O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə10/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#125690
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

Rejalashtirish bu o’z maqsadlariga erishish uchun xo’jalik yurituvchi subyektning oqilona xatti-harakatini iqtisodiy asoslash jarayonidir. Rejalashtirish maqsadlarni shakllantirish, unga erishishning ustuvor yo’nalishlari, vositalari va usullarini belgilash jarayonini o’zida
aks ettiradi. Unga ko’pincha prognozlashtirishning yakuniy bosqichi sifatida qaraladi.
Rejani insonning avtomobilda qandaydir yakuniy manzilga sayr qilishi bilan taqqoslash mumkin. Faoliyat maqsadi bu sayr qilishning yakuniy manziliga erishish. Reja bu avtomobil ketadiga yo’l; u ko’plab boshqa yo’llar ichidan tanlanadi va eng qisqa, xavfsiz va qulay bo’lishi kerak. Tadbirkorlikni tartibga soluvchi rasmiy qonunlar, me’yorlar va yo’riqnomalar yo’l harakati belgilari va qoidalari. Bu yo’l bo’ylab mashina haydashni bilish esa butunlay sayyohning o’ziga bog’liq.
Rejalashtirish ham ustunliklarga, ham kamchiliklarga ega.
Rejalashtirishning ustunlik tomonlari:

  • vazifani oqilona tarzda va kam harajatlar bilan hal etishga urinish;

  • xo’jalik yuritish muhitining bo’lajak ustunliklaridan foydalanishga chuqur o’ylab tayyorgarlik ko’rish;

  • ijrochilar harakatlarini muvofiqlashtirishni yaxshilash;

  • manfaatdor shaxslarning birgalikdagi sa’y-harakatlari hisobidan kuchlarni sarflashning jamoaviy imkoniyatlarini kuchaytirish;

  • cheklangan resurslardan oqilona foydalanish;

  • voqealarni nazorat qilish imkoniyati va faoliyatdagi muammolarni aniqlash.

Rejalashtirishning kamchiliklari:

  • rejada, ayniqsa murakkab tashkil etilgan tizimlarda hayot sharoitlarining barcha xillarini aks ettirish imkoniyatining yo’qligi;

  • qabul qilingan qarorning barqarorligi, bu biznesning o’zgaruvchan sharoitida zarar keltirishi mumkin;

  • rejani ishlab chiqish uchun resurslar (vaqt va mablag’lar) zarurligi.

Rejalashtirish bo’yicha xorijlik mutaxassislar rejani ishlab chiqishga nisbatan o’z munosabatlarini quyidagicha bildiradilar:

  1. muvaffaqiyatni rejalashtirishning uzoq vaqtli (odatda 2 yildan ortiq) tajribasi keltiradi;

  2. tadbirkor uchun yirik muvaffaqiyatlar ko’pincha rejalashtirishning emas, balki omadning, uning ishbilarmonlik va ijodiy qobiliyatining natijasi hisoblanadi;

  3. rejalashtirish faoliyatda ustunlikni hosil qiladi.

Shuning uchun, tadbirkor biznesning murakkab va tez o’zgaruvchan (xususan, sotish va raqobat) sharoitlari tufayli rejaga ega bo’lishi maqsadga muvofiq. Bundan tashqari tadbirkorda voqealar rivoji bo’yicha bir necha varintlarni ishlab chiqish ehtiyoji paydo bo’ladi. Bunday ishlanma kamdan kam holatda ekspromt bilan amalga oshiriladi. U hamisha vaqt talab qiladi.
Shunday qilib, rejani barcha ofatlardan balogardon deb hisoblab bo’lmaydi. Uni qo’llash quyidagilar bilan shartlangan qator cheklovlarga ega:

  • xo’jalik yuritish muhitining noaniqligi. Shuning uchun ijrochi uchun, birinchidan, qo’shimcha ishonchli (shu jumladan, yangi) axborotni qidirib topish va ikkinchidan, uning ehtimollik darajasini prognoz qilish va aniqlash zarur;

  • mamlakat qonunchilik bazasining takomillashmaganligi;

  • resurslar bo’yicha cheklanishlar;

  • agar jamiyatda tadbirkorlik ahloqining asoslari shakllanmagan bo’lsa va biznes madaniyati mavjud bo’lmasa, ahloq xususiyatlari muammolari.

Bundan tashqari, rejalashtirishning roli quyidagi sabablarga ko’ra bo’lib ko’rsatilishi mumkin:

  • firma rahbariyatining avtoritarligi;

  • ijrochilar qarashlarining subyektivizmi;

  • noaniq va to’liqsiz axborot;

  • fors-major holat;

  • ijrochilar harakatlarining moliyaviy ta’minlanmasligi;

  • iqtisodiy hisob-kitoblardagi xatolar.

Faoliyat rejasi yozma shaklda aks ettirilishi lozim. Kelajakning konturi sifatida hayoliy va og’zaki reja bo’lishi mumkin. Lekin, agar bir kishining rejasi uning hayolida bo’lishi mumkin bo’lsa, bir necha shaxsning rejasi yozma ravishda ifodalangan verbal shaklga ega bo’lishi kerak, bu ijrochilar tomonidan rejaning yaxshi tushunilishi uchun zarur. Bundan tashqari, bunday rejani keyinchalik nazorat qilish oson.
Shuning uchun foydalanishning qulayligi nuqtai nazaridan rejaning quyidagi shakllari mavjud:

  • zaruriy hujjatlar to’plami;

  • tuzilmaning ichki mantig’ini aks ettiruvchi tuzilmalar;

  • tabaqalangan vazifalari ko’rsatilgan holda ijrochilar ro’yxati;

  • nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan harakatlar ro’yxati;

  • zarur harakatlarning izchilligiga muvofiq ko’rsatilgan ijro etish muddatlari;

  • xarajatlar smetalari;

  • oldinga qo’yilgan vazifalar sonli ifodalanishi iqtisodiy samarasining hisob-kitobi.

Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda sinovdan o’tgan iqtisodiyotni tartibga solish institutlari, shu jumladan indikativ rejalashtirishdan
foydalanishdan voz kechish, masalan, Rossiya iqtisodiyotining chuqur inqirozga yuz tutishiga sabablardan biri bo’ldi. Unga barham berish, so’nggi yillardagi o’nlab iqtisodiy maqolalarda ta’kidlanganidek, iqtisodiyotga davlat ta’sirining kuchayishini, shu jumladan indikativ rejalashtirishning amaliy tizimini tashkil etishni nazarda tutdi. Biroq bunda xujalik mexanizmini byurokratlashtirishga nisbatan haddan ziyod markazlashuvga yo’l qo’maslik lozim edi. J.K.Gelbreytning so’zlariga ko’ra, «rejalashtirish manfaatlarini emas, balki jamiyat manfaatlarini aks ettiruvchi rejalashtirish talab etiladi»2. Yana bir bor shuni ta’kidlash lozimki, rejalashtirish bozor rag’batlari asosida amalga oshirilishi lozim. Reja bilan bozorning o’zaro ta’siri bo’yicha chet el va mamlakatimiz (ham ijobiy, ham salbiy) tajribasini hisobga olish hamda, eng asosiysi, uni hozirgi sharoitga moslashtirish zarur.
Afsuski, indikativ rejalashtirish mavzui bizdagi adabiyotlarda etarlicha namoyon etilmagan. Chet el tajribasini yorituvchi va O’zbekistonda indikativ rejalashtirishni amalga kiritish yuzasidan muayyan xulosalar va tavsiyalarni o’zida mujassam etmagan ishlar ko’pchilikni tashkil qiladi. Indikativ rejalashtirish tushunchasining umumiy e’tirof etilgan ta’rifi mavjud emas.
Indikativ rejalashtirishning mohiyati va mazmuniy o’ziga xosligini ishlab chiqishning muhim nazariy-metodologik yo’nalishlari italiyalik olim B.Dallago tomonidan tadqiq etilgan. Uning ta’kidlashicha, «indikativ rejalashtirish davlat boshqaruvining ongli faoliyati sifatida ta’riflanadigan makroiqtisodiy rejalashtirishning bir turi bo’lib, uning maqsadi ma’lum vaqt o’tishi bilan umuman milliy iqtisodiyotni istalgan holatga olib kelishdan iborat»3.
Xitoylik mualliflardan birining yozishicha: «Xitoyda makroiqtisodiy rejalashtirish iqtisodiyotning xususiy va davlat sektorlarini uyg’unlashtirishga asoslangan. Davlat korxonalarining faoliyati iqtisodiy mustaqillik sharoitida amalga oshirilishi tufayli, bizningcha, Xitoyda rejalashtirish direktiv emas, balki indikativ xususiyatga ega»4. Ushbu tushuncha “kechki” ittifoqdagi to’liq xo’jalik hisobida sharoitida xalq xo’jaligini rejalashtirishning talqin etilishiga, shuningdek quyidagi zamonaviy talqinga juda yaqin: «Indikativ rejalashtirish bu mamlakat iqtisodiyotining davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatiga mos keladigan
holatini va rivojlanishini tavsiflovchi parametrlar (indikatorlar) tizimini shakllantirish va ko’rsatilgan indikatorlarga erishish maqsadida ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarga davlatning ta’sir etishi chora-tadbirlarini belgilash jarayoni»5. Yana bir ta’rif: «Indikativ rejalashtirish shuni anglatadiki, davlat butun millat manfaatlari yo’lida, mintaqalar, shuningdek bozor subyektlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda butun xalq xo’jaligini (shu jumladan xususiy sektorni) iqtisodiy rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqadi; muayyan xo’jalik yo’nalishlarini, shu jumladan makroiqtisodiy parametrlarni va resurslar bilan ta’minlangan tarkibiy ko’rsatkichlarni belgilaydi. Bu bilan mulkchilikning barcha shakllaridagi tadbirkorlarning ham, mintaqalarning ham umuman jamiyat uchun muhim bo’lgan loyihalarning amalga oshirilishidagi manfaatli ishtiroki motivastiyalanadi».
So’nggi keltirilgan yondashuv amalda ikkinchi yondashuvga bog’lanadi, unga ko’ra indikativ rejalashtirish xususiy korxonalarni davlat tomonidan ifodalangan vazifalarning bajarilishiga yo’naltirish: “Yaponiyada umumdavlat iqtisodiy rejalashtirish indikativ xususiyatga ega. Boshqacha aytganda mamlakatda ishlab chiqilayotgan umumdavlat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish rejalari rasmiy qonunlar hisoblanmaydi, balki iqtisodiy tuzilmaning alohida bo’g’inlarini milliy manfaatlardagi ushbu dasturlarning bajarilishiga yo’naltiruvchi va safarbar etuvchi davlat dasturlarini o’zida namoyon etadi”6.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə