O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva



Yüklə 6,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/238
tarix21.05.2023
ölçüsü6,94 Mb.
#111852
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   238
9230 (2)

5.4.Xotira psixodiagnostikasi 
Barcha yoshdagi bolalarda xotira juda kuchli rivojlanadi. Kichik bolalar ham vaqt va fazoni 
yaxshi farqlay oladilar, so‗z boyligi ortib boradi. Bularning barchasi bolaning kattalar bilan
tengdoshlari bilan muloqotga kirishishi natijasida sodir bo‗ladi.
Xotiraning rivojlanishi bola bilan ishlashda ta'limning qaysi metodlari ustunligiga, uni o‗rab 
turgan muhit idrok obrazlari bilan qanchalik «boyligiga» bog‗liq. Materialning sezgi organlariga 
ta'sir etishi, idrok xususiyatlarini hisobga olgan holda ko‗rish, eshitish, ushlab ko‗rib bilish, hid 


bilish, ta'm bilish xotiralari ajratiladi. Materialni esda saqlab qolish va uni qayta esga tushirishga 
bog‗liq ravishda harakat, mexanik, obraz (assotsiativ), mantiqiy, hissiy xotiralarga ajratiladi. 
Ma'lumotni saqlashning uzoqligiga bog‗liq ravishda qisqa muddatli (operativ) va uzoq muddatli 
xotiralar ajratiladi. Ma'lumotni esda olib qolish, inson tomonidan biror maqsad qo‗yilmasdan 
ixtiyorsiz, o‗rganilayotgan materialni esda saqlab qolish uchun maqsad qo‗yilganda ixtiyoriy esda 
olib qolinadi. Umumiy xotira olingan materialni esda saqlab qolish, esda saqlash va qayta esga 
tushirishdan iborat jarayon bo‗lib, bu tarkibiy qismlarni doimo rivojlantirishni talab etadi.
Psixologiyada xotirani o‗rganish uchun maxsus metodikalar mavjud. 
«Qisqa muddatli ko„rish xotirasi hajmini aniqlash 
Bolaga galma-gal quyidagi A va B rasmlar ko‗rsatiladi. 
2-rasm 
Bolaga rasmning A va B qismlari ko‗rsatilgandan so‗ng unga trafaret shakli taqdim etilib, boladan 
2-rasmning har bir qismidagi barcha chiziqlarni ushbu trafaretda ifoda etishi talab etiladi. 
Har ikkala tajriba natijalari sifatida xotira orqali to‗g‗ri qayta esga tushirilgan chiziq deb, namuna 
sifatida ko‗rsatilgan chiziqlardan uzunligi va yo‗nalishi jihatidan hech qanday farq qilmaydigan 
chiziqlar qabul qilinadi (chiziqlardan chetlanish, uning buklanishi, burchaklari saqlangan holda 
bitta katakdan oshmasligi lozim). 
To‗g‗ri esga tushirilgan chiziqlar soni ko‗rish xotirasi hajmining ko‗rsatkichi hisoblanadi. 

Yüklə 6,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə