O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


Tabiiy fanlar: biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va b.q



Yüklə 3,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/150
tarix02.06.2023
ölçüsü3,36 Mb.
#115095
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   150
O’zbekiston respublikasisog`liqni saqlash vazirligi toshkent far

Tabiiy fanlar: biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va b.q. 
psixik xodisalar va jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini 
tushunish va shu orqali ularning kechishi qonuniyatlarini ob'yektiv 
o'rganish uchun material beradi. Ayniqsa, bosh miyaning hamda 
markaziy asab sistemasining psixik faoliyatlarini boshqarishda va 
ularni muvofiqlashtirishdagi rolini e'tirof etgan holda psixologiya fani 
taibiiy fanlar erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot uslublaridan 
omilkorona foydalanadi. 
Kibernetika 
fani sohasidagi erishilgan yutuqlar psixologiya 
uchun ham ahamiyat va zurur bo'lib, u inson shaxsining o'z-o'zini 
boshqarish, psixik jarayonlarni takomillashtirish borasia axborotlar 
texnologiyasi va kibernetika tomonidan qo'lga kiritilgan yutuqlar va 
tadqiqot metodlari, maxsus dasturdan o'z o'rnida foydalanadi. 
Texnika fanlari 
bilan psixologiyaning o'zaro aloqasi va 
hamkorligi ayniqsa, asr oxiriga kelib yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan 
murakkab texnikani boshqaruvchi inson ongi muammosini yechishda, 
ikkinchi tomondan, psixik hayotning murakkab qirralarini ochishda 
maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu ikki yo'nalishning 
erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi. 


169 
Iqtisodiyot 
bilan psixologiyaning o'zaro aloqasi va hamkorligi 
ham yangilik bo'lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma-
bosqich o'tish sharoitida iqtisodiy ong hamda iqtisodiy xulqning o'ziga 
xos namoyon bo'lish qonuniyatlarini o'rganishda ikkala fan teg xizmat 
qiladi. 
Yuqorida ta'kdlangan fan tarmoqlari psixologiyada bevosita uzviy 
aloqada rivojlanadigan fanlarning asosiy qismi xolos. Bugungi kunda 
har bir fan rivoji uchun inson omilini hisobga olish zarur ekan, 
psixologiya o'sha barcha fanlar bilan aloqada va hamkorlikda 
rivojlanadi. Bu tibbiyot, qishloq xo'jaligi, kimyo va oziq-ovqat ishlab 
chiqarish sanoati, huquq va madaniyatshunoslik kabi o'nlab fan 
sohalaridir. 

Yüklə 3,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə