O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Ko„rib esda olib qolingan narsani qayta tiklash



Yüklə 6,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/238
tarix21.05.2023
ölçüsü6,94 Mb.
#111852
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   238
9230 (2)

 Ko„rib esda olib qolingan narsani qayta tiklash 
Ko‗rish xotirasi xususiyatlarini D.Wechsler (1945) taklif etgan metodika yordamida o‗rganish 
mumkin. Bu metodika xotira shkalasini o‗rganish subtestlaridan biridir. Sinaluvchiga turli 
geometrik figuralar tasvirlangan rasmlarga qarash taklif etiladi (6-ilova). Har bir rasm 
sinaluvchiga 10 soniya ko‗rsatiladi. Keyin sinaluvchi toza oq qog‗ozga ko‗rgan narsasini qayta 
esga tushirib, chizishi kerak. Tajriba natijalarini miqdoriy tahlil qilish mumkin.
Figura A: 1) ikki kesishgan chiziq va ikki bayroq – 1 ball; 2) to‗g‗ri joylashtirilgan bayroq – 1 
ball; chiziqlar kesishganda to‗g‗ri burchak – 1 ball. Eng Yuqori baho – 3 ball. 
Figura B: 1) katta kvadrat ikkita diametri bilan – 1 ball; 2) katta kvadrat 4 kichik kvadrat – 1 ball; 
3) ichki diametr barcha ichki kvadratlar bilan – 1 ball; 4) kvadratchalardagi 4 ta nuqta – 1 ball; 5) 
aniq taqsimlanganlik – 1 ball. Sinaluvchi olishi mumkin bo‗lgan eng Yuqori baho – 5 ball.
Figura V: 1) ochiq to‗g‗ri to‗rtburchak – 1 ball; 2) markaz va o‗ng chap tomon to‗g‗ri esga 
tushirilgan – 1 ball; 3) bir noto‗g‗ri chizilgan qismni hisobga olmaganda, figura umuman to‗g‗ri – 
1 ball; 4) figura to‗g‗ri esga tushirilgan – 1 ball; eng Yuqori baho – 3 ball. 
Figura G: 1) katta to‗g‗riburchak ichida kichik to‗g‗riburchak – 1 ball; 2) ichki to‗g‗riburchakning 
hamma uchlari tashqi to‗g‗riburchak uchlari bilan birlashtirilgan – 1 ball; 3) kichik to‗g‗riburchak 
katta to‗g‗riburchakda aniq joylashtirilgan – 1 ball; eng Yuqori baho – 3 ball. Eng Yuqori natija – 
14 ball. 
Bu metodikadan maktabgacha ta'lim muassasalarining katta va tayyorlov guruhi bolalarini hamda 
boshlang‗ich sinf o‗quvchilarini tekshirishda foydalanish mumkin. Bu topshiriqlarni 
bajarganlaridan so‗ng bolalarning nafaqat geometrik figuralarni xotirada olib qolish va uni esga 
tushirish qobiliyatlari haqidagina emas, balki xotira bo‗yicha rasm chizish malakalarining 
shakllanganligi, sensomotor faoliyat holati haqida ham bilib olish mumkin.

Yüklə 6,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə