O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Bentonning ko„rish xotirasini o„rganish testi



Yüklə 6,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/238
tarix21.05.2023
ölçüsü6,94 Mb.
#111852
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   238
9230 (2)

 Bentonning ko„rish xotirasini o„rganish testi 
Bu testni A.L.Benton (1952) turli shakldagi rasmlarni ko‗rib esda olib qolish xususiyatlarini 
o‗rganish uchun ishlab chiqqan. Sinaluvchiga ko‗rsatiladigan rasmlar 3 guruhga birlashtirilgan. 
Barcha guruhlar o‗zaro teng. Ularning har biri 10 ta namuna kartochkalaridan tuzilgan. 
Kartochkalarda bir nechta oddiy geometrik figuralar aks ettirilgan (7-ilova). 
Har bir kartochka 10 soniya ko‗rsatiladi. Kartochkalar ko‗rsatilgandan so‗ng ularda chizilgan 
figuralarni esga tushirib chizish taklif etiladi. Olingan natijalar miqdoriy va sifatiy tahlil qilinadi. 
Sinaluvchi to‗g‗ri chizgan figura – 1 ball bilan, noto‗g‗ri chizilgan figura – 0 ball bilan 
baholanadi. Tadqiqot natijalarining umumiy bahosi faqatgina ko‗rish xotirasining holati 
haqidagina emas, balki aqliy taraqqiyot darajasi haqida ham bilishga imkon beradi.
Tovushlarni eslab qolish uchun o„tkaziladigan sinovlar 
Ma'nosiz so‗zlarni esda olib qolish uchun o‗tkaziladigan sinovlar mexanik xotira hajmini 
o‗rganishga qaratilgan. Tajriba quyidagicha o‗tkaziladi: sinaluvchiga alohida qog‗ozga yozilgan 
tovushlar aytiladi (7-jadval), keyin istalgan tartibda esga tushirish so‗raladi.
7-jadval 
Tadqiqot natijalarini qarorga qayd qilish sxemasi
 


Qo‗zg‗ovchi material 
Ko‗rsatishlar soni 
1-seriya 









10 
na 






ko 



la 



ra 





tu 




ma 





no 




zi 





nu 



la 



Aytilgan «ortiqcha» 
tovushlar 
si 
ru 
da 
Esga tushirilgan tovush 





10 
2-seriya 









10 
salom 





doli 


kozim 


mira 



nulim 



kiryam 




vokar 




torik 


siza 



viga 

Aytilgan «ortiqcha» 
so‗zlar 
Esga tushirilgan 
so‗zlar soni 





Avval 1-seriyadagi qo‗zg‗atuvchi material – 10 ta bir bo‗g‗indan iborat tovushlar o‗qib beriladi va 
sinaluvchidan ularni takrorlash so‗raladi, keyin bu tovushlar yana o‗qib beriladi. Tadqiqot 
qarorida barcha tovush birikmalari qayd etiladi. Navbat bilan har bir ko‗rsatishdan so‗ng jadvalda 
aytilgan so‗z birikmalari va tovushlar qayd etiladi. Ikki seriyani o‗tkazish uchun o‗rtacha 12 
daqiqa vaqt kerak bo‗ladi.

Yüklə 6,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə