Исследование в XXI веке мая, 2023 48 tuproqqa ishlov berish usullari va uning ahamiyati



Yüklə 33,08 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix24.12.2023
ölçüsü33,08 Kb.
#158113
növüИсследование
R. O. Sodiqov



Международный научный журнал № 10(100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» мая, 2023 
48 
TUPROQQA ISHLOV BERISH USULLARI VA UNING AHAMIYATI 
 
R. O. Sodiqov
Texnika fanlar doc
Yangiboyev Xursand Hamid o’g’li
2
-kurs magistranti
Qoraqolpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiya institute 
2019 yil 17 iyunda O’zbekistan Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo’jaligida yer 
va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to’g’risida” Farmoni qabul
qilindi. Bu farmonga binoan qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarning umumiy
maydoni 20236,3 ming gektarni, shundan xaydaladigan yerlar 3988,5 ming gektarni, ko’p
yillik daraxtzorlar 383,1 ming gektarni, bo’z yerlar 76 ming gektarni, pichanzor va yaylovlar 
11028,3 ming gektarni, boshqa yerlar 4760,4 ming gektarni tashkil qilayotgani va
o’zlashtirilmagan yerlarni bosqichma-bosqich o’zlashtirish maqsad qilib qo’yilganligi
mavzuning ahamiyatini va dolzarbligini ochib beradi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni
yanada barqaror rivojlantirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, ularning
unumdorligini oshirish va shu asosda qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligini ko’paytirish 
bugungi kunimizning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Tuproqqa zamonavi ishlov 
bеrish usullari. Xar qanday ekinning xosildorligini oshirish maqsadida uni ekishdan oldin 
tuproqqa ishlov bеrib, uni kulay xolatga kеltirish zarur. Yerga ishlov bеrishda asosiy 
e’tiborni tuproqni ximoyalab, uning unumdorligini tiklashga qaratish kеrak. Shu maqsadda, 
tuproqqa ishlov bеrishning an’anaviy va rеsurs tеjamkor usullaridan foydalaniladi. Mahalliy 
sharoitga moslab qanday usuldan foydalanish tanlanadi. Intensiv dehqonchilikda minimal
ishlov berish tuproqni potentsial unumdorligini saqlaydigan va uni samarali unumdorligini 
oshiradigan, eroziyadan
himoya qiladigan va gumus balansini yaxshilaydigan, ozuqa moddalar va suvni
yo‘qotilishini kamaytiradigan hamda dala ishlarini bajarish muddatini
qisqartiradigan asosiy omil deb qaraladi. Hozirgi vaqtda minimal ishlov berishning
quyidagi amaliy yo‘nalishlari mo‘ljallangan:
• begona o‘tlarga qarshi gerbitsidlardan foydalanib asosiy, ekish oldidan va qator 
oralariga ishlov berishlar soni va chuqurligini kamaytirish
• bir o‘tishda yuqori sifatli ishlov beradigan keng qamrovli qurollar va 
mashinalardan foydalanib, chuqur ishlov berishni yuza va sayoz ishlov berish bilan 
almashtirish;
• tuproqqa ishlov berish bilan bir vaqtda go‘zapoya maydalaydigan va uni lokal
ko‘madigan, lokal o‘g‘itlaydigan va urug‘ ekadigan kombinatsiyalashgan agregatlarni
qo‘llab bir necha texnologik operatsiyalarni bir ish jarayoniga birlashtirish;
• chopiq ekinlari ekilganda gerbitsidlarni va ekish oldidan chiziqli (y o‘lakli) ishlov 
berishni qo‘llab ishlov beriladigan yuzani kamaytirish;
• tuproqqa asosiy ishlov berish texnologiyasi va texnik qurollarini 
mukammallashtirib shudgor sifatini yaxshilash va natijada tuproqni ekishga tayyorlash 


Международный научный журнал № 10(100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» мая, 2023 
49 
uchun qilinadigan qo‘shimcha operatsiyalar sonini kamaytirish. An’anaviy usulda plug
bilan еrni chuqur (20 sm dan ko’proq) xaydab, asosiy ishlov bеriladi. Kеyinchalik esa
turli tirma, kultivator, frеza kabi mashinalar bilan yerga sayoz ishlov bеriladi. Plug
bilan ishlov bеrishda tuproqning ustki qatlami qirqilib ajratiladi va yon tomonga
siljitilib, ma’lum burchakka burib ag’dariladi. Ag’darilish natijasida kirkilgan palaxsa
qatlami dеformatsiyalanib maydalanadi, tuproqning strukturasi tiklanadi, bеgona o’t 
uruglari va qoldiqlari hamda hasharotlar qumiladi, yеr bеtiga esa tuproqning pastki, ya’ni 
chirindiga boyrok qatlami chiqariladi. An’anaviy usuldan foydalanib, chuqur va o’ta chuqur 
(27 sm va undan ortiqroq) shudgorlab, bеgona o’tlarni kеskin kamaytirish mumkin.
Еrni ag’darib xaydash tuproqqa salbiy ta’sir ko’rsatadi, chunki еr bеtiga chikarilgan
organik moddalar quyosh nuri va boshqa omillar ta’sirida parchalanib, tarkibidagi
uglеrodning atmosfе-raga uchib kеtishi xamda tuproq eroziyasi kuchayishi mumkin. Bu
esa tuproq unumdorligini pasaytiradi.
Chuqur yumshatkich — tilgich har 3...4 yilda bir marotaba 0,5...0,6 m
chuqurlikkacha 1,5...2,5 m oralik qoldirib ishlatiladi. Natijada ildiz rivojlanadigan joy
kеngayadi. Bunday usul „yo’laklab“ ishlov bеrish dеb ataladi. Nul tеxnologiyasi
shudgorlamasdan ekish yoki bеvosita ekish ham dеyiladi. Bu usulda dalaning 25 % 
gagina mеxanik ishlov bеriladi, qolgan joydagi bеgona o’tlar gеrbitsid yordamida
yuqotiladi. Rеsurs tеjamkor tеxnologiyadan foydalanilganda, tuproqni ekin ekish uchun 
tayorlashga sarflanadigan katta mablaglar tеjaladi, tuproqning shimuvchanligi ortib, 
chuvalchanglar ko’payadi, natijada yеrning unumdorligi ortib, xosildorlik oshadi. Muayan
dala sharoitida solishtirma qarshilik, asosan, tuproqning namligiga bog’likdir. Masalan, 
еtilgan“ tuproqning (namligi 16 — 18 %) solishtirma karshiligi minimal bo’lsa, qurib „o’tib
kеtgan“ tuproqning namligi (5 — 6 %) karshiligi 2 barobar ortishi mumkin. Bunday еr
plug bilan xaydalsa, yirik kеsaklar hosil bo’lib, ularni kеyinchalik maydalash uchun o’ta
ko’p xarajatlar qilinadi. Yer ishlanganda tuproq (suv, havo, issiqlik va oziq) rejimlarining 
qulay bo’lishi uchun sharoit yaratiladi, ya’ni haydalma qatlam tuzilishi va uning
donadorligi o’zgaradi; tuproqning quyi qatlamidagi oziq moddalar yuqoriga ko’tarilib,
uning aylanish davri va mikrobiologik jarayonlar tezlatiladi; begona o’tlar yo’qotiladi; 
organo-mineral o’g’it va ang’izlar tuproqqa qo’shiladi; tuproq yuza qatlamida yoki
o’simlik qoldiqlarida yashayotgan ekinlarning zararkunanda va kasallik qo’zg’atuvchilari
yo’qotiladi; yerni ekin ekishga tayyorlash, egat va jo’yak olish hamda ekinni parvarish 
qilishda qator orasiga ishlov berish; begona o’tlarni yo’qotish kabi ishlar bajariladi. Takroriy
ekin ekiladigan yer tuprog’i yaxshi uvoqlanishi kerak, aks holda uni maydalashga ko’p
mehnat va yonilg’i sarf bo’ladi, kuzgi shudgorda palaxsa hosil bo’lsa ham zarari yo’q, 
chunki qishki yog’in-sochinda ular maydalanib ketadi. Ko’z bilan chamalaganda chala joy 
umumiy maydonning 0,2% idan ortiq bo’lmasligi lozim, aks holda yer qoniqarsiz 
haydalgan hisoblanadi. "Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda" degan 
naql bejiz aytilmagan. Yer kuzda haydalganda kesaklar orasidagi suv sovuq va iliq kunlarda 
goho muzlab, goho erib kesaklarni maydalanishini ta’minlaydi. Kuzda haydab qo’yilgan


Международный научный журнал № 10(100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» мая, 2023 
50 
yerda namlik ko’p to’planadi, mikrobiologik jarayonlar uchun qulay sharoit yaratiladi.
O’simlik qoldiqlari ko’milib chirishi uchun imk oniyat yaratiladi. Kuzda haydab qo’yilgan 
yerni bahorda ekin ekishga tayyorlash ancha oson bo’ladi. Sifatli o’tkazilgan kuzgi shudgor 
bahorgi haydashga nisbatan ekinlar hosilini 10-20% oshiradi, hosil erta va sifatli bo’lib 
yetiladi. 
Xulosa qilib shuni takidlab o’tish mumkinki yuqorida ko’rsatilgan yerga ishlov
berish texnalogiyalari yerni unumdorligini oshirishga yordam berishi mumkin. Haydalma 
qatlam qalinligini oshirish tuproq profilining tuzilishini hisobga olgan holda olib
borilgani ma’qul. Undan tashqari quyidagi qishloq xo’jaligi fidoilarini fikrlarini inobatga 
olsak maqsadga muvofiq bo’lar edi:Akademik M.Muhammadjonov qadimdan sug’orib
dehqonchilik qilinayotgan haydalma qatlam osti zichlashgan hamma yerlarda har 3-4
yilda bir marta yerni 50-60 sm chuqurlikda yumshatib bir yo’la 28-30 sm chuqurlikda 
ag’darib haydashni tavsiya qiladi. Professor A.Ermatov bedapoyani 60 sm chuqurlikda
haydash va organo-mineral o’g’itlar solish haydalma qatlam qalinligini oshirishda 
samarali usullardan ekanligini ta’kidlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
 
1. Musaev B.S. O’g’it qo’llash tizimi (o’quv qo’llanma). T.: 1998. 
2. Agrokimyo. Ma’ruza matnlari. T.: 1999 yil.
3. Musaev B.S. Agrokimyo. T. “Sharq”. 2001 y 
1. S.A.Azimboyev. Dehqonchilik, tuproqshunoslik va agrokimyo asoslari. Toshkent –
2006 yil. - 200 b. 
2. Z.A.Artukmetov. Qishloq xo’jaligi asoslari. “O’zbekiston faylasuflar milliy
jamiyati” nashriyoti. Toshkent -2012. 128 b. 
3. S.Ochilov, Sh.Ergasheva. Qishloq va suv xo’jaligi statistikasi. Toshkent -2008 
4. www.agro.uz 
5. www.agro-olam.uz 

Yüklə 33,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə