O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə8/79
tarix23.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#157420
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   79
portal.guldu.uz-ONA TILI VA ADABIYOT

Mo‘g‘ul tillariga mo‘g‘ul, buryat, qalmiq tillari (shimoliy mo‘g‘ul tillari guruhi), dagur, dunsyan, mengir tillari (janubiy-sharqiy mo‘g‘ul tillari guruhi) kiradi.
Tungus-manchjur tillariga evenk, even, negidal tillari (tungus guruhi) va manchjur, nanay, udegey, ulch, oroch tillari (manchjur guruhi) kiradi.


Tillarning morfologik tasnifi nisbatan keng tus olgan, chunki morfologik tizim tilning eng barqaror sathi hisoblanadi. Morfologik tasnif so‘zning tuzilishidagi o‘zak va qo‘shimchalarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yishga asoslanadi.
Bu tasnifga ko‘ra tillarning qarindoshligidan qat’i nazar, so‘zlarning tuzilish turi asos qilib olinadi.
Morfologik tasnifga muvofiq jahon tillari to‘rt guruhga bo‘linadi:
1) amorf (so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchasiz) tillar; 2) agglyutinativ tillar; 3) flektiv tillar ; 4) polisintetik tillar.
Amorf tillarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularda gap tarkibidagi so‘zlar hech qanday so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalarsiz, to‘g‘ ridan-to‘g‘ ri birikib, bog‘lanib keladi. Bunday tillarda grammatik ma’no yordamchi so‘zlar, so‘z tarkibi, muzikal urg‘u va ohang (ohang) orqali ifodalanadi. Mazkur vositalar so‘zlar orasidagi sintaktik munosabatni o‘rnatish uchun xizmat qiladi. Amorf tillarga xitoy, tibet, birma, vetnam va xitoy-tibet oilasiga mansub bo‘lgan boshqa tillar misol bo‘la oladi.
Agglyutinativ tillarda har bir grammatik ma’no odatda alohida affiks bilan, ma’lum bir grammatik ko‘rsatkich bilan ifodalanadi. Masalan, maktablarga so‘z shakli tarkibidagi –lar qo‘shimchasi ko‘plik ko‘rsatkichi, -ga affiksi jo‘nalish kelishigi ko‘rsatkichidir. Bormadilar so‘z shakli bor - o‘zak, -ma – bo‘lishsizlik shaklini yasovchi affiks, -di – yaqin o‘tgan zamon shaklini yasovchi affiks, -lar – III shaxs ko‘plikni ifodalovchi affiksdir. Bunda biror affiks o‘zakka yoki ma’lum bir affiksga qo‘shiladi.
Agglyutinativ tillarga turkiy tillar, shu jumladan, o‘zbek tili, fin-ugor tillari, dravid, indonez, hindu tillari va boshqalar, shuningdek, alohida tillar hisoblanmish yapon va koreys tillari kiradi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə