O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta


I bob. BOZOR IQTISODIYOTIDA REJALASHTIRISHNING ROLI VA AHAMIYATI



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə7/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#125690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

I bob.
BOZOR IQTISODIYOTIDA REJALASHTIRISHNING ROLI VA
AHAMIYATI


    1. Indikativ rejalashtirish maqsadi, kursning predmeti va ahamiyati.

    2. Bozor xo’jaligini davlat yo’li bilan tartibga solish— indikativ rejalashtirishning obyekti sifatida.

    3. Indikativ rejalashtirishning mohiyati va uning ijtimoiy- iqtisodiy vaziyatlarni tartibga solishdagi roli.

      1. ndikativ rejalashtirish maqsadi, kursning predmeti va ahamiyati

Kursning maqsadi bo’lajak mutaxassisni oldinda turgan harakatlarni iqtisodiy asoslash metodologiyasiga o’qitishdan iborat. "Bilimlar yo’lni yo’lsizlikdan farqlash uchun mavjud", - degan edi sharq mutafakkirlaridan biri. Ilmiy oldindan ko’ra bilish tamoyillari va usullarini bilish tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi mutaxassisga sodir bo’layotgan hodisalarning mohiyatini tushunishga va turli vaziyatlarda to’g’ri qaror qabul qilishga yordam beradi. Har bir inson olamni umid uchqunlarida ko’radi. Shuning uchun nafaqat boshlovchi, balki tajribali tadbirkor ham o’z imkoniyatlariga ortiqcha baho berib yuboradi. U birinchi galda biron narsaga erisha olish haqida emas, balki nimaga erishishni xohlashi haqida o’ylaydi. Lekin uning harakatlarining strategiyasi va taktikasi real hayotni tushunish va ilmiy iqtisodiy oldindan ko’ra bilish asosida qurilishi kerak.
Xo’jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy rivojlanishini ilmiy oldindan ko’ra bilish metodologiyasini o’rganish “Indikativ rejalashtirish” kursining predmeti hisoblanadi. Har qanday boshqarish prognoz yoki reja shaklida ilmiy oldindan ko’ra bilishni talab qiladi. Bu - xo’jalik yuritishning istalgan sohasini boshqarish aksiomasi. Biroq firmaga istalgan prognoz yoki reja emas, balki kelajakning yaxshi asoslangan timsoli kerak. Haqiqiy voqealarning nazarda tutilayotgan voqealarga mos kelishi asoslash sifatining bosh mezoni bo’ladi, bu firmani tanlangan xo’jalik yuritish maqsadlariga yaqinlashtiradi. Xo’jalik yuritish subyekti va obyekti sifatida firma faoliyati davlat iqtisodiyotining tashkiliy tizimi doirasida
ko’rib chiqiladi. Biznes o’z munosabatlarining takroriy namoyon etilishi, ularning moslashuvchanligi va ijtimoiy jarayonni ta’minlash qobiliyati bilan tavsiflanadi, bu hamma vaqt hozirgi holatning o’zgarishi va kelajakka ta’sir etish bilan bog’liq, chunki iqtisodiy oldindan ko’ra bilish o’tmishni aks ettiradi, hozirni o’z ichiga oladi va kelajakni ko’zlaydi.
Ushbu fanni o’rganish jarayonida mutaxassis iqtisodiy asoslash vositalari sohasida bilim oladi. Biroq ushbu vositalar qanchalik aniq bo’lmasin iqtisodiyotning haqiqiy asoslarini tushunmasdan turib ular hech qachon samarali natijaga olib kela olmaydi. Faqat iqtisodiy oldindan ko’ra bilish vositasi orqali aks ettirilgan iqtisodiy tendenstiyalar, hodisalar, kategoriyalar va o’zaro bog’liqliklarning mohiyatini bilish asosida haqqoniy foydali prognoz yoki reja tuzilishi mumkin. Iqtisodiy rivojlanish qonuniyatlari va tendenstiyalari iqtisodiy nazariya, makro va mikroiqtisodiyot, marketing, menejment, moliya, audit kabi ko’plab fanlar tomonidan o’rganiladi. Aslida, kelajakni oldindan ko’ra bilish bu aksariyat fanlarning asosi hisoblanadi. Lekin ushbu holat nuqtai nazaridan kelajakni aniq asoslash imkonini beruvchi hisob-kitoblar metodologiyasini anglab etish imkonini aynan ushbu fan beradi. Prognozlashtirish va rejalashtirishning mazmuni iqtisodiy nazariya tomonidan belgilanadi; rejalashtirish shakli menejmentga bog’liq bo’lib, u rejalashtirishni boshqaruvning bir qismi sifatida ko’rib chiqadi; rejali ishlanmalar uslubi marketing texnologiyalari bilan bog’liq. Lekin barcha reja va prognoz hisob-kitoblari tamoyillari, usullari, ularning bosqichma-bosqichligini, iqtisodiy oldindan ko’ra bilish indikatorlarini tanlashni belgilab beruvchi yagona metodologiyaga amal qiladi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə