O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta


Jahon inqirozlarining takrorlanishi



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə69/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#125690
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

Jahon inqirozlarining
takrorlanishi



Jahon konyukturasi


R1a1 ortadi
R1a2 saqlanib qoladi (10-15 yilda bir marta)
R2a1 yomonlashadi
R2a2 tubdan o’zgaradi


Iqlimning global o’zgarish
xatarlari



Energetika resurslarining tugab qolishi


R3a2 iqlimning o’zgarish sur’atlari ortadi
R3a2 sur’atlar proznoz qilinayotgan davrning o’rtasidan boshlab
R4a1 yuqori
R4a2 tugab qolish sur’atlar prognoz qilinayotgan davrning o’rtasidan boshlab sekinlashadi


Uzoq muddatli istiqbolda resurslarni shakllantirish va taqsimlashning muqobil strategiyalari:


Rivojlanish istiqbollari


Sa1 As osan tashqi (kreditlar va investitsiyalar)
Sa2 Asosan ichki (milliy omonatlar)


Resurslarni taqsimlashning ustuvor yo’nalishlari


Pa1 Real sektor
Pa2 Monetar sektor
Pa3 Rivojlantirish sektori R&D
Pa4 Davlat institutlarini rivojlantirish

Uzoq muddatli davrga mo’ljallangan ssenariylarni yoritish


Bazaviy (inerstion) ssenariy (1-variant): butun prognoz qilinayotgan davr uchun makroiqtisodiy tartibga solishning yuzaga kelgan ustuvor yo’nalishlarini va iqtisodiyotning real sektorini modernizastiya qilishga e’tiborni saqlab qolish (asosan bazaviy va qazib chiqaruvchi tarmoqlar).
Faol ssenariy (2 va 3-variantlar) investistiya siyosatining ustuvor yo’nalishlaridagi o’zgarishlar, iqtisodiyotni boshqarishni, davlat institutlarini modernizastiya qilish jarayonlarini, moliyaviy tizimni erkinlashtirish sur’atlarini jadallashtirish va innovastion salohiyatni rivojlantirish xarajatlarini oshirish.
2-variant (faol ssenariy) 2015-2020 yillarda davlat institutlarini isloh qilishning yuzaga kelgan sur’atlarini saqlab qolgan holda, investistiya resurslarini taqsimlashdagi ustuvor yo’nalishlarni real sektordan R&Dni rivojlantirish sektoriga, sanoatning qazib chiqaruvchi tarmoqlaridan ishlov beruvchi tarmoqlariga ko’chirish zaruratidan kelib chiqadi.
3-variantda (faol ssenariy) e’tiborni real sektorni modernizastiya qilishdan davlat institutlarini modernizastiya qilishga (2013-2015 yillar), moliyaviy sektorga (2015-2020 yillar), R&D sektoriga (2015-2025 yillar), yakuniy bosqichda joriy (5-chi) va kelgusi (6-chi) texnologik uklad zamonaviy ishlab chiqarishlarini rivojlantirishga bosqichma- bosqich ko’chirishning moslashuvchan strategiyasini amalga oshirish imkoniyati nazarda tutiladi.
Xatarlar va prognoz variantlari iqtisodiyotni rivojlantirishning muqobil ssenariylarini kombinastiyalash sxemasi.
Izoh: Sa rivojlanishni moliyalash manbalaridagi muqobil variantlar (yo asosan tashqi Sa1, yoki ko’proq ichki Sa2); Pa - investistiya resurslarini taqsimlashning ustuvor yo’nalishlaridagi muqobil variantlar (real sektor Pa1, monetar sektor Pa2, R&D sektori Pa3, davlat institutlari Pa4); Ra - jahon iqtisodiy inqirozlari takrorlanishining ortishi, noqulay iqlim o’zgarishlari, tabiiy resurslarning tugab qolishi bilan shartlangan uzoq muddatli rivojlanish xatarlari va chaqiriqlaridagi muqobil variantlar.
Asosiy omil so’nggi 5-10 yil mobaynida yuzaga kelgan tendenstiyalarni saqlash:
Uzoq muddatli davrda TFP omillarini rivojlantirish ssenariylari bazaviy ssenariy (1-variant):

Prognoz davri (2010-2035 yillar)
Davlat institutlarining sifati ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning yanada chuqurlashuviga qarab past o’sish tendenstiyasi;
Tadqiqotchilar - byudjetdan moliyalash imkoniyatlariga bog’liq bo’ladi (qoldiq tamoyili), bu butun prognoz qilinayotgan davr mobaynida ushbu indikatorning beqarorligini belgilab beradi;
Ta’lim respublika uchun butun hisobot davrida xos bo’lgan YaIMning 6-6,5 foizi doirasida saqlanib turadi;
Patentlar - 20 dan 30 gacha (mln. nafar aholiga) oraliqda o’zgarib turadi, bu rivojlanish sektoriga davlat xarajatlarining yuzaga kelgan darajasi va xususiy biznesning innovastiya faoliyatiga sust jalb etilganligi bilan shartlanadi;
PII doimiy ravishda ortib boradi, chunki qazib chiqaruvchi sanoat o’zining foydaliligi va strategik ahamiyati tufayli xorijiy investorlarni jalb qilishda davom etadi.
Uzoq muddatli davrda TFP omillarini rivojlantirish ssenariylari faol ssenariy (2-variant):
Asosiy omil - ustuvor yo’nalishlarni real sektordan R&Dni rivojlantirish sektoriga, sanoatning qazib chiqaruvchi sanoatdan ishlov beruvchi sanoatga ko’chirish (ikkinchi o’n yillikning o’rtasidan boshlab, 2015-2017 yillar):
Tadqiqotchilar, ta’lim va patentlar tegishli vaqt oralig’ida etalon mamlakatlar statistikasi bo’yicha olingan yo’nalishlarga muvofiq tez o’sish.
PII - PII trendining ortib boruvchi xildan kamayuvchi xilga aylanishi, bu ishlov beruvchi sanoat sektorining kam jozibadorligi bilan shartlangan.
Davlat institutlarining sifati 1-variant.
Uzoq muddatli davrda TFP omillarini rivojlantirish ssenariylari faol ssenariy (3-variant):
Asosiy omil innovastion o’sishga bosqichma-bosqich o’tish moslashuvchan strategiyasi, shu jumladan e’tiborni real sektorni modernizastiya qilishdan davlat institutlarini modernizastiya qilishga, moliyaviy sektorni rivojlantirishga, so’ngra R&D sektoriga qaratish:
Davlat institutlarining sifati avvalgi ssenariylarga nisbatan eng yuqori va resurslar bir qismining real sektordan davlat institutlarini rivojlantirishga qayta taqsimlanishi natijasida barqaror o’sish,
PII qulay investistiya iqlimi tufayli dinamikadagi yaxshilanishlar,
Patentlar, ta’lim, tadqiqotchilar - prognoz dinamikasining xususiti taxminan PIIdagi kabi.
Uzoq muddatli istiqbol uchun prognozlar natijalari
a. Cheklovlar



b. Omillar va tartibga soluvchilar


v. Samaradorlik


resurslar

d. Talab


Muqobil ssenariylar va variantlarning afzalliklari va
kamchiliklari
Bazaviy (inerstion) ssenariy (1-variant):
quyidagi ko’rinishdagi ehtimoliy ijobiy samaralar

  • mineral va uglevodorod resurslarining chiqish koeffistienti, ularni qayta ishlash chuqurligining oshishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentining kengayishi, xo’jalik aylanmasiga yangi hududlarning jalb qilinishi;

  • prognoz qilinayotgan davrning dastlabki 4-5 yili mobaynida YalM o’sishining nisbatan yuqori sur’atlarini saqlab turish imkoniyati;

lekin

  • bunday loyihalarning yuqori kapital sig’imi o’rta muddatli

istiqbolda investistiya resurslaridan foydalanish

  • samaradorligining sezilarli darajada pasayishiga

  • investistiya resurslariga bo’lgan ehtiyojlarning tezda o’sishiga

  • YaIM tarkibida investistiyalar ulushining keskin oshishiga

  • R&D sektoriga yo’naltiriladigan resurslarning cheklanishiga

  • o’rta muddatli istiqbolda YalM o’sish sur’atlarining butunlay to’xtab qolishiga olib keladi.

Faol ssenariy (2 va 3-varianti).
Bazaviy ssenariydan asosiy farq – omonatlar normasining past dinamikasida investistiya loyihalarining asta-sekin qayta ishlovchi sanoatga, davlat institutlari va bank sektorini rivojlantirishga, inson kapitaliga qayta yo’naltirilishi.
Muqobil variantlar - ushbu sektorlarni rivojlantirishning izchilligida:

  • YoKI birinchi bosqichdagi mavjud resurslarni R&D sektorni rivojlantirishga yo’naltirish (2-variant),

  • YoKI dastlab zamonaviy davlat institutlari, bank tizimini tashkil etishda taraqqiyotga erishish, faqat shundan so’ng (20-yildan keyin) sa’y-harakatlarni R&D sektorni rivojlantirishga qaratish (3-

variant).
2-variant shartlarini amalga oshirishning eng ehtimol tutilgan oqibatlari (faol ssenariy)

  • Butun prognoz davri uchun iqtisodiy rivojlanish sur’atlarini 4-6% darajasida ta’minlash imkoniyati;

  • Energetika va suv resurslari bo’yicha qat’iy resurs cheklovlariga moslashish imkoniyati;

lekin

  • Iqtisodiy rivojlanish dinamikasining beqarorligi;

  • Davlat institutlarining etarlicha rivojlanmaganligi sharoitida R&D sektorini rivojlantirishga keng ko’lamli qo’yilmalar kutilgan natijalarni bermasligi ham mumkin (TFP dinamikasi);

  • bunday o’sish O’zbekistonning yaqin kelajakda rivojlangan mamlakatlar safidan joy olish vazifasini hal etish imkonini bermaydi.

3-variant shartlarini amalga oshirishning eng ehtimol tutilgan oqibatlari (faol ssenariy)

  • makroiqtisodiy dinamika va resurslardan foydalanish samaradorligi barcha asosiy indikatorlarining barqaror o’sishi;

  • ancha qulay investistiya iqlimi, bu to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investistiyalar dinamikasiga o’z ta’sirini ko’rsatadi, u prognoz qilinayotgan davrning uchinchi besh yilligidan boshlab 2-variantdagiga qaraganda yuqori bo’ladi;

  • innovastion omillar va samaradorlik prognoz qilinayotgan davrning o’rtasidan boshlab o’sishning asosiy manbalariga aylanadi;

lekin

  • ayniqsa prognoz qilinayotgan davrning resurslarning katta hajmlari davlat institutlari va bank sektorini rivojlantirishga, inson kapitalini rivojlantirishga yo’naltiriladigan ikkinchi besh yilligidan boshlab ayrim davrlarda iqtisodiyotning o’sish sur’atlari qisqarishi mumkin (6%dan pastga),

  • YaIM o’sishining (avvalgi variantga nisbatan) ancha yuqori sur’atlari suv va energetika resurslarining ham katta hajmda sarflanishini talab qiladi,

  • ko’rib chiqilayotgan variant doirasida prognoz qilinayotgan davrning oxiriga kelib resurslar taqchilligi suv resurslari bo’yicha 20 foizga yaqinni va energetika resurslari bo’yicha 50 foizga yaqinni tashkil qilishi mumkin.

Uzoq muddatli rivojlanishning resurslar taqchilligiga barham berish (yumshatish) variantlarini izlash makroiqtisodiy prognozlarni detallashtirishni, iqtisodiyotning tarmoq tarkibida kutilayotgan siljishlarni, uni diversifikastiya qilishni, metallurgiya, energetika, kimyo, qurilish materiallari sanoati, agrar ishlab chiqarish, transport, uy-joy kommunal xo’jaligi kabi tarmoqlarda ko’zda tutilayotgan texnologik o’zgarishlarni hisobga olishni talab qiladi. Makro iqtisodiy dinamikaning tegishli tarmoq va texnologik ishlanmalar bilan to’ldirilishi iqtisodiy o’sishning innovastion omillariga e’tibor qaratgan holda milliy iqtisodiyotni uzoq muddatli rivojlantirish istiqbollarini tadqiq etishning keyingi bosqichini tashkil qiladi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə