O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə79/171
tarix18.01.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#82942
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   171
127791 УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22

1990 yil 2 maydagi Prezident Farmoni bilan mamlakatimizda Navrо„z an‘anaviy bayrami qayta tiklandi, tarixiy haqiqat va adolat qaror topdi. Navrо‗zning xalqimiz tomonidan keng nishonlanishining о‗ziga xos mohiyati va ahamiyati ochib berildi. Navrо‗z kunlari tabiatda yuz berayotgan uyg‗onish-yangilanish jarayoni insonlar hayotidagi о‗zgarishlar bilan uyg‗unlashib ketadi, san‘atkorlar qо‗shiq va kuylarida yurt ravnaqi uchun sidqidildan mehnat qilayotgan xalqimizni, turli millat va elat vakillari о‗rtasida tobora mustahkamlanib borayotgan dо‗stlik va о‗zaro hamkorlikni, eng muhimi, baynalmilalchilik ruhini keng tarannum etadilar.

Navrо‗z nafaqat о‗zbeklarning, balki jannatmakon diyorimizda yashayotgan jamiki millat va elat vakillarining ham ardoqli, sevimli bayramiga aylandi.



Navrо‗z kabi ―Mehrjon‖, ―Hosil bayrami‖, ―Qovun sayli‖ va boshqa xalq bayramlari, sportning milliy turlari hamda tarixiy xalq о‗yinlaridan keng foydalanilgan holda badiiy-sport bayramlarining tiklanishi fuqarolarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz dunyoqarashi e‘tiqodini shakllantirishda, ularda ona zaminga mehr-muhabbat tuyg‗ularini uyg‗otish, suvni tejab-tergab sarflash, tabiatni, uning yer osti va yer usti boyliklarini asrash, bobodehqon mehnatini e‘zozlash, xullas, о‗lkamizdagi jamiki jonzot va gо‗zalliklarni asrab-avaylash ruhida tarbiyalashda muhim omil hisoblanadi. Bularning barchasi, pirovard natijada, mamlakat boyligining ortishi, demakki, xalqimiz turmush farovonligining yuksalishi uchun xizmat qiladi.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə