2
Ushbu majmuani tayyorlashda Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti va Termiz
Davlat Pedagogika Universiteti profеssor-o„qituvchilari tomonidan yaratilgan o„quv
– uslubiy majmuadan foydalanildi. Ta'lim texnologiyasini ishlab chiqishda Toshkent
Davlat iqtisodiyot universiteti professor-o„qituvchilari tomonidan yaratilgan
“Ta'limda innovatsion texnologiyalar” (Loyiha muharriri i.f.d. prof. Bekmurodov
A.Sh., p.f.n. dots. Golish L.V) uslubiy qo„llanmasidan hamda “Pedagogik
texnologiya va pedagogik maxorat” malaka oshirish kursida olingan bilimlardan
foydalanildi.
Annotatsiya
« Psixologiya» fani bo‟yicha ma‟ruza va amaliy mashg‟ulotlarni loyihalash
texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan.Mazkur qo‟llanma kirish, ta‟lim
texnologiyasining konseptual asoslari hamda ma‟ruza va amaliy mashg‟ulotlarda
o‟qtitish texnologiyalaridan tarkib topgan.Ta‟lim texnologiyasining konseptual asoslari
bo‟limida «Psixologiya» o‟quv kursini o‟qitishning dolzarbligi asoslangan, mazkur
kursning tuzilmasi keltirilgan hamda kurs bo‟yicha o‟qitishning mazmuni ochib
berilgan. Shu bilan birga o‟qitish, kommunikasiya, axborot va ta‟lim jarayonini
boshqarish usullari va vositalarining konseptual asoslari yoritigandir.
So‟ngra kurs bo‟yicha o‟qitish texnologiyalari loyihalashtirilgan:
1) ma‟ruza mashg‟ulotlarini olib borishning kirish-ma‟ruza, mavzu asosida ma‟ruza,
muammoli ma‟ruza, vizuallashtirilgan ma‟ruza va yakunlovchi ma‟ruzalar
ko‟rinishlari qo‟llanilishi;
2) amaliy mashg‟ulotlarni olib borishning topshiriqlarni individul tarzda
yoki guruhda
bajarilishi, vaziyatli ishlanma – keys-stadilar usuli, nazariy bilimlar asosida bilimlar va
ko‟nikmalarni chuqurlashtirishga yo‟naltirilgan amaliy topshiriqlarni bajarilishi.
Mazkur ta‟lim texnologiyasi barcha oliy o‟quv yurtlarida, malaka oshirish kurslarida,
o‟qitish texnologiyasida ko‟zda tutilgan sharoitlar va vaqti mavjud bo‟lgan holda
«Psixologiya» fani olib borishda o‟qituvchi tomonidan qo‟llanilishi mumkin.
3
«PSIXOLOGIYA»
fanining
DOLZARBLIGI VA O‟QITISH STRUKTURASI
O‟zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A. Karimov milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish
ishining hayotiy zarurati va dolzarbligi haqida gapirar ekanlar, «Inson
shaxsini, uning yuksak
ma‟naviy fazilatlarini kamol toptirish, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish, yosh avlodni boy
madaniy merosimiz hamda tarixiy qadriyatlarimizga hurmat-e‟tibor, mustaqil Vatanimizga mehr-
muhabbat ruhida tarbiyalash talablari oldimizga muhim vazifalarni qo‟ymoqda» deb
alohida
ta‟kidlaydilar. Bu vazifalar, birinchi navbatda kelajakning bunyodkorlari bo‟lmish yosh avlodning
bilim olish, yuqori malakali kadrlar bo‟lib o‟z yurti va halkiga sitqidildan mehnat qilish, ozod yurt
ravnaqi va baxt-saodati uchun halol mehnat qilishga o‟rgatishni nazarda tutadi. Zero, mustaqillik
aynan fidoiy, o‟z Vatani manfaatlariga g‟oyat
sadoqatli, yuqori malakali kadrlarning jamiyatni
boshqarishini taqozo etadi. Zamonaviy kadrlar oldiga qo‟yilayotgan eng muhim vazifalardan biri -
malakali mutaxassislar sifatida o‟zligini, o‟z qobiliyatlari, individualligi, shaxsiy fazilat hamda
xislatlarini bilgan tarzda atrofidagilar mehnatini oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning
barcha sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat ko‟rsatishdir. Bu o‟rinda inson ruhiyati
qonuniyatlarini o‟rganuvchi psixologiya fanining o‟rni va roli benihoya kattadir. Yosh avlodni
yangicha ta‟lim standartlari asosida, jahon talablariga javob beruvchi mutaxassislar qilib
tarbiyalash
ishi oliy o‟quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlar uchun yangi darsliklar, o‟quv qo‟llanmalari,
risolalar tayyorlashning ham yangicha uslublarini talab etmoqda. Ushbu o‟quv qo‟llanma yoshlarga
aynan psixologik bilimlar asoslarini bersa-da, umid qilamizki, ularni o‟z atrofida ro‟y berayotgan
islohotlarga holis baho berish, o‟zi va o‟zgalar ruhiyati sir-asrorlarini befarq bo‟lmaslik, o‟z
layoqatlarini o‟stirishning elementar vositalaridan bohabar bo‟lishga yordam beradi. Chunki
shaxsgina o‟z qobiliyati,
iqtidori, layoqati, tafakkuri, diqqati, xarakteri xususiyatlarini bilib, uni
to‟g‟ri yo‟naltira olsa, bu nafaqat shaxsning o‟ziga, balki jamiyat uchun ham katta naf keltiradi.
Shunday ekan, hozirgi kunda psixologiya fani sir-asrorlarini har bir o‟quvchi uchun zarur bo‟lgan
jihatlarini, chunonchi: psixologiyaning boshqa fanlar bilan integrasiyalashuvi, hamkorligi,
bog‟liqligini; psixologiyaning zamonaviy yo‟nalishlari
va tarmoqlarini; shaxsni psixologik
diagnostika qilish usullarini; shaxs va jamiyat munosabatlarini uyg‟unligini; shaxs faoliyati va hatti-
harakati motivlarini; faoliyati turlarini; shaxsda kuzatiladigan psixik jarayonlar: sezgi, idrok, diqqat,
xotira, tafakkur, hayolni bilish va ularni boshqarish qonuniyatlarini qo‟llay olishni;
shaxsdagi
qobiliyat, xarakter va temperament kabi individual psixologik xususiyatlarning shaxs faoliyati va
hayotidagi tutgan o‟rnini; shaxsning turli yosh davrlarga bog‟liq xususiyatlarini; shaxsning muloqot
jarayonidagi shakl, tur, vositalarini; shaxsning guruhga va o‟z navbatida guruhning shaxsga ta‟sirini;
o‟quv va tarbiya jarayonida qo‟llash mumkin bo‟lgan samarali usullarni bilish, o‟rganish muhimdir.
« Psixologiya» fanining maqsadi global inqiroz sharoitida ilk marotaba shaxs
fenomeni psixologiya
fani qamrab olgan asosiy muammolar va mavzularning markaziy figurasi hamda «Shaxs-jamiyat»
tizimida o‟zaro munosabatlarning obyekti va subyekti sifatida ekanligini e‟tirof etish.