O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 3,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/111
tarix08.11.2018
ölçüsü3,37 Mb.
#79363
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111

 
242 
Yuqoridagi kam-ko`stsiz shaxs ishga kirmoqchi bo`lsa, ular albatta hurmat bilan kutib olinadi. Bundaylarga alohida 
e'tibor byeriladi. 
Faraz  qiling,  ishga  kirish  paytida  zarur  hujjatlarni  to`ldirayotib,  ankyeta  (so`rov)  va  unga  oid  ko`rsatma  olasiz; 
ankyetadagi  o`z  fye'lingizga  xos  xususiyatlarni  ifodalovchi  bandlarga  tyegishli  byelgi  qo`yib  chiqishingiz 
kyerak bo`ladi. 
Siz bunga qanday javob byerasiz? To`g`ri, haqqoniy javob byerish sizga faqat foyda kyeltiradi. 

 
Tashabbuskorlik: 
 
Tashabbuskor emas, ko`rsatma kutadi 
 
Rahbarning buyrug`isiz zarur dyeb bilgan hajmdagi ishlarni amalga oshiradi 
 
Byerilgan topshiriqlarni bajarishda chaqqon 
 
Sidqidildan qo`shimcha topshiriqlarni qidiradi 

 
Boshqalarga bo`lgan munosabati: 
 
Mijg`ov va kamsuqum 
 
Ba'zan u bilan ishlash qiyin 
 
Suhbatda xushmuomalali, kirishimli 
 
Odamlarga nisbatan do`stona munosabatda 

 
Yetakchilik – «lidyerlik»: 
 
Ergashib yuradi, boshqalarning irodasiga bo`ysunadi 
 
Odamlarni yetaklab yuradi 
 
Samarali buyruqlarni o`z vaqtida byeradi 
 
Kuchli, boshqalarda ishonch uyg`otadi 

 
Javobgarlik: 
 
Topshiriqlardan bo`yin tovlash 
 
Topshiriqlarni bajarishga yoqinqiramasdan kirishadi 
 
Norozilik bildirib, buyruqni bajarishga rozi bo`ladi 
 
Buyruqni bajarishda juda mas'uliyatli 

 
Tashkilotchilik qobiliyatlari: 
 
Yomon tashkilotchi 
 
Tashkilotchilik qobiliyati o`rtacha 
 
Qobiliyatli tashkilotchi 
 
Odamlarni ishontirishda, dalillarni mantiqiy tartibda joylashtirishda juda ham qobiliyatli tashkilotchi 

 
Dadillik: 
 
Ikkilanuvchan va qo`rquvchan 
 
Tyezkor, lyekin ko`p xato qiluvchi 
 
Ehtiyotkor, pishiq-puxta 
 
Tyezkor va aniq 

 
Qat'iylik: 
 
Dyeyarli hyech qanday qat'iylik yo`q 
 
Dadillik va qat'iylikning o`rta darajasi 
 
Doim harakat qiladi 
 
Maqsadini aniq biladi. Uni mashaqqatlar cho`chitmaydi 
So`rovnoma to`ldirilgach, ishtirokchilardan byelgi qo`yilgan sifatlarning ballarini hisoblab chiqish so`raladi. 


 
243 
 
Natijaviy ma'lumotlar: 
So`ng boshlovchi olingan natijalarning mazmuni va mohiyatini bildiradi:  
1-javob uchun bir ball, 2-javob uchun ikki ball, 3-chi javob uchun uch ball, 4-chi javob uchun to`rt ball. 

 
21-28 ball – sizda obro`li va nufuzli bo`lish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. 

 
17-20 ball – siz shu yo`l tomon kyetyapsiz 

 
13-16 ball – siz obro`li bo`lishingiz uchun, ushbu sifatlarni shakllantirishingiz kyerak bo`ladi 

 
12 va undan past ball – ayni paytda obro`li bo`lish imkoniyati sizda yo`q. Agar o`z o`stingizda ishlasangiz, 
bu  sifatlarga  ega  bo`lishingiz  mumkin.  O`z-o`zingizni  tarbiyalashga  harakat  qiling.  Ishoning,  ishingiz 
baroridan kyeladi. 
 
O`yindan kutilayotgan natijalar: 
Mashg`ulot  yakunida  boshlovchi  mustaqillik,  mas'uliyatning  amaliy  ko`rinishlari  byeqiyos  darajada  kyeng 
ekanligini  ta'kidlab  o`tishi  lozim.  Har  bir  shaxsning  faolligi  va  shu  asosda  o`z  tyengqurlari  orasida  obro`ga 
erishishi  u  qayerda  bo`lishidan  qat'iy  nazar,  muomala  sohasida  hamdm  xulq-atvorida  uni  namoyon  etish 
imkoniyatlarining  chyegarasi  yo`q.  Mazkur  imkoniyatlarni  hayotga  tadbiq  etish  uchun  har  bir  shaxs  o`z 
imkoniyatlarini  to`g`ri  baholay  olishi,  o`z  kuchlarini  to`g`ri  taqsimlay  bilishi,  yuz  byerishi  mumkin  bo`lgan 
vaqtinchalik muvaffaqiyatsizliklardan tushkunlikka tushmasligi, qiyinchiliklarni va to`siqlarni yengib o`tishni 
mashq  qilishi  lozim.  Bunga  shaxsning  o`zini  baholay  olishdyek  fundamyental  (mukammal)  tavsifi  samarali 
ta'sir ko`rsatadi. Bu o`yin oz bo`lsada, bu ishda ko`maklashadi. 
                                
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
244 
                                   GLOSSARIY 
1.
 
Diqqatning barqarorligi – diqqatning ma‘lum obyektga uzoq vaqtdavomida muttasil qaratilishi. 
2.
 
Diqqatning ko‟lami – bir vaqtning o‘zida diqqatning bir qancha obyektga qaratilishi imkoniyati. 
3.
 
Diqqatning taqsimlanishi – diqqatning bir vaqtda bir necha obyektga taqsimlanish xusuiyati. 
4.
 
Diqqatning ko‟chishi – diqqatni ixtiyoriy ravishda bir obyektdan ikkinchisiga ko‘chirish. 
5.
 
Dialog – ikki va undan ortiq kishilarning o‘zaro og‘zaki gaplashishi
6.
 
Dialogik nutq – nutq turlaridan bo‘lib, bunda so‘zlovchilar barobar teng, birgalikda faollik ko‘rsatadi. 
7.
 
Dominant  shaxs  –  boshqalar  bilan  muomala  va  munosabat  o‘rnatishda  o‘z  fikrini  o‘tkazish  xislatining 
yorqin namoyon bo‘lishi. 
8.
 
Yosh  psixologiyasi  –  turli  yoshdagi  odamlarning  psixologik  xususiyatlarini  va  rivojlanish  qonuniyatlarini 
o‘rganadi
 
9.
 
Yosh  davri  nizolari  –  o‘ziga  xos,  uncha  uzoqqa  cho‘zilmaydigan  ontogenez  davrlari  bo‘lib,  bu  vaqtda 
keskin psixik o‘zgarishlar yuz beradi. 
10.
 
Jamoa – maqsadlari jamiyat maqsadiga ms keladigan umumiy faoliyat bilan birlashgan odamlar guruhi. 
11.
 
Jamoaning  negizi  –  umuiy  fikr,  maqsad  va  ishlab  chiqarishag  taalluqli  qarorlarni  shakllantiruvchi  jamoa 
a‘zolari. 
12.
 
Yo‟nalish  –  shaxsning  xatti-harakati  va  faoliyatini  aniq  sharoitlardan  qat‘i  nazar  ma‘lum  yo‘lga 
yo‘naltiruvchi barqaror motivlar yig‘indisi. 
13.
 
Individuallik  –  individning  boshqalardan  farqlanadigan  ijtimoiy  xususiyatlari  va  psixikasining  o‘ziga 
xosligi, qaytarilmasligi. 
14.
 
Idrokning  konstantligi  –  idrok  sharoiti  o‘zgarsa-da,  idrok  qilishdan  hosil  bo‘lgan  narsa  obrazlarning 
nisbatan o‘zgarmasligi. 
15.
 
Idrokning predmetliligi – jamiki olamdan olingan ma‘lumotlarni ichki olam obyektiga kiritish xususiyati. 
16.
 
Idrokning butunliligi – sezgi a‘zlariga bevosita ta‘sir etib turgan obyektlarni, ularning belgi va xususiyatlari 
bilan birgalikda qo‘shib idrok etish. 
17.
 
Istedod – shaxsning ma‘lum faoliyatda ifodalanadigan qobiliyatining yuqori darajasi. 
18.
 
Ijtimoiy  psixologiya  –  psixologiya  fanining  o‘ziga  xos  maxsus  tarmog‘i  bo‘lib,  unda  psixik  va  jamiyat 
taraqqiyoti qonunlari o‘rganiladi. 
19.
 
Ijtimoiylashuv  -  inson  tomonidan  ijtimoiy  tajribani  egallash  va  hayot  -  faoliyat  jarayonida  uni  faol  tarzda 
o‘zlashtirish jarayoni. 
20.
 
Ijtimoiy tasavvurlar – shaxsga jamiyat orqali ta‘sir etgan narsa va xodisalarning yaqqol obrazi. 
21.
 
Ilmiy  taxmin  –  tekshirish  va  tadqiqot olib borish  maqsadida  ilgaridan  kutilishi  mumkin  bo‘lgan  xolatning 
bashorat qilinishi. 
22.
 
Ijtimoiy  psixologik  eksperiment  –  asosiy  metodlardan  biri  bo‘lib,  o‘zgaruvchan  mustaqil  turli  xolat  va 
jarayonlarning boshqa nomustaqil xolat va jarayonlarga ta‘sir etishdagi aniq ma‘lumotlariga tayanadi. 
23.
 
Interaktiv – shaxslararo munosabatlarda bir-biriga xulq-atvor ta‘sir ko‘rsatish jarayoni. 
24.
 
Introvert shaxs - shaxsning xar qanday sharoit va xolatlarida o‘z ichida kechayotgan fikrlarini bayon etish 
ehtiyojining nihoyatda pastligi. 
25.
 
Kasb  –  faoliyat  shakllari  birlashmasi  bo‘lib,  mazmun,  vositalar,  tashkilotlar,  mehnat  natijalari  hamda 
mehnat subyektini tayyorlashga qo‘yiladigan talablar majmui. 
26.
 
Kontent-analiz – tekshirilayotgan  matnda so‘z, ibora, abzaslarni  ma‘no-mohiyatini  takrorlanish darajasiga 
qarab tahlil etish usuli.  
27.
 
Kuzatish  –  sinaluvchini  aniq  maqsad,  faoliyat,  vaqt,  guruh  bilan  bog‘liq  ravishda  tekshirish,  o‘rganish, 
ma‘lumotlar to‘plash metodi. 
28.
 
Kommunikativ – shaxslararo munosabatlarda ma‘lumot, axborot, g‘oyalar almashinuvi jarayoni. 
29.
 
Kichik  guruh  –  a‘zolari  birgalikdagi  faoliyat  bilan  shug‘ullanuvchi  va  bevosita  shaxslararo  munosabatda 
bo‘luvchi kishilar guruhi. 
30.
 
Ko‟nikma  –  odamening  ma‘lum  ishni  bajarishga  tayyorligida  ko‘rinadigan  qobiliyati.  K.  mahoratning 
asosini tashkil etadi. 
31.
 
Longityud tadqiqot – sinaluvchini uzoq muddat va doimiy ravishda o‘rgansh. 


Yüklə 3,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə