O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta


Ma‟naviyat va ma‟rifat – davlat siyosatining ustuvor yо„nalishi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə75/171
tarix18.01.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#82942
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   171
127791 УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22

Ma‟naviyat va ma‟rifat – davlat siyosatining ustuvor yо„nalishi.


Har qanday jamiyat taraqqiyoti, uning darajasi fuqarolar ma‘naviyati, turmush tarzi, kishilarning ma‘naviy-moddiy, ijtimoiy ehtiyojlari hamda ularning qay darajada qondirilishiga bog‗liq. Mustaqillik davrida tarixan qisqa muddat ichida mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy-ma‘rifiy va tarbiyaviy mafkuraviy sohalarda ulkan о‗zgarishlar rо‗y berdi.

Ma‘rifiy-ma‘naviy islohotlar davlat siyosatining asosiy ustuvor yо‗nalishiga aylandi. Joylarda ma‘naviyat bilan bog‗liq tadbirlarning amalga oshirilishi uchun butun mas‘uliyat hokimlar, vazirliklar, idoralar, tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmasiga yuklatildi. Ma‘naviyati yuksak millat va davlatning kelajagi buyuk bо‗lishi mumkinligi omma ongiga singdirildi. Tarixiy, madaniy-axloqiy, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlarga jamiyatni poklantiruvchi, kelajakni ma‘naviy jihatdan mustahkamlovchi omil, deb qarala boshlandi.

Mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov qayd etganidek, mustaqillik davrida bajarilishi lozim bо‗lgan eng ustuvor vazifa ―xalqimiz orasida katta marifiy-amaliy ishlarni olib borib, milliy mafkuramizga kuch-quvvat beradigan, uni yangi-yangi marralar sari safarbar etadigan, keng ommaga ta‟sir о„tkazishga, xalqni о„ziga tarafdor etishga xizmat qiladigan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma‟naviy manbalarni tо„g„ri belgilab olishdir" (Karimov I.A О„z kelajagimizni о„z qо„limiz bilan qurmoqdamiz. -T.: О„zbekiston, 1999. B. 16.) .

Darhaqiqat, mustaqil О‗zbekistonda ma‘naviyat sohasidagi vazifalar ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy barqarorlik sharoitida muttasil ravishda bajarib kelinmoqda. Chunonchi, istiqlolning dastlabki yillarida jamiyat ma‘naviy hayotidagi bosh vazifa – eskicha fikrlash sarqitlarini bartaraf etish bо‗lgan bо‗lsa, ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi bosqichidagi eng muhim vazifa erkin fuqarolik jamiyatining ma‘naviyatini shakllantirish. Bir sо‗z bilan aytganda, ozod, о‗z haq- huquqlarini yaxshi taniydigan, boqimandalikning har qanday kо‗rinishlarini о‗zi uchun or deb biladigan, о‗z kuchi va aqliga ishonib yashaydigan, ayni zamonda о‗z shaxsiy manfaatlarini xalq, Vatan manfaatlari bilan uyg‗un holda kо‗radigan komil insonlarni tarbiyalashdan iborat bо‗ldi.



Ma‘naviyat jamiyat a‘zolarini ruhan poklantiruvchi, ma‘nan yuksaltiruvchi, inson ichki dunyosiga, irodasiga kuch-quvvat beruvchi, millat vijdonini uyg‗otuvchi va doimiy harakatdagi kuchdir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta‘biri bilan aytganda, yangi asr bо‗sag‗asida ma‘naviyat sohasidagi strategik maqsadimiz ―milliy qadriyatlarimizni tiklash, оzligimizni anglash, milliy g„oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma‟naviy hayotimizdagi о„rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlangan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga kо„tarish va ta‟sirchanligini kuchaytirishdir" (Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. 8-j. -T.: О„zbekiston, 2000. B. 24).


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə