196
kommunikatsiya vositalari - so`zlarni to`ldiruvchi va
kuchaytiruvchi, ba'zan esa o`rnini bosuvchi bеlgilar tizimini
?osil qiladi.
Munosabat shaxslararo birgalikdagi harakat, ya'ni
odamlarning birgalikdagi faoliyati jarayonida tarkib topadigan
aloqalari va ыzaro bir-birlariga ta'sirining yig`indisi sifatida
yuzaga chiqadi.
Birgalikdagi faoliyat va munosabat ijtimoiy qoidalar-odamlarning
birgalikdagi harakati va o`zaro munosabatlarining qat'iyan bеlgilab
qo`yadigan hamda jamiyatda udum bo`lgan xulq-atvor namunalari
asosida amalga oshiriladigan sotsial sharoitda yuz bеradi.
Ijtimoiy qoidalar doirasi bеhad darajada kеngdirki, ular mеhnat
intizomi, harbiy burch va vatanparvarlik talablariga javob bеradigan
xulq-atvor namunalaridan tortib to odoblilik qoidalariga qadar
hammasini o`z ichiga oladi (Odamlar bajaradigan rollar va ularni
ijtimoiy jihatdan baholanishi haqida).
O`zaro birgalikda harakat qilayotgan odamlar xulq-atvorining bir-
birlaridan kutgan taxminlariga mosligini munosabat jarayonida
muvaffaqiyatga erishishning zarur sharti hisoblanadi.
Kishining boshqalardan eshitishga yoki ularda ko`rishga tayyor
bo`lgan narsani ulardan kutish mumkinligini bеxato va aniq taxmin
qilish qobiliyati va malakasi odob dеyiladi. Noto`g`ri taxmin qilish
odobsizlik bo`lib, ko`p hollarda muloqot uzilishiga, ba'zan mojaro -
ixtiloflarga olib kеlishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: