O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 2,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/126
tarix04.03.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#101939
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   126
indikativ rejalashtirish

shakllari
mavjud: 
• zaruriy hujjatlar to’plami; 
• tuzilmaning ichki mantig’ini aks ettiruvchi tuzilmalar
• tabaqalangan vazifalari ko’rsatilgan holda ijrochilar ro’yxati; 
• nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan 
harakatlar ro’yxati; 
• zarur harakatlarning izchilligiga muvofiq ko’rsatilgan ijro etish 
muddatlari; 
• xarajatlar smetalari; 
• oldinga qo’yilgan vazifalar sonli ifodalanishi iqtisodiy samarasining 
hisob-kitobi. 
Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda sinovdan o’tgan iqtisodiyotni 
tartibga solish institutlari, shu jumladan indikativ rejalashtirishdan 


24 
foydalanishdan voz kechish, masalan, Rossiya iqtisodiyotining chuqur 
inqirozga yuz tutishiga sabablardan biri bo’ldi. Unga barham berish, 
so’nggi yillardagi o’nlab iqtisodiy maqolalarda ta’kidlanganidek, 
iqtisodiyotga davlat ta’sirining kuchayishini, shu jumladan indikativ 
rejalashtirishning amaliy tizimini tashkil etishni nazarda tutdi. Biroq bunda 
xujalik mexanizmini byurokratlashtirishga nisbatan haddan ziyod 
markazlashuvga yo’l qo’maslik lozim edi. J.K.Gelbreytning so’zlariga 
ko’ra, «rejalashtirish manfaatlarini emas, balki jamiyat manfaatlarini aks 
ettiruvchi rejalashtirish talab etiladi»
2
. Yana bir bor shuni ta’kidlash 
lozimki, rejalashtirish bozor rag’batlari asosida amalga oshirilishi lozim. 
Reja bilan bozorning o’zaro ta’siri bo’yicha chet el va mamlakatimiz (ham 
ijobiy, ham salbiy) tajribasini hisobga olish hamda, eng asosiysi, uni 
hozirgi sharoitga moslashtirish zarur. 
Afsuski, indikativ rejalashtirish mavzui bizdagi adabiyotlarda 
etarlicha namoyon etilmagan. Chet el tajribasini yorituvchi va 
O’zbekistonda indikativ rejalashtirishni amalga kiritish yuzasidan 
muayyan xulosalar va tavsiyalarni o’zida mujassam etmagan ishlar 
ko’pchilikni tashkil qiladi. Indikativ rejalashtirish tushunchasining 
umumiy e’tirof etilgan ta’rifi mavjud emas.
Indikativ rejalashtirishning mohiyati va mazmuniy o’ziga xosligini 
ishlab chiqishning muhim nazariy-metodologik yo’nalishlari italiyalik 
olim B.Dallago tomonidan tadqiq etilgan. Uning ta’kidlashicha, «indikativ 
rejalashtirish davlat boshqaruvining ongli faoliyati sifatida ta’riflanadigan 
makroiqtisodiy rejalashtirishning bir turi bo’lib, uning maqsadi ma’lum 
vaqt o’tishi bilan umuman milliy iqtisodiyotni istalgan holatga olib 
kelishdan iborat»
3
.
Xitoylik mualliflardan birining yozishicha: «Xitoyda makroiqtisodiy 
rejalashtirish 
iqtisodiyotning 
xususiy 
va 
davlat 
sektorlarini 
uyg’unlashtirishga asoslangan. Davlat korxonalarining faoliyati iqtisodiy 
mustaqillik sharoitida amalga oshirilishi tufayli, bizningcha, Xitoyda 
rejalashtirish direktiv emas, balki indikativ xususiyatga ega»
4
. Ushbu 
tushuncha “kechki” ittifoqdagi to’liq xo’jalik hisobida sharoitida xalq 
xo’jaligini rejalashtirishning talqin etilishiga, shuningdek quyidagi 
zamonaviy talqinga juda yaqin: «Indikativ rejalashtirish – bu mamlakat 
iqtisodiyotining davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatiga mos keladigan 
2
Гэлбрейт Дж.К. Экономические теории и цели общества. – М.: Прогресс, 1979 г. – 168 с. 
3
Даллаго Б.. Есть ли будущее у макроэкономического планирования в Восточной Европе? // Российский 
экономический журнал. 1992 г. № 3. – с.105.. 
4
Цзиньвэнь Ли. Роль государственного регулирования в экономике Китая // Вопросы экономики. 1997 г. №7. – 
с.156.. 


25 
holatini va rivojlanishini tavsiflovchi parametrlar (indikatorlar) tizimini 
shakllantirish va ko’rsatilgan indikatorlarga erishish maqsadida ijtimoiy va 
iqtisodiy jarayonlarga davlatning ta’sir etishi chora-tadbirlarini belgilash 
jarayoni»
5
. Yana bir ta’rif: «Indikativ rejalashtirish shuni anglatadiki, 
davlat butun millat manfaatlari yo’lida, mintaqalar, shuningdek bozor 
subyektlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda butun xalq xo’jaligini 
(shu jumladan xususiy sektorni) iqtisodiy rivojlantirish loyihalarini ishlab 
chiqadi; muayyan xo’jalik yo’nalishlarini, shu jumladan makroiqtisodiy 
parametrlarni va resurslar bilan ta’minlangan tarkibiy ko’rsatkichlarni 
belgilaydi. Bu bilan mulkchilikning barcha shakllaridagi tadbirkorlarning 
ham, mintaqalarning ham umuman jamiyat uchun muhim bo’lgan 
loyihalarning amalga oshirilishidagi manfaatli ishtiroki motivastiyalanadi». 
So’nggi keltirilgan yondashuv amalda ikkinchi yondashuvga 
bog’lanadi, unga ko’ra indikativ rejalashtirish – xususiy korxonalarni 
davlat tomonidan ifodalangan vazifalarning bajarilishiga yo’naltirish: 
“Yaponiyada umumdavlat iqtisodiy rejalashtirish indikativ xususiyatga 
ega. Boshqacha aytganda mamlakatda ishlab chiqilayotgan umumdavlat 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish rejalari rasmiy qonunlar hisoblanmaydi, balki 
iqtisodiy tuzilmaning alohida bo’g’inlarini milliy manfaatlardagi ushbu 
dasturlarning bajarilishiga yo’naltiruvchi va safarbar etuvchi davlat 
dasturlarini o’zida namoyon etadi”
6


Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə