O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Diqqat psixodiagnostikasida korrektur sinov va Gorbov Shulte jadvallaridan



Yüklə 6,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/238
tarix21.05.2023
ölçüsü6,94 Mb.
#111852
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   238
9230 (2)

 
5.2.Diqqat psixodiagnostikasida korrektur sinov va Gorbov Shulte jadvallaridan 
foydalanish masalalari
Bu metodikadan diqqatning ko‗chish va bo‗linish xususiyatlarini, sensomotor reaktsiyalar 
tezligini o‗rganish uchun foydalaniladi. Sinaluvchilarga 1 dan 25 gacha sonlar ixtiyoriy 
joylashtirilgan 5 ta jadval ketma - ket ko‗rsatiladi
(2-ilova).
U sonlarni tartib bilan izlab ko‗rsatishi va ovoz chiqarib aytishi kerak. Har bir topshiriqni bajarish 
vaqti tadqiqot qaroriga yozib boriladi (5-jadval).
Sinaluvchi faoliyatini miqdoriy baholashdan tashqari sensomotor reaktsiyalar tezligining sifatiy 
tahlili ham amalga oshiriladi. «Topshiriqni bajarish xususiyatlari» bo‗limiga sinaluvchi o‗zini 
qanday tutganligi, verbal va emotsional reaktsiyalari yozib boriladi. 6-7 yoshli bolalar uchun bitta 
jadvalni 1-1,5 daqiqa qarash me'yoriy hisoblanadi, o‗rtacha o‗quvchilar uchun 45 soniyadan 1 
daqiqagacha me'yor hisoblanadi. Katta bog‗cha davridagi bolalar va 1-2-sinf o‗quvchilari ba'zi 


sonlarni chalkashtirib Yuboradilar. 10-12 yoshli bolalar uchun sensomotor reaktsiyalar tezligi 
oshishi, harakatlarning avtomatlashuvi xarakterlidir. 
5-jadval.
Shult jadvalidan foydalanishda tadqiqot qarori 
№ jadval 
Topshiriqni bajarish xususiyatlari 
Vaqt (soniya) 
Har bir topshiriqni bajarish xususiyatlari hamda 5 ta jadval bo‗yicha olingan natijalarni tahlil 
qilib, tadqiqotchi nerv jarayonlari o‗zgarishini, jismoniy va ruhiy zerikish hodisasini aniqlaydi. 
Masalan, agar har bir keyingi topshiriqni bajarish vaqti oshib borsa, tez charchash, ixtiyoriy 
diqqat darajasining susayganligidan dalolat beradi. Bu metodikadan foydalanish bolalarning 
diqqati xususiyatlarini tajribada o‗rganish imkonini beradi.
 
Krepelin bo„yicha sanash va hisoblash 
 
Bu metodikadan murakkab sezgi harakat reaktsiyalarini, ish qobiliyatini, ixtiyoriy diqqat 
barqarorligini, psixik jarayonlar kechishining tezligini aniqlash uchun foydalanish mumkin. 
Ushbu metodikani qo‗llash uchun sinaluvchi bir necha o‗nliklar ichida eng sodda arifmetik 
operatsiyalar – qo‗shish va ayirishni bilishi kerak. Krepelin metodikasida sinaluvchiga qo‗shilishi 
va ayrilishi kerak bo‗lgan sonlar jufti yozilgan maxsus qog‗oz taklif etiladi.
Krepelin bo‗yicha hisoblashda, (masalan: 30 da 3 gacha, 100 dan 7 gacha) tadqiqot qarorida 
to‗xtab qolishning uzoqligi va xatolar xarakteri qayd etib boriladi.
Masalan:
30-3....27....24....21....19*....18....15....12....9....6....3....0 
Xato hisoblashlar ham hisobga olinib (*) bilan belgilab qo‗yiladi, sinaluvchiga xatolarni 
to‗g‗rilash taklif qilinadi. Vaqt nuqta bilan qayd etiladi. Qoidaga ko‗ra «nuqta» shartli ravishda 1 
soniyaga to‗g‗ri keladi.
Shuni qayd etish lozimki, bu metodika aqliy ish qobiliyati jadalligini o‗rganishga ham 
mo‗ljallangan. Bajarilgan qo‗shish va ayirishlar soni ko‗pligi aqliy malakaning 
avtomatlashganidan, diqqatni uzoq vaqt bir narsaga to‗play olish qobiliyati mavjudligidan dalolat 
beradi. Bajarilgan topshiriqlar sonining kamligi, ko‗p to‗xtab qolish faol diqqatning barqaror 
emasligidan, psixik tez charchashga moyillikdan dalolat beradi.

Yüklə 6,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə