3
.
Ashtarxoniylar hukmronligi davridan boshlab davlatchilik asoslari zaiflasha
boshladi. Siyosiy vaziyat qanday bo’lishidan qat’iy nazar bu davrda ham qurilish
ishlari davom etgan. Buxoroda Abdulazizxon, Ubaydullaxon madrasalari,
Boqimuhammadxon,
Ubaydulloxon
masjidlari,
Subhonqulixon
registonda
qurdirgan xovuz va Buxorodagi kasalxona, Balxda Nazr Muhammadxon,
Subhonqulixon madrasalari, Balx atrofidagi qator chorbog’ va saroylar shular
jumlasidandir
1
.
XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrda Buxoroda iqtisodiy va siyosiy
jihatdan tushkunlik yuzaga kela borgan. Bu davrlarda qurilishlar davom etsa-da,
biroq yaratilgan inshootlarning sifatlari badiiy va texnik jihatdan avvalgilarga
nisbatan pasaygan.
Buxoroda yangi turdagi inshootlar, shu jumladan Chor-Minor barpo etilgan.
U o’zining to’rt ko’rkam gumbazi bilan boshqa obidalardan ajralib turadi.
Chor Minor madrasasini turkman Xalifa Niyozqul 1807-yilda qurdirgan.
To’g’ri to’rtburchakli hovli atrofida bir qavatli ustun ayvonli xonalar
joylashtirilgan. Janubi-g’arb tomonidagi burchakda sinchli masjid qavatli bo’lib,
pastki qavati madrasaga kirish uchun yo’lak vazifasini bajarsa, tepadagi ikkinchi
qavat kutubxona bo’lgan.
Chor Minor sodda arxitekturasi hamda ajoyib kompozitsiyasi bilan XIX asr
me’morchiligida original ko’rinishga egadir.
Bolohovuz masjidi XVIII – XX asrlarda barpo etilgan
.
XVIII asrda hovuz
oldida tomonlar o’lchami 11,5 m ni tashkil etgan gumbazli masjid qurilgan. Uning
ro’parasida XX asrda buxorolik usta Qurbon Yo’ldoshev baland ayvon soldirgan,
3
Ўша асар, – B. 196.
1
Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи. – T.: Шарқ, 2000. – Б. 272.
15
usta Shirin Murodov minora tiklagan. Nafis naqshlar ayvon shiftining avaylab
saqlab kelinishini ta’minlagan. Ansambl o’zining badiiy nafosati bilan Registon
maydonining tarkibiy qismiga aylangan.
Buxoro shahrining shimoliy tomonida Sitorai Mohi Xosa madaniy meros
ob’yekti – amirlikning yozgi qarorgohi, saroyi barpo etilgan
,
Sitorai Mohi Xosa
mang’itlar sulolasining saroyidir. Uning dastlabki imoratlari amir Nasrullo
hukmronligi davri (1826 – 1860) da qurilgan. Biroq bu yerda saroy va
xushmanzara bog’ barpo etish amir Abdulahadxon hukmronligi davrida (1885 –
1910) boshlangan. Amir Olimxon hukmronligi davrida (1910 – 1920) yangi saroy
tiklangan va shu davrdan boshlab saroy kompleksi yangi va eski saroyga ajratilgan.
Eski saroy uch hovlidan va ko’pgina xonalardan iborat ansambldir. Bu
yerdagi eng eski xona amir Muzaffarxon mehmonxonasi keng va baland zal, ikki
tomonidagi boloxonali ayvonlar, yevropacha eshik va derazalar bilan ajralib turadi.
Mehmonxonaning devoriy rasmlari va ranglarida motivlar uyg’unlashtirilgan.
Uch qismga bo’lingan kvadrat xonani tashkil etuvchi Abdulahadxon zali
boshqacharoq ishlangan. Bir-biriga ro’para joylashtirilgan va bir xilda bezatilgan
ikkita zal o’rtadagi baland supa orqali birlashtirilgan. Supaning g’arb tomonida taxt
o’rnatilgan. Abdulahadxon va Muzaffarxon zallarining badiiy bezaklarida
o’xshashlik tomonlari ham ko’p.
Eski Sitorai Mohi Xosaning sharq tomonida amir Olimxon hukmronligi
davrida qurilgan bosh qarorgoh alohida me’moriy ahamiyatga ega. Unga koshin va
rangli shisha bilan bezatilgan tantanavor peshtoq – muhtasham toqli darvoza orqali
kiriladi
.
Bu kompleksni tiklashdan avval Buxoroning eng yaxshi ustalari Rossiyaga
rus me’morlarining tajribasini o’rganish uchun yuborilgan. Shundan keyin Xoja
Hofiz rahbarligidagi buxorolik ustalar kuchi bilan hovlinig janub tomonida
ansamblning birinchi binosini tiklashga kirishgan. Qurilish rus injenerlarinig
nazoratida bo’lgan.
16
Tarixiy yodgorlik obyektlari, ulardagi arxitekturaviy obidalar doim xalq
e’zozidadir. Buxorolik hunarmandlar me’moriy yodgorliklarni o’z san’at asarlarida
ifoda etib kelmoqdalar.
XVII asrga kelib Buxoro tarixiy shahar sifatida, asosan shakllanib bo’ldi.
Shayboniylar sulolasi hukumronligi davrida Buxoro shahristoni kengaytirilib, ark
uning ichida qolib ketgan. Abdullaxon shahar devorlari, darvozalari va fasllarni
qayta qurdirgan
1
. XVI asrda Joybor shayxlariga tegishli bo’lgan shaharning janubi-
g’arbidagi hudud ham qo’rg’on devor bilan o’ralib, shahar tarkibiga kiritiladi. Bu
bilan shaharning so’nggi, eng kengaygan holatdagi ko’rinishini oldi. Bu davrda
shaharda o’n bir darvoza bo’lib, ulardan biri – Shayx Jalol darvozasi nisbatan
yaxshi saqlanib qolgan. Shahar tarxida uning oldingi tizimi o’z izini qoldirgan.
Buxoroning tarixiy qiyofasini ko’p jihatidan bir qancha shahar ichidagi va
tashqarisidagi majmualar belgilaydi.
Buxoro markazi yaxlit, ulkan majmua ko’rinishiga ega. U asosan, ilk o’rta
asrlardagi shahristonning g’arbiy va janubiy ko’chalarini egallagan. Markaz g’arb
tarafidan Poyi Kalon majmuasidan boshlangan. Toqi zargaron chorsusi
shahristonning markazini ifodalaydi. Undan sharqda, ko’chaning ikki tarafidan
Ulug’bek va Abdulazizxon madrasalari o’rin olgan. Zargarlar chorsusining
janubida Abdullaxon timi joylashgan. XX asr boshlarida bu yerlarda
karvonsaroylar va do’konlar bir-birlariga tutashib, zich turishgan edi. Ular
bizgacha yetib kelmagan. Shahristonni ilk o’rta asrlardagi darvoza, keyinchalik
darvoza o’rnida hosil bo’lgan nursimon ko’chalar tugunini Toqi telpakfurushon
mustahkamlaydi.
Zargarlar chorsusi chorrahani shaharsozlik jihatidan mustahkamlash
masalasini hal etgan bo’lsa, Telpakfurushlar toqisida ancha murakkab muammo -
olti ko’cha tarqatadigan bino barpo etilgan. Telpakfurushlar toqidan shimolda
Sarrofon hammomi mavjud. Uning tarxida murakkab shaharsozlik holati aks etgan.
1
Аҳмедов М. Қ. Ўрта Осиё меъморчилиги тарихи…. – Б. 63.
17
Shaharning markazi tarkibidagi majmualardan tashqari o’rta asrlarda Buxoro
ichida Labi hovuz va Qo’sh madrasa majmualari ham shakllangan. Labi hovuz
majmuasida sakkiz qirralik hovuz atrofida Ko’kaldosh madrasasi va qo’sh tizimida
xonaqoh va madrasa joylashgan.
Buxoroning XVI asrda shakllangan holati XVIII – XIX asrlarda ham saqlanib
qoldi. Bu yerdagi o’zgarish asosan qurilmalarning zichlanishi hisobiga bo’lgan.
Shaharning qo’rg’on devori ichidagi hududi o’sha davrda, XVI asrda vujudga
kelganicha qolgan. Buxoroning markazi shaharning katta qismini egallagan edi.
Bir-biriga tutashib ketgan qadimgi monumental hamda keyinroq vujudga kelgan
madrasa, masjid, savdo binolari, karvonsaroy, do’kon va boshqa jamoat
binolaridan, ko’cha va maydonlardan tashkil topgan. Binolarning katta-kichikligi,
shakl-shamoyili bir-biriga mos kelib, uyg’un kompozitsion yaxlitlikka ega bo’lgan.
Hozirgi holatda markazning anchagina imoratlari, ayniqsa, do’kon va karvonsaroy
kabi binolarning buzilishi natijasida avvalgi yaxlitligi yo’qolgan. Markazdagi
asosiy ko’chalarning chorrahalari gumbazli timlar bilan ajratilgan. Shahardagi
ja’mi to’rtta timdan uchtasi – Sarrafon, Zargaron, Telpakfurushon toqlari
saqlangan. Ko’chalarning yo’nalishi uzoq o’tmish mobaynida shakllangan.
Markazdagi Sarrafon hammomi bunga yaxshi misol bo’la oladi. Umuman yer
tanqisligi shahar uchun xarakterlidir. Shu sababdan ham shahar ichida daraxtlar oz
edi. Oddiy ko’chalardan arava o’ta boshlaganda aravakash ko’cha boshidan turib
qarshidan boshqa arava kirmasin uchun ovoz bilan darak bergan.
1920- yil avgust oyi oxirlarida Buxoro amirligini tuigatish maqsadida
poytaxt Buxoroga xujum qilgan sho’rolar qo’shini shaharning me’moriy
yodgorliklariga jiddiy zarar etkzgan. Shaharni qamal etishning uchinchi kuni
artilleriya xujumi tufayli shaharda yong’in boshlanib, Ark, Machiti Kalon
atrofidagi savdo timlari rastalari yonadi, aholi sarosimaga tushadi, ko’chalar
o’liklarga to’lib ketadi
1
. Bu ham yetmagandek, osmondan turib 11
Dostları ilə paylaş: |