O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta


KORRUPSIYA VA UNGA QARSHI KURASH BORASIDA SH.MIRZIYOYEVNING TASHABBUSLARI



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə133/171
tarix18.01.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#82942
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   171
127791 УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22

KORRUPSIYA VA UNGA QARSHI KURASH BORASIDA SH.MIRZIYOYEVNING TASHABBUSLARI.

Ma‘lumki, korrupsiya barcha zamonlarda ham may‘naviy-ruxiy tanazzul maxsuli sifatida ayanchli oqibatlarni yuzaga keltirgan. O‘tmish tariximizdan ham bunga qator misollar keltirishimiz mumkin. XIII asr boshlarida mо‗g‗ullar о‗ta qudratli Xorazmshohlar davlatini bosib olishidan oldin Xorazm davlatida korrupsiya hozirgi kundagi kabi o‘ta kuchli edi. Eng achinarlisi

esa, mо‗g‗ul qо‗shinidan kо‗p qо‗shinga ega qudratli davlat aynan korrupsiya, hukumatning ahmoqona qarorlari, Xorazmshoh maslaxatchilarining taxt va mansab qayg‗usini birinchi о‗ringa qо‗ygani ortidan juda qisqa muddatda yengilgan edi. Natija shaharlar yakson bо‗ldi, odamlar qirg‗in qilindi. Chingizxon poraxо‗r amaldorlar va hokimlarning og‗ziga va burniga kumushni eritib quydirib aytgan ekan: ―Sen yeb tо‗ymaslarni boylik va oltin-kumushlar bilan tо‗ydiraman‖. Haromxо‗r hokim va amaldorlarning о‗z xalqidan о‗g‗rilab tо‗plagan boyliklari ularning og‗zidan qaynab chiqdi.

Endi yaqin tarixga nazar solsak, Podsho Rossiyasi О‗rta Osiyoni bosib olishi arafasida korrupsiya hozirgi kunimizdagidan kо‗ra oz emas edi, harbiy qо‗shin holati abgor edi. О‗sha davr hukumatining axmoqona boshqaruvi tufayli xalq hukumat uchun jonini tikmadi, ruslarga qarshi qattiq kurashga otlanmadi.

Eng yomoni esa, о‗z haqqini о‗g‗irlatgan xalqqa, bechoralar, sizlarga о‗z haqqingizni qaytarib beraman, raxbarlaringiz sizni juda qiynab yuboribdi, demadi: Na Chingizxon, na chor oqposhshosi, na Lenin boshliq bolsheviklar. Bosqinchilar xalqimizni ham raxbarlariga ko‘shib qirg‗in qildi, о‗ldirdi, ayollarini zо‗rlab, beshikdagi chaqaloqlargacha о‗ldirishdi. Afsuski, bu qonli va sharmandali tariximizdan haliyam dars olmadik. О‗tmish xatolardan ham battar xatoliklarga ortig‗i bilan yо‗l qо‗ydik va qо‗ymoqdamiz. Uchinchi marta yuz berish xavfi soya solib turgan har qanday nom ostidagi va kо‗rinishdagi bosqindan endi О‗rta Osiyo millatlari ya‘ni biz omon chiqa olamizmi!? Xulosa qilish uchun hali ham kech emas. Vaqt va imkoniyatlar tugamadi. Kо‗zimizni ochishimiz, g‗aflatdan uyg‗onishimiz kerak!

Bugungi mustaqillik sharoitida ham afsuski, jamiyatimizda korrupsiya illati о‗zining turli kо‗rinishlari bilan taraqqiyotimizga g‗ov bо‗lmoqda.

О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida bu muammoga yana bir marotaba to‘xtalub jumladan shunday degan edi: ―Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investisiya muhitini yaratib bо‗lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog‗i rivojlanmaydi.

Tadbirkorlar hanuzgacha yer ajratish, kadastr, qurilish, litsenziya, bojxona, bank, davlat xaridlari kabi sohalarda korrupsiyaga duch kelayotganini Prezident nomiga kelib tushayotgan kо‗plab murojaatlar ham, matbuot va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlar ham yaqqol kо‗rsatib turibdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a‘zolari, ta‘bir joiz bо‗lsa, ―halollik vaksinasi‖ bilan emlanmas ekan, о‗z oldimizga qо‗ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga о‗tishimiz kerak‖.

Darhaqiqat mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash, Sh.Mirziyoyev iqtidorga kelgan dastlabku kunlardan boshlab kechiktirib bo‘lmaydigan eng dolzarb masala sifatida qarala boshlandi.

2017-yil yanvarda ―Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida‖gi Qonun va 2017-yil 2- fevralda ―Korrupsiyaga qarshi kurashish tо‗g‗risida‖gi О‗zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ-2752) qabul qilindi.

2019 yil 27 mayda ―О‗zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖gi Prezident Farmoni qabul qilindi. 2020 yil

29 iyundagi О‗zR.da korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bо‗yicha qо‗shimcha chora-tadbirlar tо‗g‗risidagi Prezident Farmoniga kо‗ra Korrupsiyaga qarshi kurash Agentligi tashkil etildi (PQ-4761).

2020 yil dekabr oyida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va U-Report platformasi yoshlar о‗rtasida sо‗rov о‗tkazdi. Unda yoshlarning korrupsiyaga doir qarashlari haqida sо‗raldi. Agentlik xabariga kо‗ra, О‗zbekistonning barcha hududlaridan 15 507 nafar respondent qatnashgan. Ularning 30 % – xotin-qizlar. Sо‗rovnomada respondentlargna qо‗yidagi savollar berilgan:



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə