242
Yuqoridagi kam-ko`stsiz shaxs ishga kirmoqchi bo`lsa, ular albatta hurmat bilan kutib olinadi. Bundaylarga alohida
e'tibor byeriladi.
Faraz qiling, ishga kirish paytida zarur hujjatlarni to`ldirayotib, ankyeta (so`rov) va unga oid ko`rsatma olasiz;
ankyetadagi o`z fye'lingizga xos xususiyatlarni ifodalovchi bandlarga tyegishli byelgi qo`yib chiqishingiz
kyerak bo`ladi.
Siz bunga qanday javob byerasiz? To`g`ri, haqqoniy javob byerish sizga faqat foyda kyeltiradi.
Tashabbuskorlik:
Tashabbuskor emas, ko`rsatma kutadi
Rahbarning buyrug`isiz zarur dyeb bilgan hajmdagi ishlarni amalga oshiradi
Byerilgan topshiriqlarni bajarishda chaqqon
Sidqidildan qo`shimcha topshiriqlarni qidiradi
Boshqalarga bo`lgan munosabati:
Mijg`ov va kamsuqum
Ba'zan u bilan ishlash qiyin
Suhbatda xushmuomalali, kirishimli
Odamlarga nisbatan do`stona munosabatda
Yetakchilik – «lidyerlik»:
Ergashib yuradi, boshqalarning irodasiga bo`ysunadi
Odamlarni yetaklab yuradi
Samarali buyruqlarni o`z vaqtida byeradi
Kuchli, boshqalarda ishonch uyg`otadi
Javobgarlik:
Topshiriqlardan bo`yin tovlash
Topshiriqlarni bajarishga yoqinqiramasdan kirishadi
Norozilik bildirib, buyruqni bajarishga rozi bo`ladi
Buyruqni bajarishda juda mas'uliyatli
Tashkilotchilik qobiliyatlari:
Yomon tashkilotchi
Tashkilotchilik qobiliyati o`rtacha
Qobiliyatli tashkilotchi
Odamlarni ishontirishda, dalillarni mantiqiy tartibda joylashtirishda juda ham qobiliyatli tashkilotchi
Dadillik:
Ikkilanuvchan va qo`rquvchan
Tyezkor, lyekin ko`p xato qiluvchi
Ehtiyotkor, pishiq-puxta
Tyezkor va aniq
Qat'iylik:
Dyeyarli hyech qanday qat'iylik yo`q
Dadillik va qat'iylikning o`rta darajasi
Doim harakat qiladi
Maqsadini aniq biladi. Uni mashaqqatlar cho`chitmaydi
So`rovnoma to`ldirilgach, ishtirokchilardan byelgi qo`yilgan sifatlarning ballarini hisoblab chiqish so`raladi.
243
Natijaviy ma'lumotlar:
So`ng boshlovchi olingan natijalarning mazmuni va mohiyatini bildiradi:
1-
javob uchun bir ball, 2-javob uchun
ikki ball, 3-chi javob uchun
uch ball, 4-chi javob uchun
to`rt ball.
21-28 ball – sizda obro`li va nufuzli bo`lish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
17-20 ball – siz shu yo`l tomon kyetyapsiz
13-16 ball – siz obro`li bo`lishingiz uchun, ushbu sifatlarni shakllantirishingiz kyerak bo`ladi
12 va undan past ball – ayni paytda obro`li bo`lish imkoniyati sizda yo`q. Agar o`z o`stingizda ishlasangiz,
bu sifatlarga ega bo`lishingiz mumkin. O`z-o`zingizni tarbiyalashga harakat qiling. Ishoning, ishingiz
baroridan kyeladi.
O`yindan kutilayotgan natijalar:
Mashg`ulot yakunida boshlovchi mustaqillik, mas'uliyatning amaliy ko`rinishlari byeqiyos darajada kyeng
ekanligini ta'kidlab o`tishi lozim. Har bir shaxsning faolligi va shu asosda o`z tyengqurlari orasida obro`ga
erishishi u qayerda bo`lishidan qat'iy nazar, muomala sohasida hamdm xulq-atvorida uni namoyon etish
imkoniyatlarining chyegarasi yo`q. Mazkur imkoniyatlarni hayotga tadbiq etish uchun har bir shaxs o`z
imkoniyatlarini to`g`ri baholay olishi, o`z kuchlarini to`g`ri taqsimlay bilishi, yuz byerishi mumkin bo`lgan
vaqtinchalik muvaffaqiyatsizliklardan tushkunlikka tushmasligi, qiyinchiliklarni va to`siqlarni yengib o`tishni
mashq qilishi lozim. Bunga shaxsning o`zini baholay olishdyek fundamyental (mukammal) tavsifi samarali
ta'sir ko`rsatadi. Bu o`yin oz bo`lsada, bu ishda ko`maklashadi.
244
GLOSSARIY
1.
Diqqatning barqarorligi – diqqatning ma‘lum obyektga uzoq vaqtdavomida muttasil qaratilishi.
2.
Diqqatning ko‟lami – bir vaqtning o‘zida diqqatning bir qancha obyektga qaratilishi imkoniyati.
3.
Diqqatning taqsimlanishi – diqqatning bir vaqtda bir necha obyektga taqsimlanish xusuiyati.
4.
Diqqatning ko‟chishi – diqqatni ixtiyoriy ravishda bir obyektdan ikkinchisiga ko‘chirish.
5.
Dialog – ikki va undan ortiq kishilarning o‘zaro og‘zaki gaplashishi
.
6.
Dialogik nutq – nutq turlaridan bo‘lib, bunda so‘zlovchilar barobar teng, birgalikda faollik ko‘rsatadi.
7.
Dominant shaxs – boshqalar bilan muomala va munosabat o‘rnatishda o‘z fikrini o‘tkazish xislatining
yorqin namoyon bo‘lishi.
8.
Yosh psixologiyasi – turli yoshdagi odamlarning psixologik xususiyatlarini va rivojlanish qonuniyatlarini
o‘rganadi
.
9.
Yosh davri nizolari – o‘ziga xos, uncha uzoqqa cho‘zilmaydigan ontogenez davrlari bo‘lib, bu vaqtda
keskin psixik o‘zgarishlar yuz beradi.
10.
Jamoa – maqsadlari jamiyat maqsadiga ms keladigan umumiy faoliyat bilan birlashgan odamlar guruhi.
11.
Jamoaning negizi – umuiy fikr, maqsad va ishlab chiqarishag taalluqli qarorlarni shakllantiruvchi jamoa
a‘zolari.
12.
Yo‟nalish – shaxsning xatti-harakati va faoliyatini aniq sharoitlardan qat‘i nazar ma‘lum yo‘lga
yo‘naltiruvchi barqaror motivlar yig‘indisi.
13.
Individuallik – individning boshqalardan farqlanadigan ijtimoiy xususiyatlari va psixikasining o‘ziga
xosligi, qaytarilmasligi.
14.
Idrokning konstantligi – idrok sharoiti o‘zgarsa-da, idrok qilishdan hosil bo‘lgan narsa obrazlarning
nisbatan o‘zgarmasligi.
15.
Idrokning predmetliligi – jamiki olamdan olingan ma‘lumotlarni ichki olam obyektiga kiritish xususiyati.
16.
Idrokning butunliligi – sezgi a‘zlariga bevosita ta‘sir etib turgan obyektlarni, ularning belgi va xususiyatlari
bilan birgalikda qo‘shib idrok etish.
17.
Istedod – shaxsning ma‘lum faoliyatda ifodalanadigan qobiliyatining yuqori darajasi.
18.
Ijtimoiy psixologiya – psixologiya fanining o‘ziga xos maxsus tarmog‘i bo‘lib, unda psixik va jamiyat
taraqqiyoti qonunlari o‘rganiladi.
19.
Ijtimoiylashuv - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot - faoliyat jarayonida uni faol tarzda
o‘zlashtirish jarayoni.
20.
Ijtimoiy tasavvurlar – shaxsga jamiyat orqali ta‘sir etgan narsa va xodisalarning yaqqol obrazi.
21.
Ilmiy taxmin – tekshirish va tadqiqot olib borish maqsadida ilgaridan kutilishi mumkin bo‘lgan xolatning
bashorat qilinishi.
22.
Ijtimoiy psixologik eksperiment – asosiy metodlardan biri bo‘lib, o‘zgaruvchan mustaqil turli xolat va
jarayonlarning boshqa nomustaqil xolat va jarayonlarga ta‘sir etishdagi aniq ma‘lumotlariga tayanadi.
23.
Interaktiv – shaxslararo munosabatlarda bir-biriga xulq-atvor ta‘sir ko‘rsatish jarayoni.
24.
Introvert shaxs - shaxsning xar qanday sharoit va xolatlarida o‘z ichida kechayotgan fikrlarini bayon etish
ehtiyojining nihoyatda pastligi.
25.
Kasb – faoliyat shakllari birlashmasi bo‘lib, mazmun, vositalar, tashkilotlar, mehnat natijalari hamda
mehnat subyektini tayyorlashga qo‘yiladigan talablar majmui.
26.
Kontent-analiz – tekshirilayotgan matnda so‘z, ibora, abzaslarni ma‘no-mohiyatini takrorlanish darajasiga
qarab tahlil etish usuli.
27.
Kuzatish – sinaluvchini aniq maqsad, faoliyat, vaqt, guruh bilan bog‘liq ravishda tekshirish, o‘rganish,
ma‘lumotlar to‘plash metodi.
28.
Kommunikativ – shaxslararo munosabatlarda ma‘lumot, axborot, g‘oyalar almashinuvi jarayoni.
29.
Kichik guruh – a‘zolari birgalikdagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi va bevosita shaxslararo munosabatda
bo‘luvchi kishilar guruhi.
30.
Ko‟nikma – odamening ma‘lum ishni bajarishga tayyorligida ko‘rinadigan qobiliyati. K. mahoratning
asosini tashkil etadi.
31.
Longityud tadqiqot – sinaluvchini uzoq muddat va doimiy ravishda o‘rgansh.