O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə11/146
tarix15.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#105794
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   146
O zbekiston respublikasi oliy va o rta

1991-yil 25-avgustda O‗zbekiston Prezidentining maxsus farmoni e‘lon qilindi. Farmonga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik qo„mitasi O„zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi.
Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo‗shinlari bevosita O‘zbekiston Prezidentiga bo‗ysundirildi.
Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qo‗mitasi, prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo‗shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo‗shilmalari partiyadan butunlay xoli qilindi.
Q‗zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Oliy Kengash Rayosatiga juda qisqa muddatda Respublikaning davlat mustaqilligi to‗g‗risidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif qildi.
Respublika Oliy Kengashining Rayosati 1991-yil 26-avgust kuni O‘zbekistonning Davlat mustaqilligi to‗g‗risida qonun loyihasini tayyorlash haqida farmoyish chiqardi. 1991-yil 28- avgustda O‘zbekiston Oliy Kengashining Rayosati ―Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasini 1991-yil 31-avgust kuni chaqirish haqida qaror‖ qabul qildi va sessiyada O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi haqidagi masalani muhokama qilish belgilab qo‗yildi.
1991-yil 28-avgust kuni O‘zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat komissiyasining qo‗shma plenumi bo‗lib o‗tdi. Plenumda Prezident I.Karimovning mamlakatda 19-21-avgust kunlari sodir bo‗lgan voqealar va respublika partiya tashkilotlarining vazifalari to‗g‗risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Plenum Respublika Kompartiyasini KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni to‗xtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi o‗z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.


    1. О„zbekiston davlat mustaqilligining e‟lon qilinishi va umumxalq tomonidan ma‟qullanishi.





Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə