗rsatiladi. 10 soniya tanaffusdan so‗ng sinaluvchi predmetlarni 
aytadi. Eksperimentator to‗g‗ri aytilgan predmetlarni ham, rasmda yo‗q bo‗lgan qo‗shib qo‗yilgan 
predmetlarning nomini ham yozib boradi. Rasmlarning 2-seriyasini boshqa kuni, so‗zlar qatori 
bo‗yicha tajribalar ham boshqa kunlari o‗tkaziladi. 
6-jadval 
Meyli testi uchun qo‗zg‗atuvchi material 
tadqiqot bosqichlari 
1 - bosqich 
2 - bosqich 
Rasmlarning
1-seriyasi
Rasmlarning
2-seriyasi 
So‗zlarning
1-qatori 
So‗zlarning
2-qatori 
no‗xat 
chig‗anoq 
karton 
jadval 
eshak 
krovat 
vagon 
hafta 
kalit
truba 
dehqon 
so‗m 
arava 
nok 
pianino 
qarg‗a 
qo‗ng‗iroqcha 
supurgi 
botinka 
fleshka 
stol 
echki 
karta 
ari 
olcha 
buket 
tepalik 
ko ‗zoynak 
etik 
tramvay 
ushoq 
suv 
vilka 
arra 
pero 
ovchi 
baliq 
stul 
ko ‗mir 
qo‗y 
bochka 
bola 
olmaxon 
bulut 
bosh 
bolg‗a 
qurol 
terak 
bufet 
shisha 
yigitcha 
qalam 
atirgul 
g‗ildirakli arava 
nok 
velosiped 
parovoz 
taroq 
dasturxon 
botinka 
kreslo 
zambarak 
sho‗rva 
echki 
bayroq 
daraxt 
plash 
salon 
xo‗roz 
olma 
mushuk 
sohil 
qaychi 
kitobcha 
pichoq 
burun 
zontik 
shlyapa 
bosma qog‗oz 
po‗kak 
vaza 
uy 
sirka 
mehmonxona 
sigir 
it 
gul 
sovun 
divan 
skameyka 
mehnat 
ilon 
kaptar 
eshik 
osmon 
tova 
soat 
piyola 
gugurt 
qush 


qariya 
daryo 
siyoh 
salat 
ko‗zoynak 
pech 
qulf 
raketa 
chiroq 
skripka 
qul 
nonushta 
oyoq 
papiros quti 
daraxt 
qor 
pianino 
ot 
yong‗in 
truba 
Eshitish xotirasini o‗rganish bo‗yicha tadqiqot ham shunday o‗tkaziladi. Sinaluvchiga quyidagi 
qo‗rsatma beriladi: «Hozir sizga so‗zlar qatorini o‗qib beraman, siz esa eshitib bo‗lganingizdan 
so‗ng, ularni istalgan tartibda menga aytib berasiz». Tadqiqotchi tadqiqot qaroriga sinaluvchi 
aytgan barcha so‗zlarni – takrorlaganlarini ham, yo‗q so‗zlarni qo‗shib qo‗yganlarini ham yozib 
boradi. Olingan natijalar foizlarda miqdoriy o‗lchash orqali tahlil qilinishi mumkin.

Yüklə 6,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə