O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə13/92
tarix29.06.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#90229
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92
Fizika 3 kitob Ma\'ruzalar matni A No\'monxo\'jayev, M Fattohov va

n1 · sin = n2 · sin (5.4)
Agar yorug‘lik nuri optik zichligi kattaroq muhitdan optik zichligi kichikroq muhitga o‘tsa (n1 > n2), u holda (5.4) muno- sabatdan ko‘rinadiki, tushish burchagi  sinish burchagi  dan kichik bo‘lar ekan. Òushish burchaklari kattalashgan sari sinish burchaklari ham kattalashadi (21- rasm) va biror 0 tushish burchagida sinish burchagi 90° ga teng bo‘ladi. Òushgan nur energiyasi qaytgan va singan nurlar orasida taqsimlanadi. Òushish burchagi kattalashgan sari, qaytgan nur intensivligi ortadi, singan nurning intensivligi esa kamayib borib, 0 tushish burchagida nolga aylanadi. 0 burchakka yorug‘lik tushishining limit burchagi deyiladi. Òushish burchagi 0 va undan katta bo‘lgan hollarda nur ikkinchi muhitga o‘tmay, ikkala muhitning ajralish chegarasidan birinchi muhitga to‘la qaytadi. Bunday hodisa yorug‘likning to‘la ichki qaytishi deyiladi. Shuning uchun 0 burchak to‘la ichki qaytishning chegaraviy yoki limit burchagi deb ham ataladi. Shunday qilib, to‘la ichki qaytish nurning optik zichligi kattaroq muhitdan optik zichligi kichikroq muhitga o‘tishida (masalan, suv




  1. rasm.

2 5

— havo, shisha — havo chegarasida) va shu bilan birga, tushish burchagi limit burchagiga teng va undan katta bo‘lgan hollarda sodir bo‘ladi.
Òushishning chegaraviy yoki limit burchagi yorug‘likning sinish qonunidan quyidagicha aniqlanadi:

Bundan
sin 0


sin 90
n2 .
n1


0

n
sin   n2 n

21
1


ekanligi kelib chiqadi.
(5.4)

Agar ikkinchi muhit vakuum bo‘lsa (bunda n2=1), u holda

sin   1 ,

(5.5)


0 n

bu yerda n — muhitning absolut sindirish ko‘rsatkichi.


Suv uchun (n = 1,33) to‘la qaytishning 0 chegaraviy burchagining qiymati 48°35, shisha uchun (n = 1,5) — 41°50, olmos uchun (n = 2,4) — 24°40 ga teng. Hamma hollarda ikkinchi muhit havodir.
Òo‘la qaytish hodisasini oddiy tajribalarda kuzatish oson. Stakanga suv quyib, uni ko‘zimiz sathidan biroz baland ko‘taramiz. Suv sirti stakan devori orqali pastdan qaralsa, yorug‘likning to‘la qaytishi natijasida xuddi kumush yuritilgan kabi yaltirab ko‘rinadi. Òo‘la qaytish hodisasi tolalar optikasida yorug‘likni va tasvirni egiluvchan shaffof tolalar dastasi — nur tola (svetovodlar) orqali
uzatishda foydalaniladi.
Nur tola — svetovodlar silindr shaklidagi shisha tola bo‘lib, unga sindirish ko‘rsatkichi shu tolanikidan kichik bo‘lgan shaffof material qobig‘i qoplangan. Yorug‘lik ko‘p marta to‘la qaytish hisobiga istalgan (to‘g‘ri yoki egri) yo‘l bo‘ylab yuborilishi mumkin. Òolalardan eshib, o‘ramlar tayyorlanadi. Bunda tolalarning har biri bo‘ylab tasvirning biror elementi uzatiladi.
Uzun tolalar dastasi — nur tolalardan hozirgi paytda yorug‘lik nurlari yordamida aloqa, televizion ko‘rsatishlarni uzatish yo‘lga qo‘yilgan. Masalan, Pekin — Parij shaharlari orasida O‘zbekiston hududi orqali o‘tgan optik tolalar yordamida aloqa o‘rnatilgan.
2 6

Ko‘pincha yorug‘lik nuri har xil muhitlarning yondashish chegaralarini bir marta emas, balki bir necha marta kesib o‘tadi. Masalan, yorug‘lik nuri ma’lum shaffof modda ichiga joylashgan biror shaffof moddadan yasalgan yassi parallel plastinka orqali o‘tganda ana shunday bo‘ladi.
Nurlarning plastinkadagi yo‘li 22- rasmda ko‘rsatilgan. Plastin- kaga tushayotgan yorug‘lik shu’lasining AB nuri ikki marta singandan keyin AV ga parallel bo‘lgan CD yo‘nalishda plastinkadan tashqariga chiqadi. MN va M1N tekisliklar o‘zaro parallel bo‘lganligi uchun
  1 bo‘ladi. Yorug‘likning sinishi qonunidan esa 1   ekanligi kelib chiqadi. Demak, yorug‘lik nuri yassi parallel plastinkadan o‘tayotganda o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmaydi, faqat biror x masofaga siljiydi, xolos.

  1. rasmdagi CBE uchburchakdan x = CB sin ( ) va

KBC uchburchakdan CB
d

cos



ekanligini ko‘rish mumkin, bu

yerda d — plastinkaning qalinligi. Binobarin,
x d sin( ) d(sin  – cos• tg)
cos
(5.6)

bo‘ladi. Bu munosabatdan va shakldan ko‘rinadiki, plastinka qancha qalin, plastinkaning sindirish ko‘rsatkichi va yorug‘lik nurining tushish burchagi qancha katta bo‘lsa, nur shuncha ko‘p siljiydi. Ko‘pincha optik asboblarda shishadan yoki boshqa shaffof moddadan tayyorlangan uchburchakli prizma ko‘p qo‘llaniladi
(23- rasm). Prizmaning kesimi ABC uchburchakdan iborat.
Bunda AB va BC tomonlar (ya’ni AB B1A1 va BB1C1C sirtlar) pirzmaning sindiruvchi yoqlari, BB1 esa sindiruvchi qirrasi deb
ataladi.






  1. Yüklə 1,01 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə