O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


«Tezkor ko„rish xotirasini baholash»



Yüklə 6,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/238
tarix21.05.2023
ölçüsü6,94 Mb.
#111852
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   238
9230 (2)

«Tezkor ko„rish xotirasini baholash»
Xotiraning ushbu turi masalani echish jarayonida to‗g‗ri javobni aniqlash uchun kerakli 
axborotni shaxs qay darajada uzoq muddat xotirada saqlay olishi mumkinligi bilan belgilanadi. 
Axborotni saqlab turish vaqti, tezkor xotiraning qo‗shimcha sifatlariga masalani echish vaqtida 
bola tomonidan yo‗l qo‗yilgan xatolarni ham kiritish mumkin. (Xato deganda masalani echish 
uchun kerak bo‗lgan axborotni saqlay olmaslik kabi xususiyatlar nazarda tutiladi). Bolaning 
tezkor ko‗rish xotirasini va uning ko‗rsatkichlarini quyidagi tajriba bilan aniqlash mumkin. 
Bolaga tartib bilan 15 sekundga mo‗ljallangan 6 tadan har xil shtrixlangan uchburchaklar 
ifodalangan kartochka taqdim etiladi. Bola shunday kartochkadan birini ko‗rib bo‗lgandan so‗ng, 
bu kartochka olib qo‗yilib, o‗rniga 24 ta uchburchakni o‗z ichiga olgan katta kartochka 
ko‗rsatiladi. Ushbu kartochkada albatta bola hozirgina ko‗rgan 6 ta uchburchak ham tasvirlangan. 


Vazifaning maqsadi, bola ushbu kartochkadagi 24 ta uchburchakdan avvalgi alohida berilgan 
kartochkadagi 6 ta uchburchakni qidirib topib, to‗g‗ri ko‗rsatishidan iborat(3-rasm). 


4-rasm. 
3-rasm. 
Ko‗rish xotirasi rivojlanish darajasining ko‗rsatkichi, masalani echish vaqtidan (daqiqa hisobida) 
qilingan xatolar sonini ayirish va ularning yig‗indisiga 1 sonini qo‗shish bilan aniqlanadi.Bola 
tomonidan qaysidir sababga ko‗ra noto‗g‗ri ko‗rsatilgan uchburchaklar xato deb qaraladi. Bu 
ko‗rsatkich quyidagicha aniqlanadi: har biri 6 ta uchburchakni o‗z ichiga olgan 4 ta kartochkadagi 
to‗g‗ri topilgan uchburchaklar yig‗indisini topib, u 4 ga bo‗linadi, bu to‗g‗ri javoblarning o‗rtacha 
miqdoridir. 
Ushbu son 6 dan ayriladi va hosil bo‗lgan natija xatolarning o‗rtacha sonini ifodalaydi. Shundan 
so‗ng bolaning vazifani echish uchun sarflagan o‗rtacha vaqti barcha vazifalarni echish uchun 
sarflagan umumiy vaqtini 4 ga bo‗lish orqali aniqlanadi. Bolaning 24 ta uchburchakni 
kartochkadan to‗g‗ri topishi uchun sarflayotgan vaqtining oxirini bilish uchun tekshiruvchi: «Sen 
qo‗lingdan kelganicha vazifani echib bo‗ldingmi?» degan savolni beradi. Bola berilgan savolga 
to‗liq ishonch bilan javob berib, uchburchaklarni qidirishni to‗xtatsagina u o‗z ishini yakunladi
deb hisoblanadi. Bolaning umumiy (24 talik) kartochkadagi 6 ta uchburchakni topish uchun 
sarflagan o‗rtacha vaqt u tomonidan yo‗l qo‗yilgan xatolar soniga bo‗linsa, qidirilayotgan 
ko‗rsatkichni qo‗lga kiritish imkoniyatiga ega bo‗linadi. 
Bolaning umumiy (24 uchburchakli) kartochkadan uchburchaklarni to‗g‗ri yoki noto‗g‗ri 
topganligi to‗g‗risidagi axborotni aniqlash jarayonining tezligini oshirish uchun 24 uchburchak 
har birining chap burchagi ostiga birin-ketin raqamlab chiqish bilan erishiladi. Masalan, birinchi 6 
ta uchburchakli kartochkaga (kartochka raqami rim raqami bilan 6 tadan belgilangan). Umumiy 
(24 uchburchakli) kartochkadagi; 


 1,-3,-8,-12,-14,-16- uchburchaklar birinchisiga
2,-7,-15,-18,-19,-21- uchburchaklar ikkinchisiga; 
4,-6,-10,-11,-17,-24- uchburchaklar uchinchisiga
5,-9,13,) ko‗rsatkichlarini 10 balli shkala orqali standart ko‗rsatkichlarga o‗tkazish uslubini 
taqdim etish mumkin. 

Yüklə 6,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə