O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


«Esda qoldirish jarayonining dinamik xususiyatlari»



Yüklə 6,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/238
tarix21.05.2023
ölçüsü6,94 Mb.
#111852
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   238
9230 (2)

«Esda qoldirish jarayonining dinamik xususiyatlari» 
Bolaga 10 ta so‗zdan tarkib topgan qator bir necha marta qaytarish orqali eslab qolish uchun 
tavsiya etiladi. 
Har bir takrorlashdan so‗ng, bola tomonidan eslab qolingan so‗zlar soni aniqlanadi. 
Quyidagi so‗zlar qatorining birortasidan foydalaniladi: 
1. Uy, parta, oq, yaxshi, nok, bo‗r, kuchli, piyola, sham, stol. 
2. Mushuk, ruchka, qizil, yomon, olma, pol, kuchsiz, sanchqi, chiroq, qalam. 
3. Qo‗g‗irchoq, qoshiq, qizil, mashina, baland, cho‗tka, ona, kitob, tovuq, anor. 
4. It, deraza, gul, gilam, konvert, osmon, harf, uyqu, quyi, pichoq. 
5. Soat, shamol, baliq, yulduz, fil, qand, qog‗oz, stul, arqon, shaftoli. 


Eslatma: Bolalarning esda qoldirish dinamikasini diagnostika qilishda, maktabgacha va kichik 
maktab yoshidagi bolalar uchun so„zlar qatorini shunday tuzish kerakki, birinchi so„z ikkinchi 
so„zga, ikkinchi so„z uchinchisiga aloqador, ma'nodosh bo„lmasligi lozim. 
Bolaning eslab qolishi va qayta aytib berishi uchun tadqiqotchi so‗zlar qatorini 6 martagacha 
qaytarishi mumkin (undan ko‗p emas). 
Har bir qaytarishdan so‗ng to‗g‗ri va xatosiz eslab qolingan 
so‗zlarni belgilab borib, grafikda aks ettiriladi. 
4-rasm. 
Grafik asosida: 
a) Eslab qolish dinamikasi
b) Eslab qolish mahsuldorligi aniqlanadi. 
Grafikda har bir takrorlashdan so‗ng eslab qolgan so‗zlarining soni ortib borsa – eslab qolish 
dinamikasi yaxshiligini bildiradi. 
Agar ko‗rsatkich o‗zgarmasa, o‗rtacha darajadaligidan dalolat beradi. 
Agar har bir takrorlashdan so‗ng ham eslab qolgan so‗zlar soni kamayib borsa, bu eslab qolish 
dinamikasining sustligini bildiradi. 
Natijalar tahlili 
Olingan natijalar bo‗yicha bolaning eslab qolish dinamikasi quyidagicha baholanadi: etarli 
darajadagi yaxshi dinamik esda qoldirish jarayoni – a'lo. 
Esda qoldirish o‗rtacha dinamik jarayoni – qoniqarli. 
Esda qoldirish dinamik jarayon emas – qoniqarsiz. Shuningdek, bu jarayon quyidagi ballar 
mezoni bo‗yicha ham baholanadi. 
10 ball — bola 10 ta so‗zni xatosiz to‗g‗ri eslab qolib, ayta olgan va bunga 6 marta takrorlash 
shart bo‗lmagan. 8-9 ball – 6 marta takrorlashdan so‗nggina 10 ta so‗zni to‗g‗ri eslab qolsa. 
6-7 ball — 6 marta takrorlashdan so‗ng 7–9 ta so‗zni esda qoldirsa. 
4-5 ball – 6 marta takrorlashdan so‗ng 4–6 tagacha so‗zni eslab qolsa. 
2-3 ball – 6 marta takrorlashdan so‗ng faqat 2-3 ta so‗zni eslab qolib aytsa. 
0-1 ball – 6 marta takrorlashdan so‗ng ham 1 ta so‗zni eslasa umuman esda qoldira olmasa. 

Yüklə 6,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə